N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Mehnat potentsiali 
Mikro daraja 
Mezo daraja 
Makro daraja 
Korxona (tashkilot) 
mehnat potentsiali 
Hudud (mintaqa) mehnat 
potentsiali 
Mamlakat mehnat 
potentsiali 
Inson omili yoki shaxs mehnat potentsiali 


 
247 
Hudud  (mintaqa)  mehnat  potensiali  deb  ma’lum  hududga tegishli  bo’lgan  va  unda 
istiqomat  qiluvchi  jami  mehnat  potensiali  tushuniladi.  Uni  alohida  ajratib  ko’rsatish 
zarurati shundaki, O’zbekiston Respublikasida hududlar tarixiy, tabiiy-iqlimiy, jug’rofiy, 
relef,  demografik,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  urbanizatsiya  nuqtai  nazaridan  bir-biridan 
farqlanadi.  Shu  bois,  ularning  mehnat  potensiali  ham  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  va 
bir-biridan  farqlanadi.  Qaysi  hududda  iqtisodiyotning  qanday  tarmog’i  rivojlanganligi 
mazkur  mintaqada  mehnat  potensialining  asosiy  ulushi  ushbu  sohada  bandligi  va 
ixtisoslashuvini belgilab beradi. Masalan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mehnat 
potensialining sanoatga, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga ixtisoslashuvini 
ko’rish  mumkin  bo’lsa,  Navoiy  viloyatida  esa  og’ir  sanoat  (tog’-kon  metallurgiya)  va 
qayta  ishlashga  ixtisoslashuv  nisbatan  kuchlirokdir.  Shuningdek,  Sirdaryo,  Jizzax, 
Surxondaryo  va  Qashqadaryo  viloyatlarida  dehqonchilikka  ixtisoslashuvni  kuzatamiz. 
Xududlar xususiyatiga ko’ra, mehnat potensiali ixtisoslashuvi ham bir-biridan farqlanadi, 
bu esa iqtisodiyotdagi nisbiy ustunlikni keltirib chiqaradi. 
Keng  doirada  olsak,  mamlakat  mehnat  potensiali  bu  mintaqadagi  jami  mehnat 
imkoniyatlari va salohiyatini o’zida mujassam etib, hududiy birikmalardan tashkil topadi, 
uning  kuch-qudratini  belgilab  beradi.  Chunki  shaxslar  birligi,  jipsligi  jamiyatni  tashkil 
etadi, Kuchli jamiyat esa kuchli davlat asosidir. 
Yuqorida sanab  o’tilgan  har  uchala  darajaning  ham asosini inson  omili,  ya’ni  shaxs 
mehnat  potensiali  tashkil  etadi.  Chunki  jamoa  ham,  jamiyat  ham  shaxslarning  o’zaro 
birikmasidan  iboratdir.  Shunday  ekan,  mamlakat  mehnat  potensialini  shakllantirish, 
rivojlantirish  uchun,  avvalo,  har  bir  insonni  shaxs  sifatida  tarbiyalash  va  uning  mehnat 
omili  darajasiga  etkazish  talab  etiladi.  Chunki  yurtning  barcha  aholisi  ham  mehnat  omili 
bo’lib etisha olmaydi. Albatta, bunga, birinchi navbatda, sog’liq va jismoniy ko’rsatkichlar 
ta’sir etsa, shuningdek, aqliy qobiliyat, ta’lim, malaka, ko’nikma va tajriba kabilar ham o’z 
ta’sirini  o’tkazadi.  Shu  bois  davlatimizda  aholi  (ayniqsa  onalar  va  bolalar)  sog’lig’ini 
saqlash,  nogironlarni  reabilitatsiya  qilish,  jismoniy  salohiyatni  yuksaltirishga  alohida 
e’tibor  qaratiladi.  Chunki  onalar,  ayollar  mamlakatga  mehnat  potensialini  bevosita 
tarbiyalab beradilar, zero, yoshlar Vatanning ertangi kuchlari va kelajak egalaridir. 
Mehnat  potensialining  darajalashuvi  va  unga  omillarning  ta’siri  quyidagi  chizma 
ko’rinishida ro’y beradi: 
 Shaxs  mehnat  potensialining  mikro  darajalashuvi  uning  o’z  ish  qobiliyatini 
namoyon  etishi  maqsadida  yollanishi,  ya’ni  korxona  bilan  mehnat  shartnomasiga  ega 
bo’lishi  natijasida    yuzaga    keladi.    Ya’ni,    xodimning    ish    bilan    bandligi    uning   
korxona   mehnat 
 
 
 
 
 
 
 
12.8-chizma. Mehnat potensialining tegishlilik xususiyatiga ko’ra darajalashuv omillari 
 
Mehnat 
shartnomasi 
Shaxs mehnat 
potentsiali 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish