N sh. Abdullayev, M. Z. Komilov, Q. X. Majidov, D. S. Murodov


  Past navli paxta chigitidan presslash usulida



Download 17,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/177
Sana31.12.2021
Hajmi17,26 Mb.
#255712
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177
Bog'liq
osimlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi

4.8.  Past navli paxta chigitidan presslash usulida  
forrafinatsiyalab moy olish
Hozirgi vaqtda respublikamizdagi yog‘-moy sanoati korxonalari-
da past navli paxta chigitidan olinayotgan moyni rafinatsiyalash ja-
rayonida qo‘llanilayotgan emulsiya usulida rafinatsiyalashda, ney-
trallash vaqtida ko‘p miqdorda ishqor eritmasi sarf bo‘layotgan 
bo‘lsada, yuqori sifatli moy olishni ta’minlash juda qiyin bo‘lmoqda. 
Paxta moyini rafinatsiyalashda bunday qiyinchiliklarning pay-
do bo‘lishiga sabab, paxta moyi tarkibidagi gossipol moddasi ning 
hosilalarini ishqor bilan reaksiyaga kirishishini sustligidandir. 
Paxtani yig‘ib-terishda erta sovuq tushishi, yog‘ingarchilikning 
ko‘p bo‘lishi, to‘liq pishib yetilmagan paxtani terish, chigitni 
saqlashda saqlash qoidalariga amal qilmaslik, mag‘izni yuqori 


179
namlikda va haroratda qovurish, misselani distillatsiyalashda 
yuqori haroratni qo‘llash va boshqalar paxta chigiti tarkibidagi 
gossipol moddasini boshqa moddalar bilan birikmalar hosil qili-
shiga va bu birikmalar rafinatsiyalash vaqtida moydan ajralishi 
qiyinligi sababli yuqori sifatli rafinatsiyalangan moy olish jarayo-
nida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, paxta moyi-
ni rafinatsiyalashda eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mod-
da bu gossipol va uning hosilalaridir. Qachonki olinayotgan 
moy tarkibida gossipol va uning hosilalarini miqdori kamaysa 
bu moyni rafinatsiyalash shuncha oson bo‘ladi. Shu maqsadda 
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik texnika institu-
ti «Yog‘-moy tarmog‘i texnologiyasi» kafedrasi olimlari o‘z il-
miy tadqiqotlarida moyni ajratish jarayonidan oldin gossipol va  
uning hosilalarini moyga o‘tkazmaslik yo‘nalishidagi ishlari-
da ijobiy natijalarga erishdilar. Bunda ular yanchilgan pax-
ta mag‘izini namlashda suvning o‘rniga kuchsiz ishqor (natriy 
karbonat) eritmasini ishlatdilar. Buning natijasida qovurish 
vaqtida mag‘iz tarkibidagi erkin gossipol moddasi ishqor bilan 
bog‘langanligi sababli boshqa moddalar bilan reaksiyaga kiri-
shish xususiyatini yo‘qotadi, mag‘iz tarkibidagi bir qism erkin 
yog‘ kislotalari ham ishqor bilan reaksiyaga kirishib soapstokni 
hosil qiladi, bu soapstok moddasi o‘z sirtiga bir qism o‘zgargan 
gossipol moddasini adsorbsiyalaydi va pressdan olinayotgan 
moy ning sifati yaxshilanadi bu jarayonga forrafinatsiya deyiladi. 
Hosil bo‘lgan gossipolning natriyli birikmasi va erkin yog‘ kis-
lotasini natriyli tuzlari issiq moyga eriydi bu moddalarni moyga 
eri maydigan holga o‘tkazib kunjarada qoldirish uchun qovurish 
qozonining birinchi qosqoniga kalsiy xlor eritmasi qo‘shiladi. 
Bunda gossipol va erkin yog‘ kislotalarining natriyli birikma-
lari kalsiyli birikmalarga o‘tadi. Bu birikmalar moyda erimaydi 
va kunjarada qoladi. Kunjara yog‘ kislotasining kalsiyli tuzlari 
bilan to‘yinib ozuqaliligi oshadi. Forrafinatsiya natijasida rang 
soni va kislota soni kichik bo‘lgan moy olinadi, bunday moy-
ni rafinatsiyalashda konsentratsiyasi kichik va ortiqcha miqdori 
kam bo‘lgan kaustik sodasi ishlatiladi. Natijada chiqit kam chi-
qib moyning chiqishi ko‘payadi. Forrafinatsiya usulida past nav-


180
li paxta chigitidan bir marta presslash usulida moy olish jara-
yonining texnologik sxemasi 60-rasmda ko‘rsatilgan.
paxta chigiti
kunjara
moy
yan
chil
gan
 
mag‘
iz
mag‘iz
sheluxa
moy
1
2
3
4
5
3
8
5
7
3
10
8
9   
8
12
11
6
6
13
12
14
Na
2
CO
3
C
aC
l
2

Download 17,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish