N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazakov


Neft gaz qazib olishda kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishi



Download 2,55 Mb.
bet35/120
Sana13.07.2022
Hajmi2,55 Mb.
#790003
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120
Bog'liq
N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,

Neft gaz qazib olishda kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishi.
Neft va gaz qazib olish, yig‘ish va tayyorlashda organik yoki noorganik kimyoviy reagentlar qo‘llaniladi.
Kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishi quduq ion qatlami tarkibi, texnologik jarayonni tashkil etish ketma-ketligi va shu kabilarga bog‘liqdir.
Kimyoviy reagentlar turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Biz quyida korroziyaga qarshi himoya qiladigan va korroziya jarayonining sekinlashuviga sabab bo‘ladigan kimyoviy reagentlarni ko‘rib chiqamnz.
Korroziyaga qarshi himoya uchun qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlarni korroziya ingibitorlari, korroziya jarayonini sekinlashtiruvchi kimyoviy reagentlarni passivatorlar deb ataymiz.
Smola parafin chiqindilari hosil bo‘lishiga qarshi kurash uchun qo‘llaniladigan ingibitorlar yoki smola-parafinni ketgizuvchi kimyoviy reagentlar neft quduqlarida ishlatiladi.
Deemulgatorlar neft quduqlari va neftni tayyorlash qurilmalarida ishlatiladi.
Deemulgatorlar qatlam suvlari va neft bilan emulsiya hosil qilib, ularning korrozion faolligini kamaytiradi.
Har xil tuzlar chiqindilari hosil bo‘lishining oldini olish uchun neft quduqlari va kon qatlamiga ingibitorlar yoki tuzlar cho‘kindilarni haydovchi kimyoviy reagentlar qo‘llaniladi.
Korroziya tezligini kamaytirish uchun neft qudug‘i, suvni tayyorlash qurilmasi, nasos stansiyasi, suv haydovchi quduq va kon qatlamiga ingibitorlar (yoki bakteritsidlar) kiritiladi. Shuni nazarda tutish kerakki ingibitor yoki passivator kiritilishi faqat shu kiritilgan qurilmanigina emas, undan keyingi joylashgan qurilmalar uchun ham ta'sir qiladi.
Quvur uzatkichlarning ichki va tashqi korroziyasi.
Metallning atrof - muhit ta'sirida yemirilishi korroziya deyiladi. Kon hududidan o‘tgan quvur uzatkichlar uch xil, ya'ni atmosfera korroziyasi, tuproq korroziyasi va ichki korroziya ta'sirida yemirilishi mumkin. Atmosfera korroziyasi - yer yuzasida joylashgan quvurlarning ob-havo ta'sirida zanglashi. Buni bartaraf qilish qiyin emas. Buning uchun quvurlar bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi. Tuproq korroziyasi murakkabroq. Bunda tuproq tagida yotgan quvurlar tuproqning kimyoviy tarkibi, namligi natijasida zanglab ishdan chiqadi. Masalan, sho‘ri yo‘q, quruq, qumli tuproqda yotgan quvurlar, nam, sho‘r tuproqda yotgan quvurlarga nisbatan ko‘proq xizmat qiladi.
Quvur devorlarining ichidan oqayotgan nordon va ishqorli asosga ega bo‘lgan suyuqliklar bilan ta'siri natijasida hosil bo‘ladigan korroziya ichki korroziya deyiladi.
Kon hududidagi quvur uzatkichlar ichki va tashqi tarafdan korroziyaga uchrab yemirilishi mumkinligini hisobga olib, ularni ham ichidan, ham tashqarisidan himoya qilish lozim. Quvurlarning korroziyaga qarshi qoplamasi quyidagi talablarga javob berishi lozim: suv o‘tkazmasligi, metall bilan mustahkam jipslashishi, el ektr tokini o‘tkazmasligi, kam xarajatliligi va boshqalar.

  1. 6. Korroziyaga qarshi himoyadagi muammolar

Hozirgi paytda korroziyaga qarshi himoya metallga, muhitga va har ikkalasiga birgalikda ta'sirlar orqali amalga oshiriladi.
Respublikamizda neft va gaz konlarini qazish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan jixozlar va qurilmalar yillar o‘tishi bilan korroziya natijasida eskirib bormoqda.
Hozirgi paytda korroziyaga qarshi himoyaning yangidan yangi turlari ishlab chiqarilmoqda, bulardan polietelenli, issiqlik ezoliyatsiyali, antikorrozion qoplamali quyida keltirilgan rasmlardan ko‘rishimiz mumkin (VI.4-rasm).
Ularni almashtirish va boshqa turdagi himoya vositalarining qo‘llanilishi ko‘plab iqtisodiy harajatlarni talab qiladi. Shuning uchun respublikamizda mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda, asosan korroziyaga qarshi himoya vositalarining zamonaviy usullarini ishlab chiqish, sinash va qo‘llash zaruriyati tug‘ilmoqda.


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish