KIRISH
Mamlakatimizda sodir bo„layotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy
o„zgarishlar ta‟lim-tarbiya tizimini takomillashtirishni, unga
jadallashtiruvchi usullarni joriy qilishni taqozo qilmoqda.
Ma‟lumki, xorijiy mamlakatlarda ta‟lim jarayonini
takomillashtirishda, yuqori bosqichlarga ko„tarilishida uning
moddiy-texnika bazasini kuchaytirish bilan bir qatorda turli
bosqich (umumiy ta‟lim va hunar maktablari, o„rta maxsus va
oliy o„quv yurt)larida ta‟lim olayotgan o„quvchi yoshlarni bilim,
ko„nikma va malakalarini tekshirish, hisobga olish va baholashda
keng qo„llanilayotgan progressiv uslublarning ham hissasi
kattadir.
Bu o„rinda biz ta‟lim natijalarini baholashning 12 ballik, 100
ballik shkalalarini, test sinovlar o„tkaazish, fasetlar, reyting ko„p
ballilik tizimi kabi uslublarni alohida ta‟kidlamoqchimiz.
O„quvchi yoshlarning bilim, ko„nikma va malakalarini tekshirish,
baholash va hisobga olish tizimida hozirgi kunda hukm surib
kelayotgan 5 ballik usuli ta‟lim oluvchilarning rivojlanish
darajasini aniqlashga, ularning o„z bilimlarini chuqurlashtirish
bo„yicha faoliyatini samarali yo„nalishlarini belgilashga g„ov
bo„lib kelmoqda. O„quvchi yoshlar faoliyatini baholashning ushbu
usulining ta‟siri o„quv yurtlarida foizbozlikka, yuzakilikka, ta‟lim
oluvchilar
o„rtasida
ijodkorlikning,
ijodiy
raqobatning
yo„qolishiga olib kelganligi, shu tufayli ham uni tobora chuqurroq
inqirozga uchratib borayotganligi, hech kimga sir emas.
Test so„zi inglizcha test-sinov, izlash, nazorat qilish kabi
ma‟noni bildiradi. U ma‟lum talablarga rioya qilib tuzilgan
topshiriqlar majmui bo„lib, uni sinaluvchi (o„quvchi, ishchi,
mutaxassis) chegaralangan vaqt ichida bajarishi kerak. Odatda,
testning bajarilishi sifatiga qarab sinaluvchining u yoki bu
tavsifnomasi (o„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalarining
chuqurligi, mustahkamligi, ularning bilimga bo„lgan qiziqishlarini
6
rivojlanish dinamikasi, aqliy qobiliyatining riqojlanish darajasi va
h.k.) to„g„risida xulosa qilinadi.
Ma‟lumki, testlar sinaluvchilarning o„quv faoliyati bilan
bog„liq bo„lgan barcha sifatlarni namoyon qilishga imkoniyat
yaratadi. Shu boisdan ham test sinov usuli yordamida o„quv
jarayonini ilmiy boshqarishga-ta‟lim oluvchilarning o„quv
faoliyatini uzluksiz nazorat qilishga va uning natijalariga mos
ravishda ta‟lim tizimiga tegishli o„zgartirishlarni kiritishga keng
yo„l ochib bermoqda.
Test
uslubiyati
yordamida
o„quvchilarning shaxsiy
xususiyatlarini o„rganish asosida ularning aqliy taraqqiyotini,
bilish qobiliyatini namoyon qilish, kelajakda ularning rivojlanish
dinamikasini oldindan bashorat qila olish hamda uning yordamida
keng ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun katta imkoniyatlar
mavjudligi, mazkur usulni nazariy bilim, malaka va ko„nikmalarni
Hozirgi kunda respublikamizda test sinov o„tkazish usuli
o„quvuchilarning bilim, ko„nikma darajalarini aniqlash, ularni
turli bosqichlardagi o„quv yurt ( o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi
va oliy o„quv yurt)larga qabul qilish, yoshlarni ishga joylashtirish,
ishchi va mutaxasislarning kasb mahoratini aniqlash va h.k. kabi
ishlarni amalga oshirishning tarkibiy qismi bo„lib qoldi.
Haqiqatdan ham test sinov usuli qator pedagogik vazifalarni
ilmiy asosda hal qilishda keng qo„llanilmoqda. Jumladan, 1991-
1992
o„quv
yilidan
boshlab
respublikamiz
Vazirlar
Mahkamasining qaroriga muvofiq oliy o„quv yurtlariga
abiturietnlarni qabul qilish test sinov usuli natijalariga qarab
amalga oshira boshladi. Turli viloyatlarda o„quvchilarni akademik
litsey, kasb-hunar kolleji va h.k. oliy o„quv yurtlariga test sinov
usulida qabul qilish ham odat tusiga kirib qoldi.
Test sinov usulini an‟anaviy (yozma ish, og„zaki so„rov va
h.k.) nazorat qilish va baholash usullari o„rtasida o„ziga xos o„rin
egallay boshlashi va unga mamlakatimiz miqyosida katta e‟tibor
berilishini ijobiy bir hodisa deb qarash zarur bo„ladi.
O„quvchi yoshlarning bilim, ko„nikma va malakalarining
rivojlanish darajalarini nazorat qilish va baholashda test sinov
7
usulini tobora keng qo„llanishi munosabati bilan bu ishni didaktik-
uslubiy ta‟minlashga tayyorgarlik saviyalari turlicha bo„lgan keng
o„qituvchilar jamoalarini jalb qilinishi tabiiydir. Bu ahvol, ba‟zi
hollarda test sinov usuli to„g„risida keng pedagogik jamoatchilik
o„rtasida noto„g„ri tasavvurlarni-mazkur usulga xos bo„lmagan
sifatlarni bo„rttirib ko„rsatishga, uni ta‟lim sohasida to„planib
qolgan barcha muammolarni bir lahzada hal qilib beruvchi
universal vosita deb qarashga va h.k. intilishlarning vujudga
kelishiga sabab bo„lmoqda.
Ammo, shuning bilan birgalikda testologlar (test tuzuvchilar
va foydalanuvchilar) turli xildagi testlarni tuzishlarida, amaliyotga
joriy qilishlarida “Oddiydan murakkabga”, “Osondan qiyinga”
kabi tamoyillar asosida ta‟lim topshiriqlarini tuzishda ba‟zi jiddiy
muammolarga duch kelmoqdalar. Masalan, nazariy bilimlarni
o„zlashtirish darajalarini aniqlash testlari bilan, amaliy ko„nikma
va malakalarni rivojlanganlik va takomillashganlik darajalarini
aniqlash testlarini keskin bir-biridan farqlab bo„lmaydi va h.k.
Ushbu qo„llanma test sinov usulini ta‟lim jarayoniga joriy
qilish munosabati bilan vujudga keladigan muammolarning
ayrimlarini hal qilish yo„larini yoritishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |