N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov


Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/243
Sana11.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#346286
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   243
Bog'liq
fayl 1732 20210906 (1)

Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari

Parafin  yotqizig’i  bilan  kurashishning  kimyoviy  usullari  ikkita  asosiy 
yo’nalishda yuz
aga keladi va rivojlanadi: 
-  smolaparafinli  yotqiziqlarni  organik  erituvchilar  va  suvli  erituvchilar  bilan 
sirt faol moddalar kompozisiyalar bilan eritish


187 
 

smolaparafin yotqiziqlarini hosil bo’lish jarayonini chegaralovchi, kimyoviy 
moddani qo’llab parafin yotqizig’i hosil bo’lishini oldini olish.
 
Bunday  parafin  yotqizig’iga  qarshi  kurashish  tasnifi,  parafin  yotqizig’i  hosil 
bo’lishi va oldini olish bo’yicha amaliy usullar asosida tuzilgan bo’lib shuning uchun 
rasmiy hisoblanadi. 
Kon jixozlari parafinlanishining belgilangan asosiy mexanizmidan kelib chiqib, 
parafin yotqiziqlari bilan barcha kurashish usullarini fazalarning (neft-parafin-jixozlar 
yuzasi)  fiziko-
mexanik  xossalari  bo’yicha  ta’sirlashishiga  asoslanib  tasniflash 
maqsadga  muvofiqdir:  1).parafinning  neftda  eruvchanligi;  2) 
parafin  yotqizig’ining 
tuzilishi  va  mustahkamlik  xususiyatlari;  3)  neft  hajmida  muallaq  holatdagi  parafin 
kristallarining o’zaro va jixozlar bilan ta’sirlashish energiyasi; 4)
 parafin kristallari va 
ular ro’y beradigan yuzadagi molekulyar bog’liqlik energiyasi.
 
To’rtinchi  guruh  usullarini  qo’llab,  parafin  yotqiziqlari  bilan  kurashish 
muammosini yuqori darajada yechish mumkin. Bunga himoya qoplamasini qo’llash 
va kimyoviy prisadkalar qo’shish orqali erishiladi.
 
Amalda bir-birini t
o’ldiruvchi har ikkala usuldan foydalaniladi.
 
Ingibitorni  qo’llashdan  oldin  quduqni  obdan  tayyorlash,  yani  NKQni, 
armaturani va tashlama quvurni tozalagich bilan smolaparafinli yotqiziqdan tozalash. 
Quduq tayyorlangandan keyin smolaparafinli qoldiqni oldini olish uchun ingibitordan 
foydalaniladi. 
Neft  tarkibiga  bog’liq  bo’lgan,  ASP
Q  tarkibidan  kelib  chiqib  parafin  hosil 
bo’lishini oldini olish va bartaraf qilish uchun kimyoviy reagentlar turi tanlanadi.
 
Kimyoviy reagentlarni tanlash ekspremental tadqiqotga asoslanadi. 
Parafinli  yotqiziqlarni  kimyoviy  usulda  tozalash  mohiyati  buzib  yoki  eritib 
olishga  asoslangan  bo’ladi.  Bu  maqsadda  qo’llaniladi:  nafaqat  qattiq 
uglevodorodlarni,  balki  asfaltosmolali  moddalarni  eritish  xususiyatiga  ega  organic 
erituvchilar;  parafinli  yotqiziq  bilan  uchrashganda  qatlamga  chuqurroq  kiradi  va 
smolaparafinli aralashmani parchalovchi SFM ning suvdagi ertmasi. 
Parafin yotqizig’ini
 
eritishning samarali usullaridan biri erituvchilarni qo’llash 
usuli  hisoblanadi.  Eritma  miqdori  quduqda 
o’rtacha  haroratda  parafinning  erish 


188 
 
miqdoridan  kelib  chiqib  olinadi.  Parafinning  eruvchanligi  uning  eruvchanlik 
haroratiga  t
er
,  erituvchining  qaynash  haroratiga  t
qay
, erish haroratiga  bog’liq bo’ladi 
va quyidagicha ifodalanadi: 
 


,
4673
.
7
00586
.
0
133
.
0







к
пл
t
t
t
LnK
 
 
 
(XIII.1) 
 
bu yerda 

- erituvchida parafinning eruvchanligi, kg/kg. 
Erituvchi  va  eruvchi  SFM  kompozitsiyasi  yuqori  haroratda  samarali  tasir 
ko’rsatadi.  Amaly
otida  parafin  yotqiziqlarini  olishning  kimyoviy  usuli  issiqlik  va 
mexanik  usullarga  nisbatan  ko’proq  qo’llaniladi.  Bu  usulda  ko’proq  texnologik  va 
iqtisodiy  samaraga  erishiladi,  natijada  jarayonning  tezroq  va  smolaparafinli 
yotqiziqni  to’lig’roq  olish  imkonini  beradi.  Kimyoviy  usulda  boshqa  usullarga 
nisbatan  xavsizlik 
texnikasiga  qo’yiladigan  talablar  ko’proq  qo’yiladi.  Bunday 
yotqiziqlarni  juda  ko’p  parafinlangan  quvur
 
o’tkazgichni  tezlik  bilan  tozalash, 
parafinli tiqin hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday obektda ikki yoki uch 
bosqichli  tozalashdan  foydalanish  maqsadga  muv
ofiq  bo’ladi.  Bunda
  odatdagi 
haroratli olgich bilan, keyin smola parafinli yotqiziqni olish uchun issiqroq (60-70
o
C) 
olgich 
bilan 
tozalanadi. 
Yengil 
uglevodorodli 
erituvchilar 
qizdirmasdan 
foydalaniladi. 
Parafin 
yotqizig’ini  hosil  bo’lishini  oldini  olish  uchun  har  xil  ta’sir
  qilish 
mexanizmli turli kompozitsiyali kimyoviy moddalardan foydalaniladi. 
SFM  lar  asosidagi  kompozitsiyasi  jixozlar  yuzasini  ho’llovchi  hisoblanadi. 
Quduqda  bunday  kimyoviy  moddani  doimiy 
qo’shish  jixozlar  yuzasida  parafin 
yotqiziqlari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan gidrofil plenka hosil qiladi.
 
Parafin  yotqiziqlarini  hosil  bo’lishini  oldini  olish
 
va  kristallar  ko’payishini 
oldini olish uchun kimyoviy reogent-
depressator qo’llaniladi.
 
Parafin  yotqizig’iga  to’sqinlik  qiluvchi  parafinning  kristal
l  strukturasini 
o’zgartiruvchi kim
yoviy reogent modifikatorlardan foydalaniladi. 
Neft va gazni qazish, saqlash va uzatishda parafin yotqiziqlarini bartaraf etish 
uchun quyidagilar bajariladi: 
- quvur 
o’tkazgichni teploizolya
tsiya qilish; 


189 
 
- neftni qizdirish; 
- qatlam bosimini gazsizlanishi boshlanish bosimidan yuqori saqlash; 
- neftni barqaror turbulent rejimda qazib olish
- neftli erituvchilardan foydalanib, neftning erituvchanligini oshirish; 
- samarali qoplash; 
- elektromagnit maydon yoki ultratovush; 
- parafin 
yotqizig’i ingibitori.
 
Neft  qazib olishda  parafin  yotqiziqlarni  oldini  olish  usullari 
o’
zining  samarali 
qo’llanish imkoniyatiga ega.
 
Parafin 
yotqiziqlari  ingibitor  isifatida  qo’llaniladigan  kimyoviy  birikma  va 
kimyoviy 
reogent ta’sir mexanizmi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 

adgezion (ho’llovchi, gidrofillovchi, qoplovchi) ta’sirli;
 

modifisiyalovchi (depressorli) ta’sirli;
 

yuvuvchi (kompleks, ko’p
 fazali detergent tasirli). 
Ingibitorlar  ta’sir  mexanizmi  adsarbsiyon  ta’sir  neft  koni  jixozlari 
polimer 
yuqori  molekulyar  metal  yuzasini  polyar  adsorbsiyon  qavat  bilan  gidrofillashga 
asoslanadi. Bu qavat polyar bo’lmagan parafinli neft fazasi uchun moylovchi bo’lib, 
u jihozlar yuzasiga para
fin yotqizig’ini cho’kishini kamaytiradi.
 
Ingibitorlar  o’zgartiruvchi  ta’siri  bilan  qattiq  modda  hosil  bo’lishida 
parafinlarning  kristal  tuzilishini  o’zgartiradi. 
Buning  natijasida  bir  biri  bilan 
strukturali brikmagan, rivojlanmagan parafin 
kristallari hosil bo’ladi.
 
Yuvuvchi turidagi ingibitorlar ta’siri quyidagila
rdan iborat: 
-
 
ingibitorlar  bevosita  neftda  yoki  suv-ingibitor-neft  chegaralari  fazasida 
eriydi; 
-
 
fazalar  o’tish  vaqtida,  qattiq  holatga  o’tishda  SFM  lari  alkanli  bloklari 
parafin yotqiziqlarida tarqalib joylashib, ular bilan kristallashadi
-
 
gidrofil blok jixozlar devoridagi suv fazasi yuzasida kontsentrasiyalanadi; 
-
 
gidrofob blok neft fazasi yuzasida kontsentrasiyalanadi; 
-
 
qutubli anion va kationli SFM guruhi kristallar ko’payishiga olib keladi;
 


190 
 
- ingibitorlar metal yuzasiga yengil adsorbsiyalanib, qatlam suvi va nefti oqimi 
bilan oson yuviladi. 
Ingibitor quduq  mahsuloti bilan harakatlanib parafinyotqizig’ini kichikdispers 
holatda  saqlaydi  va  neft  koni  jixozlari  devoridan  hosil  bolgan  kristallarning 
yuvilishini ta’minlaydi.
 
Parafin 
yotqizig’ini  detergent
-oluvchi
lar  ta’siri  quyidagicha.  Asfalt 
smolali 
yotqiziq  erish  haroratida  (50-80
o
C),  SFM  uni  yuvadi  va  qayta  hosil  bo’lishining 
oldini oladi. 
Adsorbsiya  ta’sirli  ingibitorlarni  qo’llash  texnologiyasi  asosida  neft  koni 
jixozlarini reagentning suvdagi eritmasi bilan davriy yuvib turish turadi. 
Aralashib  ketuvchi  ingibitorlar  qo’llash  texnologiyasi  qotish  haroratini 
pasaytirish va neftning reologik xossalarini yaxshilashga asoslangan bo’ladi. Jarayon 
parafinning hosil bo’lish haroratidan  yuqori  haroratda uzluksiz  hayd
ab  turish  orqali 
amalga oshiriladi. 
Yuvuvchi tasirli ingibitorlarni qo’llash texnologiyasi quvur devoir yoki ichida 
hosil bo’lgan kristallarni, parafin hosil bo’lish haroratidan yuqori haroratda uzluksiz 
haydab yuvishga asoslanadi. 
Neft  koni  jixozlari  yuzasidan  parafin  yotqiziqlarini  olishning  kimyoviy  usuli 
hozirgi  kunda  keng  qo’llanilayotgan  usullardan  sanaladi.  Bunday  maqsadda  kimyo 
sanoati  eritma  ko’rinishidagi  –
  chiqindilaridan  foydalaniladi.  Samarali  eritmalar 
sifatida  geksanli  fraksiya,  butilbenzinli  fraksiya,  yengil  peroliz  smolasi  va  uning 
kompozisiyasi va boshqalrdan foydalaniladi (XIII.1-jadval). 
Erituvchilar  
 
 
 
 
 
 
 
XIII.1-jadval 
Erituvchilar 
Erituvchanlik qobilyati, % og’ir.
 
yengil peroliz smolasi  
78 
Benzin 
82 
Benzol fraksiyasi 
80 
Butan ishlab chiqarishdagi qoldiq 
46 
Nefras-P-150/330 
64 
Adsorbent A-1 
52 
 


191 
 
Neft  yig’uv  kollektori  va  tashlama  quvurlarini  parafinsizlashtirishda  eritma 
muv
offaqiyatli  qo’llaniladi.  Tashlama
  quvurni  parafinsizlantirishda  tozalanadigan 
oraliq  to’lgincha  eritma  hay
daladi  va  3-4  soat  ushlanadi  va  keyin  quduq  ishga 
qo’shiladi.  Amaliy  tajrib  bo’yicha  1  km  uzunlikdagi tashlama  quvurga  5  m
3
  eritma 
haydash kerak bo’ladi. 
 
Iqtisodiy  jihatdan  eritmani  qo’llash  issiq  neft  yoki  suv  asosli  SFM  bilan  4
-5 
marta yuvulgandan keyin 
qo’llash yaxshi hisoblanadi.
 
Qatlam  flyudlarining  fizik-kimyoviy  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  har  bir  kon 
uchun u yoki bu parafinsizlantrish usulla
ridan foydalaniladi. Parafin yotqizig’i bilan 
kurashish usulini tanlashda bir yo’la uning ol
dini olish chor
alari ham ko’rili
shi kerak 
bo’ladi.
 
 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish