N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


(bazis)  Korxona mehnat  potentsiali  (mikro)



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

(bazis) 
Korxona mehnat 
potentsiali 
(mikro) 
Hudud mehnat 
potentsiali 
(mezo) 
Mamlakat 
mehnat 
potentsiali 
(makro) 
Manzil  
Fuqarolik  


 
248 
potensiali  tarkibiga  qo’shilishiga  olib  keladi.  Demak,  mehnat  shartnomasi  shaxsning 
korxonaga tegishliligini keltirib chiqaruvchi bosh omildir. 
Korxonalar  esa  ma’muriy-hududiy  jihatdan  ma’lum  hududga  tegishli  bo’lib, 
ularning  umumiy  birikmasi  hudud  mehnat  potensialini  tashkil  etadi.  Bunda  mezo 
darajalashuv  ro’y  beradi  va  shu  jarayonda  jug’rofiy  manzil  hududiy  potensialni  hosil 
qiluvchi omil sifatida yuzaga keladi. 
Shuningdek, agar shaxs  yakka tartibdagi xizmat faoliyatida band bo’lsa, ishlamasa 
yoki  iqtisodiy  nofaol  bo’lsa,  u  holda  yashash  manziliga  ko’ra,  mazkur  shaxs  hudud 
mehnat potensiali tarkibiga kiritiladi. 
Hudud mehnat potensiali jug’rofiy joylashuvi va fuqarolik holatiga ko’ra, mamlakat 
mehnat potensialini tashkil etadi. Shuningdek, mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan 
fuqaroligi  bo’lmagan  norezidentlarni  ham  mehnat  potensiali  tarkibiga  kiritish  mumkin. 
Biroq,  bunda  ular  vaqtinchalik  yoki  o’zgaruvchan  xususiyatga  ega  bo’ladi.  Demak, 
fuqarolikni  mehnat  potensialining  makro  darajasini  belgilab  beradigan  omil  sifatida 
hisoblash mumkin. 
«Mehnat  potensiali»  jamiyatda  mehnat  imkoniyati,  kuvvati,  ish  bilan  bog’liq 
kuchlarning  mavjudligi,  degan  ma’noni  bildiradi.  Mehnat  potensialining  ta’rifi  uning 
shakllanishi,  sifatiy,  miqdoriy  baholash  va  samarali  foydalanishni  ifodalovchi  omillar 
birikmasidan  iborat.  Hozirgacha  mazkur  kategoriya  olimlar  tomonidan  turlicha  talqin 
qilinib, ular ushbu tushunchaga turli nuqtai nazardan yondashganlar. 
Ba’zi olimlar mehnat potensiali bilan mehnat resurslarini o’zaro tenglashtirib, ushbu 
tushunchalar  bir  xil  ma’noni  anglatadi,  deya  ta’kidlashadi.  Boshqa  tadqiqotchilarning 
qayd  etishicha,  ushbu  kategoriyalar  bir-biridan  farq  qiladi,  bunda  mehnat  potensiali 
mehnat resurslari va ishchi kuchiga nisbatan kengroq tushunchadir. 
Xullas,  «mehnat  potensiali»  mavzusi  haligacha  munozarali  masala  bo’lib 
kelmoqdaki,  bugungi  kunda  u  haqdagi  ilmiy-iqtisodiy  yondashuvlarni  uch  yo’nalishga 
ajratish mumkin. 
Birinchi  yo’nalish  vakillari  «mehnat  potensiali»  kategoriyasiga  «resurs»  jihatdan 
yondashib, asosan, uning miqdoriy ko’rsatkichlariga ustuvor ahamiyat sifatida qaraydilar. 
Mazkur yo’nalish vakillarining fikricha, mehnat potensiali jamiyatni rivojlantirish uchun 
zarur bo’lgan ish bilan bog’liq turli resurslar majmuidir. 
Mazkur  kategoriyani  tadqiq  etar  ekan  rossiyalik  olim  N.A.  Gorelov  uni  «mehnat 
resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari bilan bevosita tenglashtiradi. U bunga miqdor 
jihatdan  yondashib,  mehnat  potensiali  mehnat  yoshidagi  ishga  layoqatli  aholi  sonidan 
iboratdir, degan fikrni ilgari suradi
1

Xuddi  shunga  o’xshash  fikrni  GT.  Sergeeva  va  L.S.  Chijovalarning  iqtisodiy 
qarashlarida  ham  ko’rish  mumkin.  Bu.  mualliflar  tomonidan  chop  etilgan  «Mamlakat 
mehnat  potensiali»  asarida  mazkur  kategoriyani  jamiyat  egalik  qiladigan  mehnat 
resurslaridir, talqin etadi. Biroq, ular N.A. Gorelovdan farqli ravishda  ushbu kategoriyani 
talqin etishda uning sifat jihatlariga ham e’tibor qaratadilar. Ya’ni, ularning fikricha, ishga 
layoqatli  aholining  mikdor  va  sifat  jihatlarining  o’zaro  uyg’unligi  mehnat  potensialining 
real mazmunini belgilab beradi
2

                                                           
1
 Горелов Н.А. Экономика трудовых ресурсов. - М.: Высшая школа, 1980, с.6.. 
2
Сергеева Г.П., Чижова Л.С. Трудовой потенциал странм. – М.: Знание, 1982, с.3. 


