Iyerarxik manzillar fazosi
Iyerarxik manzilga tarmoq IP-manzilini keltirish mumkin. Unda 32 bit bo‘ladi. Qulaylik nuqtayi nazaridan uni 4 ta qismga nuqta bilan ajratib yozishadi, masalan, 192.168.4.7 yoki 127.0.0.1, bu yerda ko‘pi bilan 255 ni yozish mumkin.
IP-manzil iyerarxik, chunki u ikki qismdan iborat, birinchisi uzel joylashgan tarmoqning tartib raqamini belgilasa, ikkinchisida uzelning manzili bo‘ladi.
Tarmoq manzili administrator tomonidan beriladi, lekin tarmoq Internetga ulangan bo‘lsa, uni markazlashtirilgan holda maxsus tashkilotdan olinadi.
IP-manzil tarmoqning bitta uzelini emas, balki tarmoq interfeysini bildiradi. Bitta uzel bir necha IP-manzilga ega bo‘lishi mumkin. IP-manzillarni 5 ta sinfga ajratish mumkin, uni quyidagi jadvalda keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |