N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Kinesika ~
bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo’lgan 
muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, 
shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo’shimchalar»idan iborat. 
Paralingvistik
tizim
- bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko’lami, tonalligi. 
Ekstralingvistik tizim -
nutqqa tanaffus va boshqalami, masalan, tin olish, 
yo’talish, yig’i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Proksemika
- psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo’yicha tashkil 
etish talablari bilan shug’ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi
6.3. Muloqot axborot
aimashinuvi sifatida
Kommunikatsiya -
bu o’zaro hamfikrlilikka 
boshlovchi, ikki tomonlama axborot aimashinuvi 
jarayoni. Gap tor ma’nodagi kommunikatsiya
113


amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning 
muloqot vaqtidagi yo’nalishi va ular o’rtasidagi masofa kiradi.
Vizual muloqot
- bu ko’zlar orqali aloqa. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, 
servis sohasi bilan bog’liq ish faoliyaiida verbal, hamda noverbal aloqalar 
bo’yicha o’z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Samarali muloqot uchun odam o’zida 
kommunikativ omilkorlikni
rivojlantirishi kerak, bu boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni o’rnatish va 
quvvatlab turish qobiliyatidir. 
Samarali kommunikatsiyanittg belgilari: 
sheriklarning hamfikrligiga, vaziyat va muloqot predrnetini yaxshiroq 
tushunishga erishish. Salbiy kornmunikatsiya, kommunikativ to’slqlafning 
sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
- stereotiplar - alohida shaxs yoki vaziyatga tegishli bo’lgan 
soddalashtirilgan fikrlar, natijada odamlar, vaziyatlar, muammolarning ob’ektiv 
tahlili va anglashga erishilinaydi;
- «yanglish tasavvurlar» - 
xususiy qarashiarga qarama-qarshi, yangi, 
noodatiy bo’lganlami inkor etishga moyillik;
- odamlar o’rtasidagi yomon munosabatlar, odamning munosabati adovatli 
bo’lgani uchun fikringizning adolatli ekanligiga ishontirish qiyin bo’ladi;
- muloqotda suhbatdoshning e'tibori va qiziqishining mavjud emasligi;
- ma’lumotlami mensimaslik, ya’ni, yetarli ma’lumotlarga ega bo’lmasdan 
turib, xulosa chiqarish odati;
- e’tiroflami tuzishdagi xatoliklar: so’zlami to’g’ri tanlay olmaslik, 
yetkazishning murakkabligi, zaif ishontirish, mantiqsizlik va h.k.;
- muloqotni olib borish yo’lalishi va vositalarini noto’g’ri tanlash.
Muloqot yo’nalishi: ochiq - yopiq muloqot; monologik - dialogik; rolli
(ijtimoiy roldan kelib chiqqan holda) - shaxsiy («dildan» muloqot). Ochiq 
muloqot - o’z qarashlarini to’la ifodalash va boshqalarda ham uni hisobga olish 
istagi va malakasi. Yopiq muloqot - o’z fikri, munosabati, mavjud bo’lgan 
axborotni tushunarli tarzda ifodalash malakasi yoki istagining mavjud emasligi.
Shunday qilib, inson kommunikatsiyasining samaradorligi muloqotda 
hisobga olinishi zarur bo’lgan ko’plab omillarga bog’liq.
6.4. Muloqot o ’zaro ta’sir
Muloqotning 
interfaol 
tomoni 
-
bu 
sifatida
odamlaming 
o’zaro 
ta’sirlashuvi, 
ulaming
hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan muloqot tarkibiy qismlarining xususiyatlarini anglatuvchi atama.
Muloqot va o’zaro ta’siming aloqasi muammosiga tegishli bo’lgan turli 
nuqtai nazarlar mavjud. Ba’zi mualliflar muloqot va o’zaro ta’simi tenglashtirib, 
ikkisini ham tor ma’nodagi aloqa sifatida tushuntiradilar; boshqalar muloqot va 
o’zaro ta’sir o’rtasidagi munosabatni biror jarayon shakli va uning mazmuni
114


o’rtasidagi munosabat sifatida ta’riflaydilar; uchinchi mualliflar muioqotni aloqa 
sifatida va o’zaro ta’simi interaktsiya sifatida bir-biriga bog’langan, lekin aslida 
mustaqil holda mavjudligi haqida mulohaza yuritishni afzal biladilar.
Agar kommunikativ jarayon hamkorlikdagi faoliyat asosida yuzaga kelgan 
bo’lsa, u holda bu faoliyatga tegishli bilimlar va g’oyalar bilan almashish, 
erishilgan hamfikrlik faoliyatni yanada rivojlantirish bilan bog’liq yangi 
urinishlarda amalga oshishini belgilab beradi. 
Bir vaqtning o’zida 
ko’pchilikning bu faoliyatda qatnashishi har bir ishtirokchining unga o’zining 
alohida hissasini qo’shishi kerakligini bildiradi, bu esa o’zaro ta’simi qo’shma 
faoliyatning tashkil etilishi sifatida tushuntirish imkonini beradi. Bunday 
faoliyat davomida ishtirokchilaming axborot almashibgina qolmay, «harakatlar 
almashinuvi»ni tashkil etishlari, umumiy faoliyatni rejalashtirishlari ham o’ta 
muhimdir.
O’zaro ta’sir tuzilishi ketma-ket amalga oshiriladigan fazoviy, psixik, 
ijtimoiy aloqa sifatida, o’zaro ta’sir harakatlari sherikchilik, ijtimoiy 
munosabatlar (o’zaro qo’shilgan harakatlar tizimi) tomonidan bildiriladigan 
muvofiq keluvchi javob olish maqsadiga ega bo’lgan harakatlami tizimli amalga 
oshirish sifatida ifodalanishi mumkin.
Psixologiyada barcha mavjud bo’lgan o’zaro ta’sir turlari ikki qarama- 
qarshi turga bo’linadi: kooperatsiya (hamkorlik) va raqobatchilik (nizoli). 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish