6.1. Kompyuter tarmoqlari va ularning mohiyati
Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada hisoblash tarmoqlari hosil bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
-ma’lumotlarni, fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tqazish;
-umumiy ma’lumotlarning xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;
-qo‘shimcha texnikalarni tejash;
-axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. U bir necha kompyuter, terminal va boshqa apparat vositalarini o‘z ichiga olib, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan aloqa liniyalari bilan o‘zaro bog‘langan hisoblash tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |