N respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qumitasi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 341,97 Kb.
bet14/80
Sana14.06.2022
Hajmi341,97 Kb.
#667510
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
favqulodda vaziyatlar

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
-fuqarolarning zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishiga ko‘maklashadilar;
-harbiy harakatlar olib borilishi bilan bog‘lik yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar;
-aholining hayot faoliyati ta’minlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga oshiradilar;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi» ob’ektining tashkiliy strukturasi.
Iqtisodiyot ob’ektlarining fuqaro muhofazasi boshliqlari oldida ob’ektlardagi fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, tadbirlarni rejalashtirishda ijro etuvchi, nazotratchi va hisobot organlari hamda fuqaro muhofazasi shtablarini tashkil etish vazifasi turadi.
Fuqaro muhofazasi shtabining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- ob’ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta’minlash;
- ishchilar, xizmatchilar va ob’ekt atrofida yashovchi aholi punklarini favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida ogohlantirish;
- ob’ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish; 
- favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila-a’zolarini himoya etish ishlarini amalga oshirish;
- ob’ektlardagi aholini, ishchilar, xizmatchilar, tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda himoya usullariga o‘rgatishni tashkil qilish;
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ob’ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga tayyorgarlikni ta’minlash;
- ob’ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etishda FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiorganlari quyidagi tizimlari harakat qiladi:
- fuqaro muhofazasi qo‘shini;
-to‘g‘ridan - to‘g‘ri tezkor bo‘ysinish rotasi;
-favqulodda vaziyatlar vazirliginingg shaxsiy va tezkor respublika maxsuslashtirilgan ko‘p tarmoqli tuzilmalari;
-tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markaz (THQRKTM);
- tezkor harakat qilish kuchlari va mablag‘lar;
- yong‘indan saqlash xizmati (bu xizmat xodimlari faqat yong‘in sodir bo‘lgandagina emas, balki er ko‘chishi, suv toshqinlari va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlar natijasida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi);
- Sog‘liqni saqlash vazirligida - tezkor vaziyatda tibbiy yordam markazi;
-“O‘zavtoyo‘l” konserni (respublikaning har qanday joyiga 3 soat vaqt mobaynida aholini evakuatsiya qilish va yo‘llarni tozalash ishlarini olib borish uchun avtomobillar bilan ta’minlaydi);
- tegishli vazirliklar va boshqarmalarning avariya - qayta tiklash ishlari bo‘yicha harbiylashgan va maxsuslashtirilgan bo‘linmalari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligining joylardagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari) qoshida tashkil etilgan qutqarish xizmatlari;
- ob’ektlardagi maxsuslashtirilgan tuzilmalar;
- hududiy va ob’ektlardagi harbiylashtirilgan umumiy va maxsus vazifaga ega bo‘lgan tuzilma;
- respublika “Qizil yarim oy” va “Vatanparvar” jamiyatlarining ko‘ngilli guruhlari;
- fuqaro muhofazasi qo‘shinlari (Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirilgan bo‘lib, yirik muhim muhofaza va ishlab chiqarish ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib boradilar. Bu qo‘shin urush va tinchlik vaqtida maxsus texnika, jihozlar, tayyorlangan kadrlar talab qiluvchi katta miqyosdagi avariya, halokatlar, iqtisodiy holatlarda avariya-qutqarish va boshqa tiklash chora-tadbirlarda faoliyat ko‘rsatadi);
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika maxsuslashtirilgan tuzilmalari avariya-qutqarish va avariya-qayta tiklash doimo shay holatda turadigan ko‘p tarmoqlarni tuzilmalarni o‘z ichiga olib, yuqori malakali maxsus kasb egalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari maxsus harbiy asbob-uskunalar, zamonaviy texnikalar va texnika vositalari va 72 soatlik shoshilinch qidirish-qutqarish ishlarini bajarishga etadigan alohida elektr-energiya manbalari, maxsus kiyim-bosh, etarli miqdordagi ichimlik suvi, suv zahiralari, oziq-ovqat, hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish uchun mo‘ljallangan bir qator ishlatilishi mumkin bo‘lgan maxsus buyumlar bilan ta’minlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika maxsuslashtirilgan tezkor tuzilmalari FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi) ning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chora tadbirlar va kuchlarning faoliyatini ta’minlashga mo‘ljallangan Ichki ishlar vazirligining harbiylashgan o‘t o‘chirish respublika maxsus guruhlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining tezkor respublika tibbiy yordam markazi, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat tashkilotlarining maxsus guruhlari, vazirliklar va boshqarmalarning tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Vazirliklar, konsernlar, birlashma, qo‘mitalarning harbiylashtirilgan malakali avariya-qutqaruv va boshqa maxsus tuzilmalari, bo‘linmalari favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘z tasarrufi ostidagi ob’ektlarda ishlab chiqarish avariyalari va halokatlarini bartaraf etishga, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha maxsus vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular sodir bo‘lganda talofatlarini mumkin qadar kamaytirish maqsadida ob’ektlarda Fuqaro muhofazasi boshliqlari kimyoviy, radioaktiv, portlash xavfiga qarshi maxsus tuzilmalar tuzadilar.
Hududiy va ob’ektlardagi tuzilmalar umumiy va maxsus vazifalarni bajaruvchi tuzilmalarga bo‘linadi.
Umumiy vazifali tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
- axborot yig‘uvchi guruh;
- qutqaruvchi guruh;
- ishlarni mexanizatsiyalash guruhi.
Maxsus vazifali tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
- yong‘inga qarshi xizmat;
- tibbiy xizmat;
- ogohlantirish va aloqa xizmati;
- muhandislik xizmati;
- texnik avariya xizmati;
- radiatsion va kimyoviy moddalarga qarshi kurashuvchi xizmat;
- transport xizmati;
- zararsizlantirish xizmati;
- aholi tinchligini nazorat qilish xizmati;
- oziq-ovqat va savdo xizmati;
- berkinish va qutqurilish xizmati;
- rang himoyasi xizmati.
Bir qator ob’ektlarda harakatdagi radiatsion, kimyoviy, tibbiy laboratoriyalar, statsionar, yuvinish punktlari, dushli korxonalar, gazli zararsizlantirish xonalari, sanitariya qayta ishlash punktlari, transport va texnikani yuvish joylari, zararsizlantirish punktlari tuziladi.

Download 341,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish