Ma’lumotlar uzatish muhitiga kirish usullari
Tarmoqlarni yaratishda ishchi stansiyalarda ma’lumotlarni olish va ma’lumotlarni uzatish usullarini va qoidalarini belgilab olish kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uzatish muhitiga kirish usullari markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan bo‘ladi.
Markazlashtirilgan usulda muhitga kirishning boshqaruvi bitta tugunda (markazda) yig‘ilgan bo‘ladi. Ushbu uslubning zaifligi “markaz” ning o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati, ya’ni operativ holda barcha hodisalarga nisbatan sust amal qilishi. Uning afzalligi esa har bir abonentga berilgan huquqlar boshqasi bilan qarama-qarshiliklarga olib kelmaydi.
Markazlashtirilmagan usulda boshqaruv markazi bo‘lmaydi. Egalik boshqaruvi, ya’ni muammolarning oldini olish, ularni aniqlash va hal qilish, barcha abonentlar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu usulning asosiy afzalligi buzilishlarga nisbatan chidamliligidir.
Markazlashtirilmagan usullar ikki xil bo‘ladi:
determinlashgan;
tasodifiy.
Determinlashgan usulda abonentlarga beriladigan huquqlar aniq qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda abonentlarga prioritetlar (ustuvorliklar) beriladi va ular har bir abonent uchun alohida beriladi. Shu bois ushbu usuldagi tarmoqlarda konfliktlar sodir bo‘lmaydi. Tasodifiy usulda uzatish kanallariga kirish tasodifiy amalga oshiriladi.
Ushbu usul kirish vaqtini belgilamaydi. Tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalaniladi, agar ma’lumotlar almashuvi faol bo‘lmasa.
Uzatish kanallariga kirish usullaridan keng tarqalgan usul bu CSMA/CD – Corrier Sense Multiply Access with Collision Detection – ya’ni “quloq tutishning ko‘p qirrali kirish usuli”.
Ushbu usulning ma’nosi quyidagilar:
tarmoq adapteri uzatish muhitiga “quloq tutadi” (Corrier Sense) va kabel yoki radiochastotaning ozod ekanligini aniqlaydi;
uzatish muhiti ozod bo‘lsa, u holda tarmoq adapteri kadrni uzatishni boshlaydi;
Kadr yoki paket – bir kompyuterdan boshqasiga uzatiladigan axborot birligi.
Agarda uzatish muhitida biror-bir ma’lumotlar allaqachon uzatilayotgan bo‘lsa, tarmoq adapteri kutish holatiga ma’lum bir vaqtgacha o‘tadi. Ushbu vaqt tugagach yana takroran jarayon davom etadi.
Har bir paket jo‘natilgandan so‘ng pauza bo‘ladi, ya’ni paketlararo interval (Inter Packet Gap – IGP), taxminan 9,6 ms ga teng.
Agar ikkita kompyuter bir vaqtda paketlarni jo‘natsa, u holda xato yuz beradi, uni kolliziya deb aytishadi.
Kolliziya holatiga (Collision Detection) duch kelinganda kompyuter ma’lumotlarni uzatishni to‘xtatadi va kutish holatiga o‘tadi. Kutish vaqti har bir ishchi stansiya uchun tasodifiy holda tanlanadi va u 0 dan 52,4 ms gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu texnologiya Ethernet uchun mansubdir.
Uzatish muhitiga kirishning yana bir usuli mavjud – bu markerli usul, ya’ni belgili usul. Ushbu usul xalqasimon topologiyasida qo‘llaniladi va determinlashgan hisoblanadi. Bu yerda paketlarni uzatish vakolati bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tadi. Ushbu vakolat maxsus formatdagi kadr bilan, ya’ni belgi paket bilan aniqlanadi.
Agar paket manzilga yetib borsa, u holda unga maxsus belgi yozib qo‘yiladi, ya’ni paket qabul qilindi degan ma’noda, va keyingi kompyuterga paket jo‘natiladi. Ilk bor paketni jo‘natgan kompyuterga ushbu belgi yetib kelgach, uning markerini olib tashlaydi.
Keyingi kirish usuli bu – Demand Priority, ya’ni talab bo‘yicha vakolatlangan kirish usuli. Bu yerda asosiy ishni konsentrator bajaradi. Konsentrator – ko‘p portli takrorlagich. Bu yerda konsentratorning o‘zi muhitga kirishni tartibga soluvchi funksiyasini bajaradi.
Takrorlagich – olingan signallarni kuchaytirib uzatuvchi qurilma. Konsentratorda portlar ko‘p bo‘lganligi sababli, signallarni barcha portlarga uzatadi.
Bu yerda konsentrator siklik ravishda barcha portlarni “so‘rovga” olib turadi. Agar ishchi stansiya ma’lumotlarni uzatmoqchi bo‘lsa, u holda oldiniga konsentrator portiga signal jo‘natadi va uning vakolatini belgilab qo‘yadi, masalan, past yoki yuqori vakolat jo‘natiladigan paketga taalluqli bo‘ladi.
Agar tarmoq band bo‘lsa, barcha paketlar navbatga qo‘yiladi va ulardagi vakolatlar bo‘yicha yosh navbatga turish tartibi bo‘yicha qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |