3. Tovar neftining sifati va va miqdorini o‘lchash usullari
Tovar neftining hisobi. Issiqlik - kimyoviy qurilmalardan o‘tgan neft tovar parklariga yo‘naltiriladi. U yerda uning hajmi qayta o‘lchanib tovar transport tashkilotlariga uzatiladi.
Tovar neftini hisobga olishning 3 ta usuli qo‘llaniladi: hajm, massa va hajm - massa.
Tovar neftining ko‘p qismi hajm usuli bilan o‘lchanadi. Bunda har bir bo‘lagi 1sm ga teng qilib kalibrlangan saqlagich sig‘imlardan foydalaniladi.
Har bir saqlagich uchun kalibr jadvali tuziladi va uning asosida tovar nefti hisobga olinadi.
Neftni hajm usuli bilan hisobga olishda quyidagi jarayonlar bajariladi:
neft va tovar osti suvining balandligi o‘lchanadi;
kalibr jadvalidan berilgan balandliklar bo‘yicha neft hajmi hisoblanadi;
harorat o‘zgarishiga tuzatmalar kiritiladi.
Qabul qilish va tarqatish jarayonida neftni hisobga olishning quyidagi tartibi keng tarqalgan:
- saqlagichdan olingan namunaning harorati o‘lchanadi;
- neftning o‘rtacha zichligi aniqlanadi va +20oC haroratga keltiriladi;
- olingan namuna tarkibidagi suvning miqdori Dina-Stark apparati yordamida aniqlanadi.
Mana shu o‘lchovlar amalga oshirilgandan so‘ng suvlangan neftning o‘lchangan hajmi uning o‘rtacha zichligiga ko‘paytiriladi va brutto massasi kelib chiqadi.
Bu massadan suv massasi olib tashlansa, netto massasi kelib chiqadi.
Tovar neftini hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish. Tovar neftini hisobga olishning ko‘rib chiqilgan turlari ba'zi kamchiliklarga ega. Bular:
saqlagichlardan namuna olish va analiz qilish uchun ko‘p sonli operator va laborantlar ishga jalb qilinadi;
namuna olish va analiz qilish ma'lum vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Shu vaqt ichida neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalarining ish tartibi o‘zgarib turishi mumkin;
shu ishlarni olib boruvchi operator va laborantlar tomonidan subyektiv omillarning ta'siri.
Mana shu kamchiliklardan qutilib, neftni tinimsiz o‘lchash uchun Rossiya konlarida Rubin-2 avtomatlashtirilgan qurilmasi qo‘llanila boshlagan (IX.7-rasm). Bu qurilma tovar neftini miqdor va sifat o‘zgarishlarini avtomatik tarzda o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘lib, nokonditsion neftni qayta tayyorlashga yuboriladi.
Rubin - 2 qurilmasi quyidagicha ishlaydi:
Neftni tayyorlash qurilmasidan (NTQ) neft germetiklangan saqlagichlarga (1) uzatiladi. Nasos (2) neftni haydab avtomatik namo‘lchagich (3) va tuz o‘lchagichdan (4) o‘tkazib yuboradi. Agar neft tarkibidagi tuz va suvlarning miqdori belgilangan meyordan ochiq bo‘lsa, namo‘lchagichning (3) zondi joydagi avtomatika bo‘lmasiga JAB halokat belgisini yuboradi va gidroharakatlantirgish (8) tusqish (5) yordamida tovar neftining yo‘lini to‘sadi. Shu vaqtning o‘zida to‘sqich (6) nokondension neftning yo‘lini ochib yuboradi va bu neft uzatkich (7) orqali ayirboshlagish ajratgichga boradi. So‘ngra bu neft NTQ da qayta tayyorlanadi. Tuz o‘lchagich (4) va suv o‘lchagichdan (3) halokat belgisi kelishi to‘xtashi bilan to‘sqich (5) oshiladi , to‘sqich (6) esa yopiladi.