N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik


Kasbiy adaptatsiyaning psixologik fenomen sifatida



Download 482,14 Kb.
bet24/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

3. Kasbiy adaptatsiyaning psixologik fenomen sifatida
Bo‘lajak mutaxassisni kasbiy mehnat faoliyatiga tayyorlash, uning mehnat bozorida raqobat qila olish qobiliyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy etuk shaxsni voyaga etkazish va tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifa insonning talab va ehtiyoji, qobiliyati, ruhiy-jismoniy imkoniyatlari hamda etnik omillar ta'sirini hisobga olgan xolda, o‘quv jarayoni hamda o‘quv ishlab chiqarish jarayoni faoliyati doirasida dasturlashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda mutaxassisning tanlagan kasbiga va unga aloqador mehnat jamoasiga ko‘nikishi, moslashishi muhim rol o‘ynaydi. Psixologiya tilida bunday ko‘nikish va moslashish - adaptatsiyasi deb ataladi.
Keng amaliy ma'noda kasbga moslashtirish yoki profadaptatsiya - bu o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, dehqon xo‘jaliklarida va umuman moddiy ishlab chiqarish sohasida bo‘lg‘usi mutaxassislarning ixtisosliklar egallashi jarayonida ular tanlagan kasbning mehnat sharoitlariga moslashtirishdir. O‘quvchi, amaliyotchi yoki ishchi ishlab chiqarish muassasasida yosh mutaxassis sifatida ishlab chiqarish vazifalarini bajaradilar, mehnatni tashkil qilish, eng maqbul mehnat usullarini qo‘llash, psixologik qiyinchiliklarga qarshi ularni engishga, ishning yuqori natijalariga erishishga o‘rganadilar.
Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog‘lik bo‘ladi. Kasbiy qobiliyat taraqqiy etmay, so‘lib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zarur ko‘nikma va malakalar tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi hisoblanadi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‘nikmalarda ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya'ni, boshqacha aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo‘ladi. Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan indiviudal-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, kasbiy adaptatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Mohir usta bo‘lish uchun juda ko‘p ishlash kerak bo‘ladi. Iste'dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy yuksalish va tinimsiz mehnatni, o‘z ustida ishlashni taqazo qiladi. Iste'dodli kishilar shubhasiz, o‘z mehnatlari orqali olamga mashhur bo‘lgan mahorat darajasiga erishganlar.
Shunday qilib, jamiyatni odamlar mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish resurslarining orasida inson o‘z mehnat faoliyati bilan etakchi o‘rinni egallaydi. Mehnat faoliyatining sub'ekti sifatida esa u muayyan sharoitlarda ishlashi va bunda muayyan vositalardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Bunga esa u tayyor bo‘lishi, aniqrog‘i tayyorlangan bo‘lishi kerak. Maslouning aytishicha, bizning harakatlarimizni boshqaruvchi bosh mexanizm bu - ehtiyojlarimizdir. Bizning fiziologik ehtiyojlarimiz qondirilgandan so‘ng bizning ma'naviy ehtiyojlarimiz haqida o‘ylash boshlanadi. Agar o‘zimizning xavfsizligimizni ta'minlasak, bizda sevish va sevilish ehtiyojini qondirish masalasi ko‘tariladi. O‘zimiz xohlaganimizdek sevish va sevilish ehtiyojini qondira olganimizdan so‘ng esa biz mustaqil ravishda shakllangan shaxs deb hisoblanamiz.
4-5 yoshdan boshlab bolada nafaqat real, balki ideal narsalar tushunchasi shakllana boshlaydi. Bu narsa esa Super-ego shakllanishiga olib keladi. Bu davrda bola nima qilish kerak ekanligini kattalarga o‘rgatishni boshlaydi. Bu esa, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayonida inson hayot va faoliyatining tashqi va ichki sharoitlari o‘rtasida uygunlikka erishish uchun uzluksiz ravishda harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan adaptatsiya shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti va mexanizmidir.
Individning jamiyatda o‘zini anglashi, o‘zining o‘ziga hamda atrofdagilarga munosabatini anglashda ham uning roli katta bo‘lib, shunga aloqador ijtimoiy tasavvurlardagi kamchiliklar va buzilishlar shaxs ijtimoiy faoliyatining samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘satadi. Bu g‘oya professional o‘zini-o‘zi anglashga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zi tanlagan kasb yo‘nalishiga shaxsning faol moslasha olmasligi uning professional kompetensiyasining past bo‘lishiga olib keladi.
Shu bois ham mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining sifat bosqichi muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgan bir sharoitda temir yo‘llar muxandisligi yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi ta'lim muassasalaridagi yoshlarni bo‘lg‘usi kasbiga ijtimoiy psixologik jihatdan adaptatsiya qilishini bilish kerak bo‘ladi.
Psixologik lug‘atlarda “ijtimoiy adaptatsiya” tushunchasi asosan ikki ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, u individning ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol ravishda aralashib ketishi, moslashuvi jarayoni ma'nosida ishlatilsa, ikkinchidan, uning muayyan vazifalarini bajarishiga imkon beruvchi ichki zahirasi ma'nosida ishlatiladi. Psixolog M.R. Bityanovaning yozishicha, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi to‘g‘risidagi tasavvurlar uning ijtimoiylashuvi hamda shaxsning etukligi tushunchalari bilan uyg‘unlashib ketadi. Tadqiqotlarning guvohlik berishicha, jarohatlantiruvchi hodisa yoki voqyelik ularning paydo bo‘lishi va yuzaga kelishi ahamiyatining aniqlovchisidir. Umuman, shaxs psixologik himoya mexanizmlarini egallab ulgursa, bu xolat uning adaptiv (moslashuv) potensialini ya'ni imkoniyatini ko‘taradi, shu bilan birga ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatga yordam beradi. Mazkur jarayonni amalga oshirish yoki ro‘yobga chiqarish davomida shaxsda muhitga moslashuvchanlik xususiyati darajasi ko‘tariladi. Turlicha xolatlarda moslashuvchanlik to‘laqonli ro‘yobga chiqqandan keyingina shaxs muhitning muayyan sharoitlari bilan o‘zining faoliyati o‘rtasidagi adekvatlikka erishadi.
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya - inson boshqa odamlar bilan, qolaversa, jamiyat bilan o‘zaro ta'sir o‘tkazishda vujudga keluvchi destabilizatsiya holati, bezovtalanish, ichki psixik zo‘riqish kabilarni pasaytirish va bartaraf etishda shaxening mudofaa, himoya vositasi sifatida gavdalanadi. Bunda psixikaning ximoya mexanizmlari shaxening psixologik adaptatsiyasi usuli tarzida ro‘yobga chiqadi. Ba'zi psixologlar regressiv adantatsiyani konformlashgan, asoslangan ijtimoiy qoida va normalarni va talablarni shaxs tomonidan shartli ravishda qabul qilinganlik deb baholaydilar. Bunday vaziyatlarda shaxs o‘zini o‘zi namoyon etish imkoniyatidan, o‘zining ijodiy qobiliyatlari vujudga kelishidan, o‘z qadr-qiymatini his qilib ko‘rish sinovidan mahrum bo‘ladi. Faqat regressiv adaptatsiya shaxsning haqiqiy ijtimoiylashuviga yordam berishi mumkin, shuningdek, konformistik strategiya ya'ni o‘zida uzoq muddat mujassamlashtiruvchi sifatida shaxs xulq-atvorida uzluksiz ravishda xatolarga yo‘l qo‘yish maylini shakllantiradi. Bu hodisa yangidan yangi muammoli vaziyatlarni vujudga kelish sari yetaklaydi, lekin moslashuv uchun unda na adaptiv qobiliyatlar, na tayyor mexanizmlar va ularning majmualari mavjud emas. Amalga oshish mexanizmi bo‘yicha ijtimoiy-psixologik adaptatsiya ixtiyoriy va majburiy turlarga ajratiladi.
Ixtiyoriy adaptatsiya - bu insonning xohishi, moyilligi orqali ro‘yobga chiquvchi holatdir. Odam o‘ziga zid, hatto unga yoqmaydigan salbiy, xohishga qarama-qarshi ijtimoiy hodisa va vaziyatlarga ilojsiz ravishda moslashishi mumkin (tutqinlik, zo‘ravonlik, vahobiylik, diktatura va hokazo). Bunday toifadagi ijtimoiy moslashuv - majburiy adaptatsiya deb nomlanadi. Bu tipdagi adaptatsiya inson psixikasiga zarar keltirishda, ya'ni shaxsning axloqiy, intellektual sifatlarining deformatsiyasi hisobiga kechadi, unda mental va emotsional buzilishning avj olishi natijasida muhitning (makro, mikro, mize) o‘zgarishiga olib keladi, hatto inson o‘z ruhiy olamini o‘zgartirish o‘quvidan ham mahrum bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiya sohalarida «adaptatsiya» termini bilan bir qatorda «readaptatsiya» tushunchasidan ham foydalaniladi. Insonning turmush tarzi va faoliyati mazmuni shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar, yangilanishlar jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik, osoyishtalik holatidan harbiy vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda qo‘nim topish, yakkay-u yolg‘iz turmush kechirish, oilaviy hayotiga ko‘nikish va hokazo. Odatda, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushunchalari o‘zaro bir-biridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar kechishining darajasi bilan farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya, ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy shakllanish, shaxs psixikasining ba'zi funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita bogliq.
Readaptatsiya qaerda shaxsning qadriyatlari, ma'noviy darajasi, maqsadi, xulq normalari, extiyojiy-motivatsion doirasi mazmunan, usluban qarama-qarshilikka duch kelsa, sodir bo‘ladiki, u holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayoiida shaxsning hayoti va faoliyatida oldingi sharoitlarga o‘tish, qaytish ehtimoli yuzaga kelsa, u taqdirda sub'ekt o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan, odamning tinch-osoyishta, hotirjam fuqarolik hayoti va faoliyatidan harbiy sharoit, ekstremal vaziyatlarga o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta moslashuvning amalga oshishini taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning, turli qurolli tuzilmalarning askarlari iste'foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqarolik hayotiga qaytishida ko‘pincha jiddiy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi readaptatsiya jarayoni kechadi.
Psixologiya fanida etnomadaniy adaptatsiya termini ham mavjud bo‘lib, begona madaniyat, ma'naviyat, millatlararo munosabatlarga elatlar va etnoslarni moslashishining o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlari mohiyati to‘g‘risida bahs yuritadi. Etnomadaniy adaptatsiya – bu ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, odamlarning yangi madaniyatga ijtimoiy-psixologik jihatdan odatlanishi, moslashishi va ko‘nikishni o‘zida mujassamlashtirishi, shuningdek, begona, notanish milliy an'analar, qadriyatlar, turmush tarzi, xulq-atvori etnoslararo ta'sir, ta'sir o‘tkazish qatnashchilarining kutilmasi, talablari va normalariga rioya qilishlikni muvofiqlashtirishdir. Odatda, inson uch bosqichni bosib o‘tgandan keyin etnomadaniy adaptatsiya jarayoniga kirib boradi, uning xulqi, qadriyati, ijtimoiy ko‘rsatmasi (attityud), psixikasi muayyan transformatsiyalar yordami bilan kuzatib boriladi.
Birinchi bosqichda shaxsda ko‘tarinki kayfiyat va tashabbuskorlik emotsional-hissiy kechinmalar vujudga keladi.
Ikkinchi bosqichda esa frustratsiya, depressiya, parokandalik hislari ishtirok etadi, uchinchisida bo‘lsa, o‘z kuch-quvvatiga ishonch, o‘zining kechinmalarini qondirish hissi ro‘yobga chiqadi. Odamlarning psixologik qiyofasi bilan etnoslar, guruxdar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlanish darajasi:
etnomadaniy adaptatsiyaning davomiyligiga;
ularning guruhiy va individual farkdariga;
ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik muhit bilan tabiiy sharoit munosabatiga;
yangi milliy madaniyatga kirishishdagi individual tajribasiga;
etnik guruhdagi psixologik muhitga;
turli etnik birliklarga taalluqli odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning mavjudligiga bog‘liq.
Gumanistik yo‘nalishdagi psixologlar ham shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi masalasida o‘ziga xoslikka egalar. Ular ham adaptatsiyani shaxs va tashqi muhit o‘rtasidagi murakkab dinamik jarayon sifatida tasavvur qilib, uning oqibatida shaxs hamda muhitning qadriyatlari o‘rtasida optimal uyg‘unlashuv hosil bo‘ladi, deb ta'kidlaydilar. Masalan, A. Maslou uchun shaxs adaptatsiyaning asosiy mezoni – bu shaxs va muhitning o‘zaro uyg‘unlashuvi, birlashuvi, integratsiyasi bo‘lib, dezadaptatsiyaning sababini u shaxsning oliy ehtiyojlarining qondirilish darajasi va undan qo‘rqish hisoblanadi. Ushbu munosabatlar jarayonida hosil bo‘ladigan psixologik tanglikni boshqa bir olim V. Frankl, shaxs taraqqiyotiga aloqador tabiiy xolat deb baholab, aslida ushbu xolat shaxs tomonidan ongli ravishda boshqariladi, agar tashqi ta'sir bilan odamdagi ichki tanglik bir biriga mos kelsa, adaptatsiya ro‘y beraveradi, deb yozadi: “Mening fikrimcha, – deb ta'kidlaydi V.Frankl, - odamga avvalo mutanosiblik, moslik zarur, boshqacha qilib aytganda, biologik tilda “gomeostazis” deyish anglashilmovchilikdan boshqa narsa emas. Aslida, odamga osonlikcha moslashish emas, balki biror maqsad va unga etishish yo‘lida kurashish kerak. Unga zarur bo‘lgan narsa shuki, u o‘zidagi ichki tanglikni nima yo‘l bilan bo‘lsada bartaraf etishi, amalga oshirilayotgan har bir harakatining ma'nosini anglab, unga intilishi kerak”.

Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish