fovea pterygoidea ko‘rinadi. Pastki ja g ‘ suyagi shoxchasining tashqi yuza
sida chaynov mushagi birikadigan bo‘rtmalar -
tuberositas masseterica uchraydi. Shu sohaning
ichki yuzasida esa ichki qanotsimon mushaklar birikadigan bo‘rtiq -
tuberositas pterygoidea bo‘ladi.
Bu bo‘rtiq tepasida, shoxlaming ichki yuzasida pastki ja g ‘ kanali boshlanadigan teshik
- foramen
mandibularae ko‘rinadi. Bu teshik atrofidan chiqib turgan o ‘simta tilcha
(lingula mandibulae)
deb ataladi.
3.17. BUTUN KALLA - CRANIUM Butun kalla
- cranium da ikki qism: kallaning yuz qismi -
cranium faciale va miya joylashadi
gan qismi -
cranium cerebrale tafovut etiladi. Kallaning miyani saqlaydigan qismi uning tepadagi
tom qismi -