N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

yaxlit tipi
unga moyil bo’lgan shaxslarda jism qoldirgan 
umumiy 
taassurot, 
idrokning 
umumiy 
mazmuni, 
idrok 
umumiy 
xususiyatlarining yorqin ifodasi biian xarakterlanadi. Idrokning bunday tipi 
bo’lgan odamlar mayda-chuydalarga kamroq e’tibor beradilar. Ular ko’proq 
yaxlitlikning ma’nosini ilg’ab oladilar, ko’pchilik tafsilotlar esa e’tiborsiz qolib 
ketadi.
Idrokning 
izchillik tipiga mos shaxslar,
aksincha, qismlar va tafsilotlami 
aniq ajratib ko’rsatishga moyil bo’ladi. Ulaming idroki, aynan, shunga 
yo’naltirilgan bo’ladi. Umuman olganda, jism yoki hodisa, idrok etilganlaming 
umumiy mohiyati orqa ko’rinishga o’tib ketadi, ba’zan esa, umuman sezilmaydi. 
Ulaming hikoyalari doim tafsilotlar va xususiy qismlami tasvirlashga to’la 
bo’ladi, buning orqasida yaxlitlikning mohiyati juda ko’p hollarda yo’qolib 
ketadi.
Idrokning ko’rsatib o’tilgan tiplari chetki qutblar uchun xosdir. Ko’pincha, 
ular bir-birini to’ldiradi, chunki, ikkala tipning ijobiy xususiyatlariga tayanuvchi 
idrok samarali hisoblanadi.
Idrokning 
tasviriy tipiga
xos bo’lgan shaxslar, ko’rgan va eshitganlari 
biian chegaralanadi, idrok etilgan hodisaning mohiyatini tushuntirishga 
urinmaydilar. Odamlar faoliyati, voqealar yoki qandaydir hodisalaming 
harakatlantimvchi kuchlari ularning e’tiboridan chetda qoladi. Aksincha, 
idrokning 
tushuntimvchi tipiga
xos bo’lgan odamlar bevosita idrokda 
beriladiganlar biian qoniqmaydilar. Ular doim ko’rgan yoki eshitganlarini 
tushuntirib berishga intiladilar. Hulq-atvorning bu tipi ko’pincha idrokning 
sun’iy tipi biian uyg’unlashadi.
Idrokning 
ob’ektiv tipiga
haqiqatda sodir bo’layotgan voqealarga qat’iyan 
muvoftqlik xosdir. Idrokning 
sub’ektiv tipiga
mos 
shaxslar esa ularga 
berilganlardan chetga chiqadilar va o’zlaridan ko’p narsa qo’shadilar. Ulaming 
idroki jismlarga 
nisbatan sub’ektiv munosabatga, avvaldan tarkib topgan 
taxminlarga asoslangan mulohazali munosabatni nohaq oshirib baholashga 
bo’ysunadi. Bunday odamlar o’z hikoyalarida idrok etganlarini emas, balki, bu 
haqdagi o’zlarining sub’ektiv taassurotlarini, ayni damdagi his-tuyg’ulari va 
kechinmalarini yetkazadilar.
218


Individual farqlar o’rtasida kuzatishdagi farqlash katta ahamiyatga ega. 
Kuzatuvchanlik
- bu jismlar va hodisalardagi sezilarsiz, o’z-o’zidan ko’zga 
tashlanmaydigan, lekin istalgan nuqtai nazar yuzasidan ahamiyatli yoki 
xususiyatga ega bo’lgan belgini payqash malakasi. Kuzatuvchanlikka xos 
bo’lgan belgi sezilarsiz, lekin ahamiyatli belgining idrok qilish 
tezligi. 
Kuzatuvchanlikdagi farqlar shaxsning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Xuddi 
shunday, qiziquvchanlik kuzatuvchanlikning rivojlanishiga ko’mak beruvchi 
ornil bo’lib hisoblanadi.
Idrokni oldindan mo’ljallanganlik darajasiga ko’ra farqlash mumkin. 
Oldindan ko’zlanmagan (ixtiyorsiz) va oldindan ko’zlangan (ixtiyoriy) idroklar 
mavjud. 
Ixtiyorsiz
idrokda biror jismni idrok qilish maqsadi yoki vazifasini 
qo’ymaymiz, 
ixtiyoriy
idrok esa maxsus ko’zlangan maqsad yoki vazifaga 
yo’naltirilgan. Idrok mustaqil faoliyat sifatida, ayniqsa, 
kuzatishda
yaqqol 
namoyon bo’ladi, kuzatish oldindan mo’ljallangan, rejali va u yoki bu darajada 
davomli idrok bo’lib, idrok ob’ektida sodir bo’ladigan qandaydir hodisa yoki 
o’zgarishni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Ammo, kuzatuvchanlik ham idrok kabi tug’ma xususiyat bo’lib 
hisoblanmaydi. Yangi tug’ilgan chaqaloq atrof-olamni jismlaming yaxlit 
manzarasi ko’rinishida idrok etolmaydi. Bolaning atrof-olamdan jismlarni 
dastlabki ajratib olish hodisasini uning bu jismlarni sinchiklab qarayotganidan 
sezish mumkin.
B.M. Teplovning fikriga ko’ra, bolada jismning predmetliligi belgilari erta 
go’daklik davrida (2-4 oylikda) jismlar bilan harakatlaming shakllanishida 
namoyon bo’la boshlaydi. 
5-6 oylikka kelib, bolada qo’llayotgan jismda 
nigohning jamlanishi holatlarining ko’payishi kuzatiladi. Bog’chachagacha 
bo’lgan davrdan maktabgacha davrga o’tishda o’yin va konstruktiv faoliyat 
ta’sirida bolalarda ko’rish analizi va sintezining murakkab turlari, shuningdek, 
idrok ob’ektini ko’rish maydonida xayolan bo’laklarga bo’lib, har bir bo’lakni 
alohida, so’ngra ulami yaxlitlagan holda tadqiq etish layoqati tarkib topadi.
Ta’lim olish jarayonida maktabdagi bola idroki faol ravishda rivojlanadi, 
bu jarayonlar bir necha bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich jismdan 
foydalanish jarayonida obrazining mutanosib holda tarkib topishi bilan bog’liq. 
Keyingi bosqichda bolalar qo’l va ko’z harakatlari yordamida jismlaming 
fazoviy xususiyatlari bilan tanishadilar. Navbatdagi, psixik rivojlanishning 
yuqori darajalarida bolalar oz fursatda va ortiqcha harakatlarsiz idrok 
ob’ektlarining ma’lum xossalarini tanib olish, shu xossalar asosida ulami bir- 
biridan farqlash layoqatiga ega bo’ladilar.
Idrok rivojlanishining muhim 
sharti 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish