N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik


Pedagogik psixologiyada yosh davrlarni tabaqalash muammolari



Download 482,14 Kb.
bet28/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

4. Pedagogik psixologiyada yosh davrlarni tabaqalash muammolari
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta'kidlaydi:
1. Ilk bolalik (o‘quv maskanigacha tarbiya yoshidan oldingi davr) - tug‘ilganidan 3 yoshgacha.
2. Bog‘cha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha.
4. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo‘lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o‘sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, har ikkala yo‘nalishning ham oraliq jabhalari bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ma'lumki, har bir yosh davr, o‘ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va o‘quv maskanida bola holatining o‘zgarishi, ta'lim va tarbiya shakllarining o‘zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir:
1. Ilk bolalik davri - tug‘ilgandan 3 yoshgacha;
2. Bog‘cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha;
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha;
4. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha;
5. Ilk o‘spirinlik (kollej va litsey o‘quvchilari)- 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo‘shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo‘lsada, hozir ontogenezni to‘la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish