Chiziqli manzillar fazosi
Bu yerda misol sifatida MAC-manzilni keltirish mumkin, bu tarmoq interfeysining noyob identifikatori va u hech qachon takrorlanmaydi. MAC-manzil 48 bitdan iborat va u 12 ta 16-lik raqamdan tashkil topgan, masalan, 00-C0-DF-11-47-9F.
Tarmoq bo‘yicha qabul qilingan paketning fizikaviy manzili kompyuterning manziliga mos kelmasa, ushbu paketni tarmoq interfeysi kanal qatlamida tashlab yuboradi. Ushbu manzillar mos kelsagina paket yuqori qatlamlarga uzatiladi. Agar MAC-manzil FF-FF-FF-FF-FF-FF ko‘rinishda bo‘lsa, u ozgina boshqacha qayta ishlanadi, ya’ni barcha kompyuterlar ushbu paketni qabul qiladi, faqatgina bittasi javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |