1. Izolyatsiya kostyumlari.
Izolyatsiya kostyumlari (9.1, a-rasm) odam tanasini zararli va xavfli omillardan
himoyalash maqsadida ishlatiladi. Teri – odam tanasining ko‘p qismini tashkil
etibgina qolmasdan, balki eng sezgir organ bo‘lib hisoblanadi. Ishchilarning himoya
kiyimlari xuddi shu organni himoya qilish uchun xizmat qiladi. Himoya kiyimlari
birinchi navbatda kuchli xavfdan himoyalaydi.
Himoya kiyimlari odamni atrof-muxitdan butunlay izolyatsiya (ajratib qo‘yish)
qiladi. Bunda odam ko‘p xollarda kiyim osti yoki ustida joylashgan nafas olish
apparatlaridan havo (kislorod) bilan ta’minlanadi. Ayrim xollarda havo bilan
ta’minlash kompressorga yoki magistralga ulangan shlangali respiratorlar orqali
amalga oshiriladi. Kiyimlar tekshiruvdan o‘tgan materialdan yoki yangi ko‘p
qatlamli klyonkali materiallardan tayyorlanadi.
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |