6.10. Missellani distillatsiyalash va
distillatsiyalash usullari
Distillatsiya lotincha so‘z bo‘lib, suyuqlikni bug‘ holatiga kelti-
rish, sovitib yana suyuqlik holatiga qaytarish yo‘li bilan tozalash
degan ma‘noni bildiradi. Missella yengil uchuvchan erituvchi va
bug‘lanmaydigan moydan tashkil topgan suyuqlik, shu sabab-
dan ham harorat ta‘sirida erituvchi bug‘latilib moydan ajratila-
di bu jarayonga distillatsiyalash deb aytiladi. Missellaning qay-
nash harorati va sathidagi uchuvchan qo‘shilmalarning bosimi
uning muhim xususiyatlaridan biridir. Distillatsiyaning muvo-
zanati missellaning konsentratsiyasi, sistemadagi bosim va qay-
nash haroratiga bog‘liq.
Molekulalar haqidagi nazariya nuqtayi nazaridan qaraganda,
bug‘ hosil bo‘lish jarayoni quyidagidan iborat. Suyuqlikning yuzi-
dagi yoki shunga yaqinroq joylashgan molekulalar tashqaridan ol-
gan issiqlik energiyasini sarflab, molekular tortishish kuchini va
264
tashqi bosim qarshiligini yengib, katta tezlik bilan suyuqlik sirti-
dan fazoga otilib chiqadi.
Erituvchini qaynash harorati past bo‘lishiga qaramasdan,
konsentratsiyaning ortib borishi bilan missellaning qaynash ha-
rorati ham ortib boradi, ayniqsa missellaning konsentratsiya-
si 60% va undan oshganda distillatsiyalashni yuqori haroratda
olib borishni taqozo etadi. Hattoki past vakuumda konsentr-
langan missellaning qaynash harorati shuncha yuqori bo‘lib,
moyning parchalanishi oqibatida distillatsiyalanishni amal-
ga oshirib bo‘lmaydi. Shu sababdan ham missellani distilla-
tsiyalashda moyning tarkibidagi erituvchi miqdorini nolga olib
kelib bo‘lmaydi. Distillatsiyalash vaqtida moyga yuqori harorat
kam ta‘sir etishining oldini olish maqsadida distillatsiyalash ja-
rayoni 2–3 bosqichda vakuumni qo‘llab olib boriladi. Dastlab-
ki bosqichlarda misselladan erituvchi yopiq bug‘ ta‘sirida hay-
daladi, oxirgi distillatsiyalash bosqichida esa vakuumda yopiq
va o‘tkir bug‘ bilan haydaladi. Dastlabki distillatsiyalash vaqti-
da missellaning qaynashi natijasida erituvchi suyuq holatdan
bug‘simon holatga o‘tadi, oxirgi bosqichda esa ham bug‘lanadi,
ham suv bug‘i bilan birga haydaladi.
Erituvchi kam konsentratsiyali misselladan qaynatish yo‘li bi-
lan, yuqori konsentratsiyali misselladan esa bug‘latish yo‘li bilan
ajratib olinadi.
Missellaning qaynash harorati uning konsentratsiyasiga bog‘liq
bo‘lib, shu sababdan ham yog‘-moy sanoatida missellani distil-
latsiyalashda, uning ma‘lum bir bosqichida distillatsiyalashning
quyidаgi usullari qo‘llaniladi:
– sachratib distillatsiyalash;
– yupqa plyonka qavatda distillatsiyalash;
– qatlamda distillatsiyalash.
Sachratib distillatsiyalashda maxsus sachratkich forsunkadan
missella bosim ostida tomchi qilib sepiladi. Bu sepilgan tomchi-
lar yuqori tezlikda harakatlanadi. Bunda tomchi sirtida diskaga
o‘xshagan uzunchoq ip hosil bo‘lib, uning uzilishi natijasida yan-
gi tomchi hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, missellani tomchi qilib sachratganda suyuq va
gaz fazasini ajratuvchi sirt kattalashadi va buning natijasida dis-
265
tillatsiya jarayoni tezlashadi. Bunda jarayon qisqa vaqt ichida tez
boradi. Sachratib distillatsiyalash jarayoni gidrodinamik holatga
ko‘ra shartli ravishda uch davrga: yangi alohida tomchilarning
hosil bo‘lishi, ba‘zi bir tomchilarda turbulentlikning kuchayishi
va bu jarayonning tugashi.
Tomchilab sachratib distillatsiyalashning yana bir xarakter-
li tomoni shundaki, bunda gaz fazasining ixtiyoriy nuqtasida
bug‘ning holati va xususiyatlari bir xil bo‘ladi.
Yupqa plyonka qavatida distillatsiyalanish, yuqoridan pastga
oquvchi qavatda va pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi qavatda dis-
tillatsiyalanishdan iborat. Plyonka holatida distillatsiyalanish ning
bu ikki turi ham moy ekstraksiya sanoatida keng qo‘llaniladi.
Yupqa plyonka qavatida yuqoridan pastga oquvchi qavatda distil-
latsiyalanish birlamchi distillatsiyalashda Bolman va Lurgi eks-
traktorlarining distillatsiyalanish qurilmalarida, ND–1250, DS
ekstraktorlarining esa oxirgi bosqichda distillatsiyalash qurilma-
larida qo‘llaniladi.
Pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi yupqa plyonka qavatida distil-
latsiyalanish ND-1250, DS, Lurgi ekstraktorlarining birlamchi
distillatsiyalash qurilmalarida ro‘y beradi. Hosil bo‘lgan oquvchi
qavat qalinligi missellaning fizik xususiyatlariga, plyonka hosil
bo‘lgan sirtga, sirtning joylashishiga vа distillatsiyalanish jara-
yonining sharoitiga bog‘liq.
Qizigan sirtdan yupqa qavat holatida oqish mexanizmi, oqish
vaqtida qavatda bug‘ pufaklarining hosil bo‘lishi bilan xarak-
terlanadi. Harorat ortishi bilan boshlanishida sirtda kichik tez
o‘suvchi pufakchalar suyuqlikni hosil qilgan qavatini buzilishi-
ga olib keladi.
Yupqa oquvchi qavatning ma‘lum bir haroratida oquvchi qa-
vat silliq bo‘ladi, bunda hosil bo‘lgan pufakchalar o‘z energiya-
sini suyuqlikning butun sirtga tekis tarqalishiga sarflaydi. Bun-
dan keyingi qizdirish yangi pufaklarni butun sirt bo‘ylab hosil
bo‘lishiga va plyonkaning harakatlanishiga va bundan hosil
bo‘lgan pufaklarning diametri 30 mm bo‘lib, ular pastga tomon
harakatlanadilar. Sirtning haroratini yana ham oshishi sirt-
da suyuqlikni qism-qism bo‘lib ajralib, hamma vaqt tushishiga
olib keladi.
266
Missellani yupqa plyonka holatda oqishda distillatsiyalash
qizdiriladigan va qizdirilmaydigan sirtlarda amalga oshiriladi.
Missellaning konsentratsiyasi oshib borishi bilan plyonka holati-
da distillatsiyalashning intensivligi kamayadi.
Qatlamda distillatsiyalanish, missellaning konsentratsiya-
si katta bo‘lganda (80–85%), qachonki uning qaynash harora-
ti ko‘tarilganda qo‘llaniladi. Bunda erituvchini ajratish bug‘latish
orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonni jadallashtirish uchun quril-
ma ichida vaqtincha hosil qilinadi, missella qavati ichidan bar-
batyor orqali qizigan bug‘ yuboriladi. Qatlamda distillatsiyalash-
da, missellaning ustki va ostki qismlariga ta‘sir etuvchi bosim
miqdori bir xil emas, shu sababdan ham eritmaning qatlam ba-
landligi bo‘yicha harorati turlicha. Qatlam ostidan ko‘tarilayotgan
bug‘ pufakchalarining energiyasi, yuza qatlamdagi bug‘ pufakcha-
larining energiyasidan katta bo‘lishi kerak, chunki ular pastki
qatlamni yenguvchi bosimga ham ega bo‘lishi kerak. Shu sabab-
dan ham ostki qatlamdagi missellaning qaynash harorati yuqori
bo‘ladi.
Eritmadan, erituvchining bug‘lanishi natijasida, missella-
ning konsentratsiyasi oshib borib, missellaning zichligi oshadi va
gidrostatik bosim miqdori ham oshadi.
ND–1250M ekstraktorlari o‘rnatilgan korxonalarda missella-
ni distillatsiyalash 3 bosqichda 93-rasmda ko‘rsatilgan texnologik
sxema asosida amalga oshiriladi.
Bu sxemada distillatsiyalash 3 bosqichda amalga oshiriladi.
Konsentratsiyasi 12–20%, harorati 40–50°C bo‘lgan filtrlangan
missella, missella yig‘gich sig‘imdan nasos 1 va isitgich 2 orqali
birinchi bosqichda distillatsiyalanish uchun 3 vertikal distillator-
ning ostki qismiga yuboriladi. Bu yerda missella pastdan yuqoriga
tomon trubalar ichidan yupqa plyonka qavat holda harakatlana-
di. Distillatorga g‘ilofdan 0,5 MPa bug‘ yuboriladi, qaynayotgan
missella pufakchalar holida, eri tuvchi bug‘i holida yuqoriga quril-
maning separatsiya qismiga ko‘tariladi.
Bu yerda erituvchi bug‘lari misselladan ajratiladi. Konsen-
tratsiyasi 55–60% va harorati 60–85°C bo‘lgan missella 10 na-
sos yordamida distillatsiyalashning ikkinchi bosqichiga 4 distil-
latorga o‘tadi. Bу distillatorning konstruksiyasi xuddi birinchi
267
bosqich distillatoridek. Birinchi va ikkinchi bosqich distillator-
lari atmosfera bosimida ishlaydi. Ikkinchi bosqich distillator-
ning separatsiya qismidan konsentratsiya 90–95% bo‘lgan mis-
sella 11 nasos orqali 9 qizdirgichga yuboriladi, bu yerda missella
110–115°C gacha qizdirilib uchunchi oxirgi bosqich 5 distilla-
tor qurilmasining sachratgichiga yuboriladi. Uchinchi bosqich
distillatori vakuumda ishlaydi. Unda vakuum 8 kondensator va
projektor bloki orqali hosil qilinadi. Uchinchi bosqich distilla-
tsiyalash qurilmasi uch qismdan (92-rasm) sachratuvchi, plyon-
ka hosil qiluvchi va qatlamda distillatsiyalanuvchi qismlardan
iborat.
2'
2
2'
2'
6
3
3
4
5
8'
14
8
7
7
10
7'
1'
11
15
3'
3'
12
13
3
3'
9
1'
1'
1'
1'
2
5'
5'
1'
1'
3'
3'
3'
1'
4'
2'
2'
0'
6'
6'
4'
2'
Do'stlaringiz bilan baham: |