 
249 
Rossiyalik  iqtisodchi  olim  N.A.  Volgin  ham  unga  resurs  sifatida  yondashib, 
«Mehnat  potensiali  o’zaro  bog’liq  ko’pgina  elementlardan  tashkil  topgan  mehnat 
resurslari  yig’indisidir.  U  yoki  bu  elementni  ushbu  majmuaga  kiritishga  asos  bo’lib 
xizmat  qiluvchi  asosiy  belgi  jonli  shaxs,  organizm  egalik  qiladigan  ishga  bo’lgan 
jismoniy va ma’naviy qobiliyatdir», degan fikrni ilgari surgan
1
.  
R.P. Ruzavina, R.P. Kolosova, A.A. Kum’psova va L.E. Kunel’skiylarning fikricha, 
mehnat potensiali ishchi kuchi kategoriyasini ravshanlashtiruvchi yo’nalishlardan biridir. 
Mazkur  olimlar  potensialni  resurslarga  nisbatan  kengroq  tushuncha  deb  qarab,  mehnat 
potensialining  tarkibiga  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  qatnashishga  layoqatli  barcha 
fuqarolar, shuningdek ish bilan band bo’lgan ishchilar bilan bir qatorda, ba’zi sabablarga 
ko’ra ish bilan band bo’lmagan kishilarni ham kiritadilar
2

V.G. Vrublevskiy potensialga nisbatan o’ziga xos nuqtai nazarni ilgari surib, uning 
shakllanishida  ish  sharoitlariga  ham  alohida  urg’u  beradi.  Shunga  ko’ra,  u  mehnat 
potensiali jami ishchi kuchi va sharoitlarning birligidan tashkil topadi, deb ta’kidlaydi. 
Ukrainalik  iqtisodchi  olim  N.V.  Korovyakovskaya  ham  potensialni  resursga 
tenglashtirib, mehnat potensiali ishga layoqatli yoshdagi aholidan hamda pensiya yoshiga 
etgan  bo’lishiga  qaramasdan  o’zining  xizmatga  bo’lgan  qobiliyatini  saqlab  qolgan 
kishilar birikmasidan tashkil topadi», degan xulosaga keladi
3

L.S.  Degtyar’  esa  resurslar  va  potensial  o’rtasida  hech  qanday  farq  yo’q,  deb 
hisoblaydi Uning bildirishicha, har ikkala kategoriya ham bir xil mazmunga ega va o’zaro 
teng ahamiyatlidir
4

Demak,  potensialga  resurs  sifatida  yondashadigan  olimlar,  asosan,  miqdor 
ko’rsatkichlariga  birinchi  darajali  e’tibor  berib,  ular  potensialni  ta’riflashda  ishga 
layoqatli  kishilar,  mehnat  resurslari,  ish  bilan  bandlar,  ishsizlar  hamda  ishlash 
imkoniyatiga ega bo’lgan pensionerlar kabi  aholi  qatlamlari  bilan  cheklanganlar. Bunda 
ular aholining shaxsiy sifat va kasb-malaka omillarini inobatga olmaganlar. 
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari mehnat potensialiga «omil» jihatdan yondashib, ular 
potensialning  tarkibini  aniqlashda  shaxsiy  va  insoniy  omillar  (sifat)  nuqtai  nazardan 
yondashadilar.  Ushbu  qarashlarda  ular  sifat  ko’rsatkichlariga  alohida  ustuvor  ahamiyat 
qaratadilar. 
M.I.  Skarjinskiy  potensialga  shaxsiy  omil  harakatining  iqtisodiy  shakllaridan  biri 
sifatida qarashni taklif qiladi. Uning fikricha, mazkur kategoriya uch bosqichli harakatdan 
o’tadi: mehnat resurslari, ishlab chiqarish sharoitlari (ishchi kuchi) va mehnat potensiali. 
Olimning  ta’riflashicha,  mehnat  salohiyati  jamiyatni  harakatga  keltirishning  real  va 
potensial imkoniyatlaridir
5

«Potensial»  tushunchasini  ta’riflashda  Ural  davlat  iqtisodiyot  universitetining 
professori  N.I.  Shatalova  omilga  alohida  urg’u  berar  ekan,  mehnat  potensiali  -  inson 
omilining aniq tarzda namoyon bo’lishidir, degan qisqa ta’rifni keltiradi
6
.  
                                                           
1
  Экономика труда. (социально-трудовые отношения). /Под ред. Н.А.Волгина, Ю.Г.Одегов. – М.: «Экзамен», 
2004, с.132. 
2
 Колосова Р.П. Экономика труда. – М.: МГУ, 2004, с.42. 
3
 Коровяковская Н.В. Совокупный работник социалистического общества. - М.: Экономика, 1987, с.30. 
4
Дегтярь Л.С. Трудовой потенциал общества и социальная политика: из опыта европейских стран-членов СЭВ. 
- М., 1994, с.3 
5
 Скаржинсикй М.И. Трудовой потенциал общества. - М.: Экономика, 1997, с.14. 
6
  Шаталова  Н.И.  Трудовой  потенциал  работника:  проблемм  функционирования  и  развития.  -  Екатеринбург, 
УрГЭУ, 1998, с.14. 


 
250 
Shunga  o’xshash  nuqtai  nazarni  I.A.  Kokorevning  iqtisodiy  qarashlarida  ham 
uchratish  mumkin.  U  ham  potensialning  mazmun-mohiyatini  yoritishda  omilga  alohida 
e’tibor  qaratib,  mehnat  potensiali  –  inson  omilining  ishga  oid  shaxsiy  sifatlar 
yig’indisidir, degan fikrni ilgari suradi
1
.  
M.I. Dolishniy, S.N. Zlupko, V. Dobrik, T.M. Paliya, T. Shults va boshqalardan iborat 
iqtisodchilar guruhi potensialga omilni shakllantiruvchi kategoriya sifatida qaraydilar. 
M.I. Dolishniy mehnat potensialini baholash uchun uning tarkibini aniqlaydigan quyidagi 
formulani taklif etadi 
 
 
 
Bunda: MP - mehnat potensiali;  

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish