2.1-jadval 2007-2009 yillar boshida O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaradigan fuqarolar sonining o’zgarishi* (ming kishi) Hududlar 2007 y. 2008 y. 2009 y.*
jami
shu jumladan
vaqtinchalik
jami
shu jumladan
vaqtinchalik
jami
shu jumladan
vaqtinchalik
bir
martalik
ishlar
mav-
sumiy
ishlar
bir
martalik
ishlar
mav-
sumiy
ishlar
bir
martalik
ishlar
mav-
sumiy
ishlar
O’zbekiston 1161,8 433,1 728,7 1183,7 445,8 737,9 1530,5 751,2 779,3 Qoraqalpog’iston Respublikasi 90,4
51,9
38,5
90,5
52,5
38,0
79,0
44,1
34,9
Viloyatlar:
Andijon 110,6
42,7
67,9
110,9
44,0
66,9
154,6
68,0
86,6
Buxoro 38,8
17,7
21,1
39,0
18,3
20,8
86,2
12,8
43,8
Jizzax 50,5
14,9
35,7
51,7
15,3
36,3
40,7
22,4
18,3
Qashqadaryo 146,4
45,0
101,4
151,2
46,5
104,8
101,0
50,2
50,9
Navoiy 38,9
12,9
26,0
38,9
13,3
25,6
36,5
17,5
18,9
Namangan 52,2
19,5
32,8
55,4
20,1
35,3
105,6
55,2
50,4
Samarqand 94,8
43,9
50,9
103,4
45,3
58,1
242,0
15,9
126,1
Sirdaryo 80,9
7,8
73,1
83,2
8,0
75,2
91,3
34,0
57,3
Surxondaryo 21,9
12,9
9,0
22,2
13,3
8,9
51,6
20,1
31,4
Toshkent 86,5
29,6
56,9
86,6
30,5
56,1
71,0
94,7
76,4
Farg’ona 164,0
44,0
120,0
163,3
45,4
117,9
246,1
107,0
139,1
Xorazm 46,2
16,9
29,3
46,3
17,4
28,8
49,9
21,3
28,6
Toshkent shahri 139,6
73,5
66,1
141,1
75,8
65,1
74,9
58,3
16,6
*Manba: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
orqada qolib kelganlar. Bunga misol sifatida aytadigan bo’lsak, hozirgi davrda
O’zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 %ga yaqini ayollardan
tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni
birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari
ko’rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada
ijobiy siljish imkonini beradi.
Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o’ziga xos tomonlarida aniqlik hal qiluvchi
rol’ o’ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to’laroq hisobga olinsa, ayollar kasbiy
mehnatining aholini ko’paytirish bilan birga qo’shib olib borilishi uchun eng yaxshi
50
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham aytish kerakki, ish bilan samarali
bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining faqat son va sifat
tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog’lom avlodni tarbiyalash sohasiga
qo’shgan hissasi bilan ham belgilanadi.
Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog’langan
bo’lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo’yilishini taqozo etadi. Agar
texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum
darajada birxillashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham
ayollar organizmi xususiyatlariga ko’proq darajada mos kelishi lozim.
O’zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish
kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati
ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi.
Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat
mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda
ikki katta guruhni – o’quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko’maklashuv Markazlari
xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo’shash ko’lami
bilan belgilanadi. Bunda ko’p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo’shashiga bog’liq
bo’ladi. Agar bular mashinasozlik, to’qimachilik sanoati tarmoqlarida bo’lsa, bu joylarda
ishlovchi ishlarning ulushi ko’proq bo’ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi.
Yoshlar o’rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli
faoliyatning asosiy sohasi bo’lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo’lib, bunga ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko’paytirish, kichik yoshdagi va
maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam
berishni yaxshilash yo’li bilan erishiladi. O’qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning
ikkita yo’nalishi bo’lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish
imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ikkinchi yo’nalishga vaqtincha chora sifatida qarash
mumkin va u kollej o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining
o’zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim olish muddatini
uzaytirishdir.
O’rta yoshli kishilar (30-49 yosh) – O’zbekiston mehnat resurslarida eng ko’p sonli
guruh bo’lib, umumiy mehnat resurslarining 55,0 %dan ortig’ini tashkil etadi. Uning
o’ziga xos xususiyati milliy iqtisodiyotda ish bilan bandlikning eng yuqori darajasiga
erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruh xodimlaridan, asosan, kasb manfaatlari
barqaror aniqlangan. Shuning uchun, ham bu guruhda ish o’rnini o’zgartirishga intilish
boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroqdir.
50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi kishilarning (10,0%) ish bilan
bandligi mazkur guruhning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi: bu ijtimoiy
imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy bilimlarning yuqori darajasi, katta amaliy tajribaning
mavjudligidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruhda ish bilan bandlik darajasi keskin
kamayadi. Buning sababi sog’liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya olish
imkoniyatidadir.
Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya
yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo’ladi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda
faol aholining (5-6%) o’zagini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning
51
o’ziga xos xususiyati shuki, bunda ma’lumot darajasi past bo’lgan kishilarning ulushi
ko’proq bo’ladi va pensionerlarning ko’pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar
mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo’yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik
bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo’yicha qayta taqsimlash
imkoniyatini pasaytiradi.
Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan darajasiga ko’nikibroq
qaraydilar va hatto noqulay iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ish haqining pasayishiga ham
qarshilik qilmaydilar. Shu bilan birga ko’pgina korxona va muassasalarning ma’muriyati
mehnat jamoalarini saqlab qolishdan manfaatdor bo’lib, yoshlarni ishga qabul qilishga
unchalik moyil bo’lmaydilar. Shuning uchun ko’pincha mehnat jamoalarining qariyb
qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar ishdan bo’shatilmaydi, shuningdek, kamroq
malaka talab qiladigan mehnatning yuqori darajasi saqlab qolinadi. Bu hol hozircha
O’zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo’lib turgan xususiyatlardan biridir. Pensiya
yoshi arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida
aytganimizdek, birmuncha pastroq bo’ladi. Ular ko’p hollarda kam malaka talab qiladigan,
aholining boshqa guruhlari uchun unchalik nufuzli bo’lmagan ishlarni bajarib yuradilar.
Bularning hammasi katta yoshdagi kishilarning ish bilan bandligini ishchi kuchi
etishmagan yillarda qaror topgan an’ana saqlanishiga ko’maklashadi. Katta yoshdagi
kishilar guruhi mehnatiga talabi kelgusida qanday bo’lishiga kelsak, bu hol iqtisodiyotni
rivojlantirish va mehnat bozorini shakllantirishning tanlangan variantlariga bog’liq.
Bordi-yu, ishchi kuchiga bo’lgan umumiy talabning qisqarishi natijasida iqtisodiyotning
ahvoli yomonlashadigan bo’lsa, u holda katta yoshdagi xodimlarning mehnat sohasidan
ketishi tezlashadi.
Aholining barcha ijtimoiy-demografik guruhlarining ish bilan bandligini aks
ettiruvchi eng muhim omil uning harakatchanlik darajasidir. Harakatchanlik umumiy
tushuncha bo’lib, aholining ijtimoiy maqomi, kasbga mansubligi, yashash joyining
o’zgarishlariga hozirligini aks ettiradi. Bunda hududiy harakatchanlik ishchi kuchi
«bozor» holatining eng muhim sifat belgilaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda
migratsiya jarayonlari islohotdan avvalgi yillarda ma’lum darajada iqtisodiy
rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib kelinardi. Shuning uchun ham ishchi
kuchining harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya
jarayonida aniq namoyon bo’lishini mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga
kiritadilar.
Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim
ko’rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat
ko’rsatish hamda iste’mol qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega
bo’lgan shaxslar yig’indisidir.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy himoyalash vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga olgan tasnifiga ko’ra
iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga yaroqli ish bilan band bo’lganlar va ishsizlar
kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda ishga ega bo’lgan mehnatga layoqatli aholi
tushuniladi (2.1-chizma).
Ish bilan band bo’lganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta
bo’lgan):
52
- haq olish uchun to’la yoki to’liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek
faoliyat uchun bevosita to’lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad
keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar;
- turli sabablarga ko’ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va
boshqalar) vaqtincha ish joyida yo’q bo’lganlar;
- xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi.
Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo’lgan yoshdagi o’zlariga bog’liq
bo’lmagan sabablarga ko’ra:
2.1-chizma.Ishchi kuchi tizilmasi (XMT uslubi bo’yicha)
- ishga (daromad keltiradigan mashg’ulotga) ega bo’lmagan;
- ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko’maklashish Markazi xizmatida ro’yxatga
olingan;
- ishga tushishga tayyor bo’lgan shaxslar kiritiladi.
Ish bilan band aholi – ijtimoiy ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan mehnat
resurslarining faol qismidir. XMT uslubiyati bo’yicha unga quyidagilar kiritiladi:
1) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan, xorijda;
2) tadbirkorlar;
3) mehnat daromadiga ega va talabalar;
4) qisman ish bilan band talabalar va uy bekalari;
5) erkin kasb egalari bo’lgan shaxslar;
6) harbiy xizmatchilar;
7) oilaning yordam beruvchi a’zolari (bolalarni tarbiyalash, nogironlar va keksa
yoshdagi fuqarolarga qarash bilan band bo’lganlar).
Shu vaqtda
nofaol aholi