XII.3-rasm. Temir yo‘l berk estakadalarining umumiy chizmasi: 1 – idishli yuklar ombori; 2 – quyish va to`kish estakadalari.
Umuman, quyish va to`kish jarayonlari sisternalarni ustidan va pastidan amalga
oshirish mumkin. Lekin bu jarayonlarni yuqorisida amalga oshirilsa, mahsulotlarni
ko`p isrof bo`lishi sodir bo`ladi hamda to`kish va quyish sistemasida havo to`siqlari
hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida sistemaga qo`shimcha vakuum nasosini ulashni
taqozo etadi. Pastdan to`kishda (quyishda) yuqorida keltirilgan salbiy kamchiliklar
sodir bo`lmaydi. Quyida pastdan va yuqoridan to`kish (quyish)ning umumiy chizmasi
berilgan.