N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
 
 
 
 
2.1-jadval 
2007-2009 yillar boshida O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha bir 
martalik va mavsumiy ishlarni bajaradigan fuqarolar  
sonining o’zgarishi* (ming kishi) 
 
 
Hududlar 
2007 y. 
2008 y. 
2009 y.* 
 
 
jami 
shu jumladan 
vaqtinchalik 
 
 
jami 
shu jumladan 
vaqtinchalik 
 
 
jami 
shu jumladan 
vaqtinchalik 
bir 
martalik 
ishlar 
mav-
sumiy 
ishlar 
bir 
martalik 
ishlar 
mav-
sumiy 
ishlar 
bir 
martalik 
ishlar 
mav-
sumiy 
ishlar 
O’zbekiston 
1161,8 
433,1 
728,7 
1183,7 
445,8 
737,9 
1530,5 
751,2 
779,3 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  
90,4 
51,9 
38,5 
90,5 
52,5 
38,0 
79,0 
44,1 
34,9 
Viloyatlar: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Andijon 
110,6 
42,7 
67,9 
110,9 
44,0 
66,9 
154,6 
68,0 
86,6 
Buxoro 
38,8 
17,7 
21,1 
39,0 
18,3 
20,8 
86,2 
12,8 
43,8 
Jizzax 
50,5 
14,9 
35,7 
51,7 
15,3 
36,3 
40,7 
22,4 
18,3 
Qashqadaryo 
146,4 
45,0 
101,4 
151,2 
46,5 
104,8 
101,0 
50,2 
50,9 
Navoiy 
38,9 
12,9 
26,0 
38,9 
13,3 
25,6 
36,5 
17,5 
18,9 
Namangan 
52,2 
19,5 
32,8 
55,4 
20,1 
35,3 
105,6 
55,2 
50,4 
Samarqand 
94,8 
43,9 
50,9 
103,4 
45,3 
58,1 
242,0 
15,9 
126,1 
Sirdaryo 
80,9 
7,8 
73,1 
83,2 
8,0 
75,2 
91,3 
34,0 
57,3 
Surxondaryo 
21,9 
12,9 
9,0 
22,2 
13,3 
8,9 
51,6 
20,1 
31,4 
Toshkent 
86,5 
29,6 
56,9 
86,6 
30,5 
56,1 
71,0 
94,7 
76,4 
Farg’ona 
164,0 
44,0 
120,0 
163,3 
45,4 
117,9 
246,1 
107,0 
139,1 
Xorazm 
46,2 
16,9 
29,3 
46,3 
17,4 
28,8 
49,9 
21,3 
28,6 
Toshkent shahri 
139,6 
73,5 
66,1 
141,1 
75,8 
65,1 
74,9 
58,3 
16,6 
*Manba:  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  ma’lumotlari 
asosida tuzilgan.  
 
orqada  qolib  kelganlar.  Bunga  misol  sifatida  aytadigan  bo’lsak,  hozirgi  davrda 
O’zbekistondagi  korxona  va  tashkilot  rahbarlarining  atigi  28,0  %ga  yaqini  ayollardan 
tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni 
birmuncha  kuchaytiradi.  Endilikda  bu  tafovutlarni  kamaytirish  chora-tadbirlari 
ko’rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada 
ijobiy siljish imkonini beradi. 
Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o’ziga xos tomonlarida aniqlik hal qiluvchi 
rol’  o’ynaydi.  Binobarin,  bu  omil  qanchalik  to’laroq  hisobga  olinsa,  ayollar  kasbiy 
mehnatining  aholini  ko’paytirish  bilan  birga  qo’shib  olib  borilishi  uchun  eng  yaxshi 


50 
 
ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlar  yaratiladi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  ish  bilan  samarali 
bandlikni  shakllantirishda  ayollarning  roli  ular  mehnat  resurslarining  faqat  son  va  sifat 
tarkibi  bilan  emas,  shu  bilan  birga  ayol-onaning  sog’lom  avlodni  tarbiyalash  sohasiga 
qo’shgan hissasi bilan ham belgilanadi. 
Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog’langan 
bo’lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo’yilishini taqozo etadi. Agar 
texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum 
darajada birxillashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham 
ayollar organizmi xususiyatlariga ko’proq darajada mos kelishi lozim. 
O’zbekistonda  ayollar  ish  bilan  bandligining  yuqori  darajada  ekanligi  ayollar  ish 
kuchining  yangi  xislatlari  tarkib  topishiga  yordam  beradi.  Ayollar  uchun  kasb  mehnati 
ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi. 
Ish  bilan  bandlikda  yoshlarning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  vazifalari  ularning  mamlakat 
mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda 
ikki katta guruhni – o’quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko’rsatish mumkin. 
Mehnat  bozoriga  chiqadigan  va  ish  bilan  bandlikka  ko’maklashuv  Markazlari 
xizmatiga  murojaat  qiladigan  yoshlarning  umumiy  soni  kadrlarning  bo’shash  ko’lami 
bilan  belgilanadi.  Bunda  ko’p  narsa  xodimlar  qaysi  tarmoqlardan  bo’shashiga  bog’liq 
bo’ladi. Agar bular mashinasozlik, to’qimachilik sanoati tarmoqlarida bo’lsa, bu joylarda 
ishlovchi ishlarning ulushi ko’proq bo’ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi. 
Yoshlar  o’rtasidagi  ishsizlik  miqyosini  tartibga  solib  turishning  muhim  usuli 
faoliyatning  asosiy  sohasi  bo’lgan  ehtiyojini  pasaytirishdan  iborat  bo’lib,  bunga  ishlab 
chiqarishdan  ajralgan  holda  ta’lim  oladiganlar  sonini  ko’paytirish,  kichik  yoshdagi  va 
maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam 
berishni  yaxshilash  yo’li  bilan  erishiladi.  O’qiyotgan  yoshlar  sonini  kengaytirishning 
ikkita  yo’nalishi  bo’lishi  mumkin.  Birinchisi ishlab  chiqarishdan  ajralgan  holda  o’qish 
imkoniyatlarini  kengaytirishdir.  Ikkinchi  yo’nalishga  vaqtincha  chora  sifatida  qarash 
mumkin va u kollej o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining 
o’zgarib  borishiga  muvofiq  qayta  ixtisoslashuv  natijasida  ta’lim  olish  muddatini 
uzaytirishdir.  
O’rta yoshli kishilar (30-49 yosh) – O’zbekiston mehnat resurslarida eng ko’p sonli 
guruh  bo’lib,  umumiy  mehnat  resurslarining  55,0  %dan  ortig’ini  tashkil  etadi.  Uning 
o’ziga  xos  xususiyati  milliy  iqtisodiyotda  ish  bilan  bandlikning  eng  yuqori  darajasiga 
erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruh xodimlaridan, asosan, kasb manfaatlari 
barqaror  aniqlangan.  Shuning  uchun,  ham  bu  guruhda  ish  o’rnini  o’zgartirishga  intilish 
boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroqdir.  
50  yoshdan  oshgan  mehnatga  qobiliyatli  yoshdagi  kishilarning  (10,0%)  ish  bilan 
bandligi  mazkur  guruhning  yosh  xususiyatlari  bilan  belgilanadi:  bu  ijtimoiy 
imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy bilimlarning yuqori darajasi, katta amaliy tajribaning 
mavjudligidir.  Mazkur  ijtimoiy-demografik  guruhda  ish  bilan  bandlik  darajasi  keskin 
kamayadi.  Buning  sababi  sog’liqning  holati,  shuningdek,  imtiyozli  pensiya  olish 
imkoniyatidadir.  
Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya 
yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo’ladi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda 
faol  aholining  (5-6%)  o’zagini  tashkil  etadi.  Hozirgi  vaqtda  ana  shu  yoshdagi  guruhning 


51 
 
o’ziga  xos  xususiyati  shuki,  bunda  ma’lumot  darajasi  past  bo’lgan  kishilarning  ulushi 
ko’proq bo’ladi va pensionerlarning ko’pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar 
mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo’yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik 
bilan  ajralib  turadilar.  Bu  esa  ularni  tarmoqlar,  kasblar  bo’yicha  qayta  taqsimlash 
imkoniyatini pasaytiradi. 
Katta  yoshdagi  xodimlar  mehnat  haqining  qaror  topgan  darajasiga  ko’nikibroq 
qaraydilar  va  hatto  noqulay  iqtisodiy  o’zgarishlar  tufayli  ish  haqining  pasayishiga  ham 
qarshilik  qilmaydilar.  Shu  bilan  birga  ko’pgina  korxona  va  muassasalarning  ma’muriyati 
mehnat  jamoalarini  saqlab  qolishdan  manfaatdor  bo’lib,  yoshlarni  ishga  qabul  qilishga 
unchalik  moyil  bo’lmaydilar.  Shuning  uchun  ko’pincha  mehnat  jamoalarining  qariyb 
qolishi  yuz  beradi.  Katta  yoshdagi  xodimlar  ishdan  bo’shatilmaydi,  shuningdek,  kamroq 
malaka  talab  qiladigan  mehnatning  yuqori  darajasi  saqlab  qolinadi.  Bu  hol  hozircha 
O’zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo’lib turgan xususiyatlardan biridir. Pensiya 
yoshi  arafasidagi  va  pensiya  yoshidagi  kishilarning  ma’lumot  darajasi,  yuqorida 
aytganimizdek, birmuncha pastroq bo’ladi. Ular ko’p hollarda kam malaka talab qiladigan, 
aholining boshqa guruhlari uchun unchalik nufuzli bo’lmagan ishlarni bajarib yuradilar. 
Bularning  hammasi  katta  yoshdagi  kishilarning  ish  bilan  bandligini  ishchi  kuchi 
etishmagan  yillarda  qaror  topgan  an’ana  saqlanishiga  ko’maklashadi.  Katta  yoshdagi 
kishilar guruhi mehnatiga talabi kelgusida qanday bo’lishiga kelsak, bu hol iqtisodiyotni 
rivojlantirish  va  mehnat  bozorini  shakllantirishning  tanlangan  variantlariga  bog’liq. 
Bordi-yu, ishchi kuchiga bo’lgan umumiy talabning qisqarishi natijasida iqtisodiyotning 
ahvoli  yomonlashadigan  bo’lsa,  u  holda  katta  yoshdagi  xodimlarning  mehnat sohasidan 
ketishi tezlashadi. 
Aholining  barcha  ijtimoiy-demografik  guruhlarining  ish  bilan  bandligini  aks 
ettiruvchi  eng  muhim  omil  uning  harakatchanlik  darajasidir.  Harakatchanlik  umumiy 
tushuncha  bo’lib,  aholining  ijtimoiy  maqomi,  kasbga  mansubligi,  yashash  joyining 
o’zgarishlariga  hozirligini  aks  ettiradi.  Bunda  hududiy  harakatchanlik  ishchi  kuchi 
«bozor»  holatining  eng  muhim  sifat  belgilaridan  biri  hisoblanadi.  O’zbekistonda 
migratsiya  jarayonlari  islohotdan  avvalgi  yillarda  ma’lum  darajada  iqtisodiy 
rivojlanishning  rejalilik  omili  bilan  belgilanib  kelinardi.  Shuning  uchun  ham  ishchi 
kuchining harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya 
jarayonida  aniq  namoyon  bo’lishini  mutaxassislar  eng  muhim  ilmiy  va  amaliy  tizimga 
kiritadilar.  
Iqtisodiy  faol  aholining  ish  bilan  bandligi  makroiqtisodiyotda  juda  muhim 
ko’rsatkich  hisoblanadi. Iqtisodiy  faol  aholi moddiy  boyliklar  ishlab  chiqarishda  xizmat 
ko’rsatish hamda iste’mol qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega 
bo’lgan shaxslar yig’indisidir. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy  himoyalash  vazirligining  milliy  xususiyatlarni  hisobga  olgan  tasnifiga  ko’ra 
iqtisodiy  faol  aholi  tarkibiga  mehnatga  yaroqli  ish  bilan  band  bo’lganlar  va  ishsizlar 
kiritiladi.  Ish  bilan  bandlik  deganda  ishga  ega  bo’lgan  mehnatga  layoqatli  aholi 
tushuniladi (2.1-chizma). 
Ish  bilan  band  bo’lganlarga  (har  ikki  jinsga  mansub  16  yosh  va  undan  katta 
bo’lgan): 


52 
 
- haq olish uchun to’la yoki to’liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek 
faoliyat  uchun  bevosita  to’lov  yoki  daromadni  olish  muddatidan  qat’i  nazar,  daromad 
keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar; 
- turli  sabablarga  ko’ra  (kasallik,  ta’til,  mehnat  safarlari,  qayta  tayyorlash  va 
boshqalar) vaqtincha ish joyida yo’q bo’lganlar; 
- xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi. 
Ishsizlarga  esa  16  yosh  va  undan  katta  bo’lgan  yoshdagi  o’zlariga  bog’liq 
bo’lmagan sabablarga ko’ra: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.1-chizma. Ishchi kuchi tizilmasi (XMT uslubi bo’yicha) 
 
- ishga (daromad keltiradigan mashg’ulotga) ega bo’lmagan; 
- ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko’maklashish Markazi xizmatida ro’yxatga 
olingan; 
- ishga tushishga tayyor bo’lgan shaxslar kiritiladi. 
Ish  bilan  band  aholi – ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  faoliyat  yuritayotgan  mehnat 
resurslarining faol qismidir. XMT uslubiyati bo’yicha unga quyidagilar kiritiladi: 
1) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan, xorijda; 
2) tadbirkorlar; 
3) mehnat daromadiga ega va talabalar; 
4) qisman ish bilan band talabalar va uy bekalari; 
5) erkin kasb egalari bo’lgan shaxslar; 
6) harbiy xizmatchilar; 
7)  oilaning  yordam  beruvchi  a’zolari  (bolalarni  tarbiyalash,  nogironlar  va  keksa 
yoshdagi fuqarolarga qarash bilan band bo’lganlar). 
Shu vaqtda  
nofaol aholi 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish