N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik



Download 482,14 Kb.
bet22/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

Yosh davrlari

Bilishi

Harakati

Mulokoti

3 yosh

Nutqning shakllanishi. Obrazli tafakkurning dastlabki nishonalari. Atrof muhitdan o‘zini ajratishi. qat'iylikni anglashi

qo‘l predmetli harakatlarning rivojlanganligi. O‘z hatti-harakatlarini irodaviy boshqarishning ko‘rinishlari

O‘z-o‘zini anglashni yuzaga kelishi. Dastlabki axloqiy qoidalarni egallashi

2 yosh

Faol nutqni tushunishi va o‘zida yuzaga kelishi

qo‘l va oyok funksiyalarining aniq belgilanishi

Harakter asoslarini shakllanishi

1 yosh

Nutqni tushunishning dastlabki belgilari

Mustaqil xolda tik turish va yurish

Nutqni qo‘llashning dastlabki belgilari

10 oylik







Bog‘liqlik reaksiyasini yuzaga kelishi, begona muhit va begonalar ora sida xavotir lik

8 oylik

Sensomotor intellektning yuzaga kelishi

Tayanib yurishi

Jest, mimika va pantomimi ka yordamida noverbal muloqoti

7oylik




Yordam bilan turishi




5 oylik




Yordam bilan utirishi




3 oylik

Kurish qobiliyatining shakllanishi

Yon tomoniga ugirilishi

Onaning jilmayishiga javob qaytarishi

2 xafta

Onaning tovushini boshqa tovushlardan farqlashi







1 xafta

Harakatlarni kuzatishi









Nazorat savollari:
1. Go‘daklik davri, uning tug‘ma xususiyatlari va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Ilk bolalik davridagi muloqotning psixik jihatlari.
3. Ilk bolalik davridagi asosiy faoliyat turi.
4. yoshdagi krizis: uning sabablari va namoyon bo‘lishi.
5. Ilk bolalik davrida shaxs shakllanishining psixologik asoslari.
6. Shaxsning shakllanishida ijtimoiy omillarning ahamiyatini tushuntiring.
7. Har bir davrga xos bo‘lgan inkiroz “krizis” lar haqida so‘zlab bering.
8. Tafakkurning ijtimoiylashuv jarayonida tutgan o‘rni qanday?


VI-mavzu: Ta'lim ijtimoiy madaniy fenomen


Tayanch tushunchalar: motiv, motivatsiya, emotsional, affiliatsiya, adaptatsiya, ehtiyoj, referent guruh, fenomen, qobilyat, assimilyasiya, akkamodatsiya, profadaptatsiya, kasbiy qobiliyat.


1. Shaxsning kasbga nisbatan motivatsiyasi. Psixologiyada kasbiy hamda professional yo‘nalganlik muammosi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqyei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ishlatiladi.
1. Shaxsning kasbga nisbatan motivatsiyasi. Psixologiyada kasbiy hamda professional yo‘nalganlik muammosi. S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyidagi mulohazalarni bildiradi:
· motivatsiya - bu psixika orqali hosil bo‘ladigan determinatsiyadir;
· motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi subektiv tarzda aks etish demakdir. Shaxs o‘zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) etakchi o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo'nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his tuyg‘usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Bir necha yillar muqaddam talabalarni aldash holatlarini ularni darslarga muntazam ravishda ishtirok etishini ta'minlaydigan motivatsiya degan fikrlarga qattiq gumon bilan yondashishgan. Tadqiqot guruhi ushbu taxminiy yondashuvni tekshirish maqsadida ish boshlashganda talaba motivatsiyasini baholash muammosiga duch kelishgan. Mazkur sohada juda kam izlanish ishlari olib borilganligi, talaba motivatsiyasini baholovchi ko‘rsatkichlarning deyarli yo‘qligi, talabalarni o‘qishga chorlovchi motivlarni o‘lchaydigan tezkor va tayyor ko‘rsatkishlarni qo‘lga kiritish qiyinligi masalalariga duchor bo‘ldik. Bu holat talabalar motivatisyasi va motivatsiya shakllari orasidagi farqlar borasida mulohaza yuritishga olib keldi. Shunday qilib, talabalarga ularning universitetda o‘qishining asosiy sababi nima degan savolni berish orqali tezkor va oddiy bahoni shakllantirish to‘xtamiga kelindi. Javoblar albatta juda ko‘p hamda turli tumanligiga qaramasdan, ularni “vaqtincha bandlik”, “yakuniy ifoda” hamda “shaxsiy taraqqiyot” kabi asosiy turkumlarga ajratib olindi.
Mavjud motivatsiya nazariylarining aksariyat qismida bir-biriga o‘xshash yondashuv kuzatilib, ular to‘liq bo‘lmagan bilimni aks ettirmoqda. Asosiy farq ichki va tashqi motivatsiya yondashuvlarida ko‘rinadi. Ichki motivga ega talabalar mushkullikni yechishga, fanni chuqur o‘zlashtirishga, o‘qishga qiziquvchi talabalar hisoblanadi. Tashqi motivatsiyali talabalar esa, diplom yoki ma'lum darajani qo‘lga kiritish, tashqi mukofot yoki boshqalarning ma'qullashlariga maqsadini ustun qo‘yadilar. Ushbu yondashuvni biz shakllantirgan guruhlarga nisbatan, ya'ni ichki motivatsiyani shaxsiy taraqqiyot turkumi hamda tashqi motivatsiyani yakuniy ifoda turkumi bilan ma'no jihatdan tenglashtirish mumkin.
“Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma'no va mazmunga ega. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
1 IChKI SABABLAR xatti-harakat egasining subektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar)
2 TAShQI SABABLAR faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari - ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir
Shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma'lumotlarning paydo bo‘lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o‘zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi, mehnat qilib, faollik ko‘rsatishi tarbiyaviy ahamiyatli jihat bo‘lib, fan uning yuqorida keltirilgan ikki tomonini farqlaydi. Nazariyada shakllantirilgan boshqa yondashuvlarni ham biz ilgari surayotgan turkumlanishga solishtirib, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni isbotlash mumkin. Bu yerda amalga oshirish maqsadlari yakuniy ifoda yondashuviga hamda o‘qish maqsadlari shaxsiy taraqqiyot yondashuviga mosroq ekanligi kuzatiladi. Shu vaqtgacha motivatsiyaga talabalarning maqsadlarigina xolos deb qaralib kelingan, lekin motivatsiya kengroq ma'noda ham xizmat qilishiga e'tibor berilmagan.
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.
Motivatsiya - psixologik lug‘atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma'nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo'llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. Motivatsiya muammosi bilan hozirgi kungacha ko‘pgina olimlar shug‘ullanib kelishgan.
Jumladan, chet el olimlaridan R. Myurrey, L. Gilfrod, R. Katall, G.Klaus, A. Maslou, X. Xekxauzen, D.Teylor, D. Makklelland hamda yaqin hamdo‘stlik mamlakatlari olimlaridan B.G. Ananev, A.L. Berdichevskiy, L.I. Bojovich, O.S. Grebenkja, M.I. Enikeev, T.A. Matis, M.V. Matyuxina, A.B.Orlov, Yu.M. Orlov, D.B. Elkonin, A.M. Etkind, L.M. Fridman, B.. Setlin, A. Megrabyan, M.Sh. Magomed-Eminovlar motivatsiya, affiliatsiya va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyalarini o‘z tadqiqot ishlarida o‘rganishgan.
Motivatsiya shaxsni yo‘naltiruvchi asosiy omillarni belgilovchi psixologik tushunchadir. Psixologiya fani motivatsiya muammosiga ikki tomonlama yondashadi:
inson xulq-atvorining sabablarini tushuntiruvchi omillar tizimi sifatida (motivlar, niyatlar, ehtiyojlar, maqsadlar tarzida);
xatti-harakatlarning doimiy faolligini ta'minlovchi, shunday faollikka turtki bo‘luvchi va uni tavsiflovchi sifatida.
Umuman, motivatsiya tushunchasiga barcha adabiyotlarda, jumladan, lo‘g‘atlarda ta'riflar ko‘p, ularni umumlashtirib, quyidagicha ta'riflash mumkin: motivatsiya – bu individni faollikka undovchi hamda uning yo‘nalishini belgilovchi motivlar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tuushnchasidan kengroq ma'no va mazmunga ega. Motiv – lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma'nosini anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi:
sub'ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash;
faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch;
shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga aloqador anglangan sabab.
Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi. Turli motivlarning xulq-atvor bilan bog‘liq bo‘lib, ma'lum bir holatlarni oldindan aytish mumkin.
Masalan, maqsadli motivatsiyasi yuqori bo‘lgan talabalar yuqoriroq ball olishlari kuzatiladi. Shuningdek, ichki motivatsiyasi yuqori talabalar tashqi motivatsiyali talabalardan ko‘ra akademik jihatdan yaxshiroq natijalarni qo‘lga kiritishi mumkin. Ta'lim olish strategiyalari turli guruh talabalarida turlicha bo‘lishini inobatga olgan holda aytish joizki, ichki motivatsiyalangan talabalar tashqi motivatsiyaga ega talabalarga nisbatan taqdim etilayotgan o‘qish materiallarini chuqurroq o‘zlashtirishlari kuzatiladi. Shu jumladan, aniq ma'lumotlar yetarli bo‘lmasada, ichki motivatsiyasiga ega talabalar baholanish tizimiga tanqidiyroq yondashishlari ham tayin bo‘ladi.
Motivlar va xulq-atvor o‘rtasidagi bog‘liqlikning bir yaqqol dalili talabalarning ta'lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali ko‘riladi.
Hozirgi kunga kelib oliy ta'lim sohasida amalga oshirilgan izlanishlarning ko‘p qismi inventar o‘rganish yondashuvlarini qo‘llashga tegishli bo‘lib qolmoqda. Ushbu izlanishning asosiy jihati ta'limda chuqur va yuzaki yondashuv o‘rtasidagi farq bilan bog‘liq bo‘lgan.
Chuqur ilm olish yondashuvi o‘qish materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qo‘llash orqali materiallarni davomli tarzda o‘rganishni kasb etadi.
Har bir mazkur yondashub motivatisiya turkumlari bilan bog‘langan, ya'ni chuqur ilm olish ichki motivatisyaga hamda yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi.
Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki e'tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni anglangan motivlar deb ataymiz. Lekin ba'zan nima sababdan u yoki bu ishni qilib qo‘yganimiz, aytgan gapimiz yoki munosabatimizni, ayna shu kasbni tanlaganimizning tom ma'nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi. Anglanmagan xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud”) deb ataladi.
Motivlar va xulq-atvor o‘rtasidagi bog‘liqlikning bir yaqqol dalili talabalarning ta'lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali ko‘riladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta'lim sohasida amalga oshirilgan izlanishlarning ko‘p qismi inventar o‘rganish yondashuvlarini qo‘llashga tegishli bo‘lib qolmoqda. Ushbu izlanishning asosiy jihati ta'limda chuqur va yuzaki yondashuv o‘rtasidagi farq bilan bog‘liq bo‘lgan. Chuqur ilm olish yondashuvi o‘qish materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi.
Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qo‘llash orqali materiallarni davomli tarzda o‘rganishni kasb etadi. Har bir mazkur yondashub motivatisiya turkumlari bilan bog‘langan, ya'ni chuqur ilm olish ichki motivatisyaga hamda yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu bog‘liqliklar omilli tahlillarni amalga oshirish orqali bir necha kuzatuvlar natijasida shakllantirilgan.
Motivatsiyaning aniq turkumi va ta'lim olishning aniq yondashuvlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar talabalar savolnomasi natijalari yordamida ifodalab berilgan. Keyingi izlanishga ko‘ra asosiy omillar ma'lum ma'noda sog‘lomroq natijalarni aks ettirgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, motivlar va strategiyalar o‘rtasidagi bog‘liqliklar birinchi qarashdagi kabi mukammal bo‘lmasligi ham mumkin. Pintrich va Garialarning (1991) izlanishlari natijalariga binoan, ichki motivatsiyaga ega talabalar materiallarni konseptual anglash holatini rivojlantirish strategiyalarini ko‘proq qo‘llaganlar. Aslida esa bu kabi talabalarning takroriy strategiyalarni ko‘proq qo‘llashlari bashorat qilingan edi. Shunga ko‘ra inson faolligi turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, ijtimoiy ahamiyatli, progressiv, yoki aksincha, zararli, o‘zgalarga moddiy va ma'naviy jihatdan yomon ta'sir ko‘rsatuvchi.
Aksariyat xolatlarda bu o‘rinda gap motivatsiya to‘g‘risida ketadi. Har qanday xatti-harakat yoki xulq-atvorning asosini bir emas, bir nechta motivlar tashkil etadi. Shu bois ham shaxs xulq-atvorining sabablarini ko‘plab motivlar hosil qiladi (polimotivlashgan), deb hisoblanadi. Turli motivlar sabab bo‘lgan harakatlarda ham ijobiy, ham salbiy qirralarning mavjudligi ayni shu xolat bilan tushuntiriladi.
Motiv muayyan faoliyat va harakatlarga nisbatan insondagi yo‘nalish bo‘lib, uning asosida asosan ehtiyojlar yotadi. Ongli, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Bilim olish maqsadi talabada bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.
Ehtiyoj - individning shunday holatiki, u odamning faolligi manbai bo‘lib, yashashi hamda tirikchilik qilib, taraqqiy etishi uchun muxtojlik his qiladigan barcha ob'ektlar bilan bog‘liqligini ifodalaydi. Shunday qilib, konkret motivning asosini konkret ehtiyoj, talab tashkil etadi. Ehtiyojlar ko‘p xolatlarda individaul hamda murakkab tabiatli, o‘zgalarga ancha tushunarsiz bo‘lgani sababli ham motivlarning tabiati hamda kelib chiqishi ham murakkab hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning ehtiyojlari – bu odam tomonidan ongli yoki ongsiz tarzda his qilinadigan talablar bo‘lib, ular organizmning yoki shaxs taraqqiyotining muhim jihatlaridir.
Odamdagi uni aslida faollikka undovchi orzu-istaklar, intilishlar, hissiyotlar, emotsiyalarning kelib chiqishida ehtiyojlar katta rol o‘ynaydi. Talabalarni ta'lim olishga undovchi ko‘p masalalar ko‘rib chiqilgan. Talabalar motivatsiyasini rivojlantirish sohasida yillar davomida olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta'limda motivatsiyani maqbul darajalari va yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash yoki rivojlantirish masalaga oydinlik kiritarkan.
Inson faoliyati murakkab va o‘ziga xos jarayon bo‘lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko‘pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr yuritganimizda, ehtiyoj - jonli mavjudot, hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi. Shaxs faolligining manbai uning ehtiyojlaridadir. Mana shu ehtiyoj odamni ma'lum tarzda, ma'lum yo'nalishda harakat qilishga undaydi.Ehtiyoj shaxs aktivligining manbai sifatida namoyon bo‘ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog‘liqligini ifodalovchi xolatdir. Shaxsning faolligi ehtiyojlarni qondirish jarayonida namoyon bo‘ladi. Odamning ehtiyojlari unga tarbiya berish jarayonida, ya'ni inson madaniy dunyosi bilan munosabatga kirishish jarayonida tarkib topadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish jarayoni, uning tomonidan ma'lum ijtimoiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan faoliyat shakllarini faol maqsadga muvofiq o‘zlashtirish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Odamning ehtiyojlari ijtimoiy shaxsiy xarakterga egadir.
Ehtiyojlar paydo bo‘lishiga va predmetiga ko‘ra, ya'ni nimaga qaratilganiga qarab farqlanadi. Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o‘zgarib boradi. Kishining ehtiyojlari ham ijtimoiy, ham shaxsiy xarakterga egadir. Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko‘ra - tabiiy va madaniy, moddiy va ma'naviy bo‘lishi mumkin. Amerikalik psixolog Abraxam Maslou XX asrning 40-yillarida ehtiyojlar ustunligi nazariyasini yaratdi va kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayanadilar dedi. A. Maslou motivatsiyani ijobiy ifodalab bergan.
Maslou o‘z nazariyasida quyidagi asosiy ehtiyojlarni ajratib bergan:
tabiiy-fiziologik ehtiyojlar;
himoyalanish ehtiyoji: uzoq yashash va muqarrarlik;
aloqadorlik va sevgi-muhabbatga bo‘lgan ehtiyoj (muomalada bo‘lishga intilish);
e'tiborga sozovor bo‘lish (hurmat qozonish) ehtiyoji;
o‘z-o‘zini faollashtirish ehtiyoji, o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatish yoki namoyon qilish.
Birinchi o‘rindagi ehtiyojlar bu bazis ehtiyojlar, ya'ni yashashni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlari, ya'ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo‘lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib beradi.
Shaxsning istiqbolini anglovchi odamga xos bo‘lgan ichki kechinmalarga o‘xshamaydigan xolati frustratsiya deb yuritiladi. Inson maqsadga erishish yo‘lida chindan ham engib bo‘lmaydigan, engish mumkin emasdek ko‘rinadigan to‘sqinliklarga, g‘ovlarga ro‘para kelganda frustratsiya paydo bo‘ladi. U shaxsni nevrotik xolatga olib keladi, unda jaxlini to‘kib solish, tajovuzkorlik, qo‘rqitish, qo‘pollik, dushmanlik xolatlarini keltirib chiqaradi.
Istiqbol va frustratsiyaning inson hayotida o‘ynaydigan roli maqsadlarga erishishga qaytarilgan faoliyatning shaxs uchun qanchalik muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyasizlik kasb etish ahamiyatini aniqlash zarurligini ko‘rsatadi. Buning uchun shaxs o‘zining talablari darajasi qilib juda qiyin ham bo‘lmagan, juda oson ham bo‘lmagan vazifa hamda maqsadlarni belgilaydi, binobarin, shaxs o‘ziga ma'lum istiqbolni saqlab qoladi.
Ayrim psixologik manbalarda ehtiyojlarning turlari ko‘proq ko‘rsatilgan:
fiziologik (ovqatlanish, uxlash, nafas olish va shunga o‘xshash);
naslni davom ettirish (tug‘ilish, tarbiya, himoya);
yashash uchun turli vositalarga ega bo‘lish (turar-joy, ozuqa, kiyim-kechak);
ma'naviy ehtiyojlar;
muloqot;
o‘zini o‘zi namoyon etish (e'tiqod, san'atga oshnolik, ilm olish kabi);
o‘zini o‘zi ko‘rsatish (hurmatga, e'tirofga, xokimiyatga ega bo‘lish kabi).
Bevosita ishlab chiqarish sharoitlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, har qanday mutaxassis yoki menejer xodimlarni ishga, mehnatga chorlash, ulardagi barcha imkoniyatlarni ishga solinishiga erishish uchun ularni faoliyatga chorlash yoki motivatsiya qilish borasida ishlar olib borishi shakllangan ichki psixologik turtkidir.
Amaliyotda mehnatdan manfaatdorlik, undan qoniqish hissining mavjudligi, ishga nisbatan ehtiyoj kabilar ijro faoliyatining asosiy motivatorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish sharoitlarida ishchi va xodimlarning mehnatga undash va ulardagi manfaatdorlikni oshirishning tashqi omillaridan (moddiy va ma'naviy) keng foydalaniladi. Ma'lumki, ishga nisbatan moddiy rag‘batlantirish xodimlarga moliyaviy, pullik imtiyozlar berish orqali amalga oshirilsa, nomoddiy rag‘batlar – bu ishchi va xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, yaratilgan sharoitlar, xodim hurmatini o‘rniga qo‘yish, o‘zini o‘zi hurmat qilishiga turtki bo‘luvchi turli choralar tizimidan iboratdir. Ma'ruzachilar odatda talabalarning ilm olishga nisbatan motivatsiaysi pastligi borasida shikoyat qilib, bu masalani yaxshilash bo‘yicha nima qilish mumkinligiga bosh qotirishadi. Ko‘pgina ma'ruzachilarning qarashlariga binoan talabalarda maqsadsiz motivatsiya, ya'ni sababsiz motivatsiya shakllanib qolgan. Shunigndek, ma'ruzachilarning aksariyat qismi talabalarda ichki motivatsiyani shakllantirish kerakligi borasida da'vo qiladilar.
Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli, u o‘z xatti-harakatlarida yaxlit jamiyat, mehnat jamoasi, o‘zi hurmat qiladigan, unga referent bo‘lgan guruhning normalari, qadriyatlari va fikrlarini qabul qiladi va unga moslashadi.
Referent guruhning shaxsga ta'siri shunda ifodalanadiki, u bevosita u yoki bu ishni bajarishi uchun motivirovka rolini o‘ynaydi. Shu o‘rinda ta'kidlash o‘rinliki, shaxs uchun referent guruh - bu shunday insonlar uyushmasiki, ularning fikrlari, qadriyatlari, xulq– atvori va xatti– harakatlari xamisha unga ibrat bo‘ladi, shaxs ularga taqlid qiladi va ergashadi.
Referent guruh a'zolari bir erda, bir makonda jam bo‘lmasliklari mumkin, ularni shaxs hayoti mobaynida tanlaydi, o‘zi kerak bo‘lsa, almashtiradi. Referentlar ota–onasi yoki qarindoshlardan kimlardir, ustozlardan kimlardir, film qahramonlari, badiiy qahramonlar yoki tanish– bilishlardan kimlardir bo‘lishi mumkin. Kimga tahlid qilishi yoki ergashishiga qarab shaxsning psixologik portretini aniqlash, “chizish” mumkin bo‘ladi. Referent guruh a'zolari shaxs ijtimoiy xulqining motivatorlari hisoblanadi. Shunday qilib, shaxsning har qanday xulq-atvori yoki harakatlarini ichki psixologik sabablar yoki tashqi, shart-sharoitlar omili vositasida tushuntirish mumkin. Oxirgisi vaziyatli motivatsiya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida uning o‘ziga xos o‘rni va roli bor. Vaziyatlarga oid motivatsiyada tashqi motivatorlar rolini turli stimullar o‘ynaydi.
Boshqaruv faoliyatida bu rag‘batlantirish vositasida manfaatdorlikni oshirishdir. Ijrochi xodimlarda bunday sharoitlarda mehnat faoliyatiga nisbatan ichki psixologik turtki bo‘lib, bu avvalo mehnatdan manfaatdorlikni, qolaversa, mehnatdan qoniqishni ta'minlaydi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bunda xodimlarga belgilanadigan maoshlarning miqdori, pulli mukofotlar, ma'muriyat tomonidan yaratilgan sharoitlar va shu kabi tashqi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda hamma tashkilot ham xodimlarini moddiy jihatdan xadeb rag‘batlantirishga imkon topa olmaydi. Shu bois motivatsiya ma'nosida xodimlarni ichki psixologik jihatdan mehnatga chorlash, undash, shaxs sifatida o‘z mehnatiga nisbatan ongli va masuliyatli munosabatni shakllantirish katta rol o‘ynaydi.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish