N. T. Alimxodjayeva z. A. Ikramova



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/168
Sana18.02.2022
Hajmi4,18 Mb.
#451182
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168
Bog'liq
bioorganik kimyo

 
a
milozadan farqli ravishda tarmoqlangan tuzilishga ega. Zanjirda α-D-


273 
glyukopiranoza qoldiqlari α-1,4-glikozid bog‗lari bilan bog‗langan, zanjirning 
tarmoqlanish nuqtalarida esa, α-1,6-glikozid bog‗lari uchraydi. Tarmoqlangan 
nuqtalar orasida 20-25 ta glyukoza qoldiqlari joylashgan. Amilopektin tarkibidagi 
monosaxaridlar amilozadagidan ko‗proq bo‗lib, molekulyar og‗irligi 1-6 mln. ga 
etadi.
Amilopektin yod bilan qizg‗ish binafsha rang hosil qiladi. U suvda 
erimaydi, balki bo‗kib kleyster hosil qiladi. Ovqat hazm bo‗lish jarayonida 
kraxmal fermentlar ta‘sirida gidrolizlanadi. Kraxmal turli maqsadlarda ishlatiladi. 
Xususan, oziq-ovqat mahsuloti sifatida, glyukoza olishda, turli tuman tibbiy 
pastalar, dorilar tayyorlashda qo‗llaniladi. 
G l i k o g e n (hayvon kraxmali) organizmning ozuqa moddasi hisoblanadi. 
Jigar mushaklarida, muskullarda ko‗p uchraydi. Odam harakat qilganda, glikogen 
qisman parchalanib, sut kislotaga aylanadi. Bu jarayon g l i k o l i z deb ataladi. 
Uning molekulasi asosan, 
D
-glyukoza qoldig‗idan iborat bo‗lib, α -1,4 va α -1,6
glikozid bog‗i orqali bog‗langan. Molekulyar og‗irligi 100 mln.ga teng. Glikogen 
molekulasi amilopektin molekulasiga qaraganda ikki barobar ko‗p tarmoqlangan. 
Uning molekulyar massasi va o‗lchamlari katta bo‗lgani uchun zahira modda 
vazifasini bajaradi. Katta o‗lchami hisobiga membranadan o‗tolmaydi, energiyaga 
talab paydo bo‗lmaguncha hujayra ichkarisida qoladi. To‗qimalarda glikogen 
mavjudligini aniqlash uchun uni qaynoq ishqor bilan ajratib olib, kislotali muhitda 
gidrolizlanadi. Yod bilan qizil qo‗ng‗ir rangga bo‗yaladi. 
I n u l i n ham zahira ozuqa modda sifatida ba‘zi o‗simliklarda uchraydi. 


274 
Glikogen kabi suvda yaxshi erib, kolloid eritma hosil qiladi. Yod bilan rang 
o‗zgarishi bermaydi. Kislota yoki fermentlar ta‘sirida gidrolizlanganda fruktoza 
hosil qiladi. 
D e k s t r a n lar bakteriyalar ishtirokida hosil bo‗ladigan polisaxaridlardir. 
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha polisaxaridlar kabi (C
6
H
10
O
5
)

umumiy formulaga 
ega. Kuchli shohlangan zanjiri 
D
-glyukoza qoldig‗idan iborat bo‗lib, unda turli 
glikozid bog‗lar mavjud. Ularning 50-97% ini α -1,6 glikozid bog‗i tashkil qiladi. 
Tabiiy dekstranlar molekulyar massasi juda katta bo‗lgani uchun, qisman 
gidrolizlab klinik dekstranlar olinadi. Ular poliglyukin deb ataladi. Dekstranlar 
sun‘iy yo‗l bilan ham olinadi va turli maqsadlarda ishlatiladi.
S e l l y u l o z a yoki klechatka tabiiy polisaxarid bo‗lib, mazasiz, hidsiz, 
tolasimon oq modda. U mexanik va kimyoviy jihatdan g‗oyatda chidamlidir.
Uning tarkibida β-
D
-glyukoza qoldiqlari o‗zaro β -1,4 glikozid bog‗lari orqali 
bog‗langan.
Mustahkamligi tufayli sellyuloza o‗simliklarning to‗qma devorlari qurilishida 
ajoyib material bo‗lib xizmat qiladi. Sellyulozaning efirli hosilalari katta amaliy 
ahamiyatga ega: astetatlar (sun‘iy shoyi) ksantogenatlar (sellofan, viksoz tola), 
nitratlar (portlovchi moddalar, kolloksilin) va boshqalar. Sellyulozaning nitrat 
efirlari:


275 
Mono- va dinitro- sellyuloza aralashmasi bo‗lgan kolloksilinning efir va 
spirtli eritmasi tibbiyotda k o l l o d i y nomi bilan yuritiladi va tananing 
jarohatlangan qismiga surtilganda yupqa parda hosil qilib, jarohatni tashqi 
muhitdan saqlaydi. 
Trinitro sellyuloza -
 
portlovchi modda - piroksilindir. Nirosellyulozalar va
sellyuloza asetatlari xo‗jalikda, sanoatda va turli sohalarda ishlatiladi. 
X i t i n hayvon organizmida tayanch va mexanik funksiyalarni bajaradi. 
Xitin β -1,4 glikozid bog‗lari orqali bog‗langan N-asetil - D-glikozaminning 
qoldiqlaridan 
tuzilgan. 
Agarda xitinni 70-80% deasetillansa u holda D-gldikozamin qoldiqlaridan 
tashkil 
topgan 
xitozanhosil 
bo‗ladi.
Xitozan

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish