Odatda neft va gaz konlari ularni qayta ishlash zavodlaridan yoki boshqa turdagi iste'molchilardan uzoqda joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun neft va gazni iste'molchiga yetkazib berish katta kuch va mablag talab qiladi. Neft va neft mahsulotlarini tashishni quyidagi to‘rt usuli mavjud.
Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashishning asosan to'rt xil usuli mavjud:
suv transporti (barja va tankerlarda tashish),
temir yo'l transporti (temir yo'l sisternalarida, konteynerlarda tashish),
quvur transporti (magistral quvur uzatgichlar orqali haydash),
avtomobil transportida.
Ayrim xolatlarda havo transportidan foydalaniladi.
Gaz holatida bo'lgan tabiiy gazlar faqat quvurlar orqali transport qilinadi. Gazlarni, kontinentlararo tashish, suyultirilgan tabiiy gazlar holatiga keltirilib (harorati - 1600C) maxsus metan-tashuvchi tankerlarda transport qilinadi. Har bir tashish usulining o'ziga yarasha kamchiliklar va afzalliklari mavjud.
Afzalligi: suv transporti bilan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz va tabiiy gazlarni, barja va tankerlarda, undan tashqari kichik sig'imli idish (bochka) larda cheklanmagan miqdorda tashish mumkin.
Kamchiligi: agar so'z daryo yo'llari haqida ketadigan bo'lsa, daryolarning uzunligi temir yo'l va magistral quvurlarning uzunligidan ancha kattadir. Lekin ba‘zi bir hollarda suv transportida tashish ancha mablag' talab qilib, ya‘ni suv transportining ish tartibi mavsumiy bo'lib daryolarning navigatsiya vaqti tugagandan so'ng, daryoning boshlang'ich va oxirgi nuqtasidagi quyish-to'kish shahobchalarida mahsulotlarni yig'ish uchun qo'shimcha sig'imli omborlar qurish lozim bo'ladi. Yuqoridagi holat yuzaga kelgan vaqtda (navegatsiya vaqti tugashi bilan) mahsulotlarni temir yo'l transporti orqali tashish uchun qo'shimcha mablag' sarf qilish kerak bo'ladi.
Temir yo'l transporti bilan neft mahsulotlarning hamma turlari transport qilinadi. Suyultirilgan neft gazlarini ham sisternalar, bunkerlar, mayda idish (bochka) va maxsus konteynerlarda tashish mumkin. Temir yo'l transportidan foydalanish - ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining tovar aynalishi juda katta (unikal) miqdorda bo'lgan hollarda, foydalanishning iqtisodiy samaradorligi jihatidan qaraganda transport qilish maqsadga muvofiq bo'lmaydi.
Kichik hajmga ega bo'lgan nelt mahsulotlarini (moylar, bitum va boshqalar) tashishda temir yo'l transporti, tashishning boshqa usullariga nisbatan eng qulayi hisoblanadi. Temir yo'l transporti uzluksiz bo'lmasa ham, suv transportidagi kuzatilgan tashish mavsumiyligi, temir yo'l transportida kuzatilmaydi. Shuning uchun temir yo'l transportining davriyligi kamroqdir.
Temir yo'l transporti orqali neft-gaz mahsulotlarini tashish yilning hamma mavsumida amalga oshirilishi mumkin.
Quvur uzatgichlar orqali transport qilish katta miqdordagi neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gazlarini bir tomonlama tashish uchun xizmat qiladi. Quvur uzatgichlarning boshqa usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:
quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish usullarinikiga qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar quruqlikdagi istalgan ikkita punkt (nuqta) orasida, ular orasidagi masofaning uzunligidan qat'iy nazar yotqizilishi mumkin;
quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi uning uzluksizligidadir, bu esa o'z o'rnida mahsulot yetkazib beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va uni iste'molchiga yetkazib berish to'xtovsiz amalga oshiriladi;
tashishning boshlang'ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to'plash uchun katta hajmdagi sig'imli idishlarga bo'lgan ehtiyoj yo'qoladi;
quvur uzatgichlar ko'proq mexanizatsiyalangan bo'lib ularni avtomatlashtirishni va uzoqdan turib boshqarishni tezroq amalga oshirish kerak.
Quvur uzatgichlarning kamchiligi - ularga metall sarfining ko'p miqdorda bo'lishi va uzatish trassasining qattiqligi, ya'ni quvur yotqizilgandan so'ng uning yo'nalishini o'zgartirish mumkin emas.
Bu asosiy tashish usullaridan tashqari neft va neft mahsulotlarini tashishda avtomobillardan foydalanish ham muhim rol o'ynaydi. Neft mahsulotlari avtosisterna yoki mayda idishlarda tashiladi. Avtamobillar asosan neft mahsulotlarini katta neft omborlaridan kichiklariga yoki uni iste'molchilarga yetkazib berish uchun ishlatiladi.
2. Temir yo'l transportida neft va uning mahsulotlarini tashish va
temir yo'l estakadasi
Boshqa transport vositalari ichida neft va uning mahsulotlarini tashishda, temir yo'l transport! asosiy o'rinni egallaydi. Bu transport orqali umumiy tashiladigan neft va uning mahsulotlarining 40% tashiladi. Asosan bu mahsulotlar vagon - sisternalarda, taxminan 2%esa bochkalarda, bidonlarda va konteynerlarda tashiladi. Vagon sisternalarining yuk ko'taruvchanlik qobiliyati 25, 50, 60, 90 va 120 t/m3 bo'lib, ular ichida ko'p ishlatiladigan 50 va 60 m3 sisternalar hisoblanadi (XII.1-rasm). Bu vagonlar universal to'kuvchi asbob, saqlovchi prujinali klapan, lyuk va narvon bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan sisternaning yuqori qismida bo'lib, sisterna ichidagi bosimni kerakli ko'rsatgichda moslab turadi. Lyuk (murkan) ham yo'qori qismida joylashgan bo'lib, u orqali ta‘mirlash ishlarini, tozalash hamda mahsulotlarni qo'yish va qizdirish jarayonlari amalga oshiriladi. Universal to'kuvchi asbob (d=200mm) pastki qismida o'rnatilgan bo'lib, u orqali mahsulot to'kiladi (oqizib olinadi).
Sisternalarning tashqi yuzasida qizdirish, bug' ko'ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko'ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o'rnatilgan bo'lib, unga suv bug'i kiritilib qizdiriladi.
O'rnatilgan to'kuvchi asboblar turli xil bo'lib, qizdiruvchi moslamalar bilan jihozlangan. Masalan: UTQA - universal to'kuvchi quyuvchi asbob - qizdirmasdan to'kib, qo'yishga mo'ljallangan. Yuqori qovushqoq va yuqori haroratda qotuvchi neft va uning mahsulotlarini tashuvchi vagon sisternalar tashqi isituvchi ko'ylak yoki ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo'ladilar. Yuqori qovushqoqli neft va uning mahsulotlarini sisterna ichida qizdirish, o'rnatilgan quvur sektsiyalari orqali suv bug'ini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sisternalarning tashqi yuzasida
qizdirish, bug' ko'ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko'ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o'rnatilgan bo'lib, unga suv bug'i kiritilib qizdiriladi (XII.2- rasm). Issiqlikni isrof bo'lmasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolyatsiya qoplamasi bilan o'ralgan bo'lib, uning usti va esa metall qavati bilan o'ralgan bo'ladi. Bunday sisternalarni maxsus «Termos» sisternalari deb ataladi. BUTQA - bug' bilan; EUTQA - elektr energiya bilan qizdiriladi.