9 - laboratoriya ishi
SHAXSIY HIMOYALANISH VOSITALARINI O‘RGANISH VA
TANLASH
(4 soat)
Ishning maqsadi:
Shaxsiy himoyalanish vositalarining vazifasi va turlarini
o‘rganish, hamda shaxsiy himoya vositalarini tanlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalar orttirish.
Ishning vazifasi:
1. Talabalarga shaxsiy himoya vositalari turlarini o‘rganish.
2. Shaxsiy himoya vositalarini tanlash uchun o‘lcham olish qoidalarini
o‘rganish.
3. Aniq bir soha mutaxassisi uchun zaruriy shaxsiy himoya vositalarini tanlash
qoidalarini o‘rganish.
Asosiy ma’lumotlar
Ba’zan ishlab chiqarishda vujudga keladigan zararli omillarni to‘liq bartaraf
qilish qiyin bo‘ladi ya’ni sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratish uchun sanitar -
gigiyenik, texnik va boshqa vositalar imkoniyati yetishmaydi. Bunday xolatlarda
normal ish sharoitini ta’minlash uchun shaxsiy himoya vositalari qo‘llaniladi.
Shaxsiy himoyalanish vositalari jamoaviy himoyalanish vositalaridan farq
qilib, u har bir odamni zararli ta’sirlardan alohida himoyalash vazifasini bajaradi.
Ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyati ishchi va xizmatchilarning mavjud
shaxsiy himoya vositalardan samarali foydalanishlarini, ish joyiga ularsiz
bormasliklarini va nosoz (ishlamaydigan)laridan foydalanmasligini nazorat qilishi
kerak.
Ishchi xizmatchilar shaxsiy himoya vositalaridan foydalanganda ehtiyotkor
bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga korxona ma’muriyatini o‘z vaqtida shaxsiy himoya
vositalarini yuvish, quritish, ta’mirlash yoki almashtirish kerakligi xaqida
ogohlantirishlari kerak.
Shaxsiy himoya vositalarining turkumlanishi:
Quyida shaxsiy himoya vositalarining sinflari va turlari keltirilgan:
1.
Maxsus kiyimlar: kombinezonlar, yarim kombinezonlar, shimlar,
kostyumlar,
xalatlar,
plashlar
va
fartuklar.
Izolyatsiya
kostyumlari:
pnevmokostyumlar, gidroizolyatsiyalovchi kostyumlar va skafandrlar.
2.
Nafas olish a’zolarini himoyalovchi vositalar: gazniqob (protivogaz)lar,
respiratorlar, pnevmoshlemlar.
3.
Maxsus poyafzallar: etiklar, yarim etiklar, botinkalar. Tufli, kalish va botilar.
4.
Boshni himoyalash vositalari: kaska, shlem, shapka, beret va shlyapalar.
5.
Qo‘lni himoyalash vositalari: qo‘lqoplar, yengcha, barmoqqa kiygichlar.
6.
Yuzni himoya qilish vositalari: himoyalovchi maskalar va himoyalovchi
щitlar.
7.
Eshitish a’zolarini himoyalovchi vositalar: shovqinga qarshi shlemlar,
quloqchin (naushnik) lar, tiqinlar.
8.
Ko‘zni himoyalovchi vositalar: ko‘zoynaklar, щitlar.
9.
Saqlovchi moslamalar: saqlovchi belbog‘lar, dielektrik gilamchalar,
tizzagacha va yelkaga kiygichlar.
10.
Dermatologik himoyalovchi vositalar: kremlar, surgi(maz)lar. pastalar,
yuvish uchun moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: