16.3. Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi
Strategik boshqaruvda marketing ikkita asosiy vazifani bajaradi: strategiyani aniqlash va ishlab chiqarish uchun informatsiyalarni yig‗ish va qayta ishlash vositalari. Strategiyani bajarish vositalari strategik menejmentning tashkilotchilik madaniyatini o‗zgartirmay turib umuman tatbiq etib bo‗lmaydi.
Tashkilotchilik madaniyati biznesda «ko‗rinmas faktor» menejment uchun «oziqlanuvchi muhit». Ko‗rinmas faktorning kuchli ahamiyatini Yaponiya menejmenti erishgan yutuqlarida ko‗rishimiz mumkin. Aynan Yaponiya tashkilotlarining tashkilotchilik madaniyatiga katta e‘tibori natijasida ikkinchi jahon urushidan so‗ng jahon iqtisodiyotida Yaponiya oldingi o‗rinlarga chiqib oldi.
Tashkilotchilik madaniyati boshqaruvning konseptual yondashuvi Yaponiya, Amerika va G‗arbiy Yevropa menejmentining a‘lo darajadagi natijalari tahliliga asoslanadi.
259
Strategik boshqaruvda uchta aniq daraja ajratiladi:
Boshqaruvning strategik darajasi (yuqori rahbariyat va bir guruh mutaxassislar. Ular tashkilot rivojlanishida mas‘uliyatli strategik masalalarini hal qiladilar).
Boshqaruvning taktik darajasi (taktik masala hal etiladi).
Boshqaruvning operativ darajasi.
Boshqaruv strategik darajasining tashkilotchilik madaniyati uchun ijobiy yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
strategik yo‗naltirilganlik – kelajakda korxona raqobatbardosh-liligini saqlash, boshqaruv faoliyatining ustunligini ta‘minlash;
iste‘molchilikka yo‗naltirilganlik - bugungi va kelajakdagi iste‘molchilar bilan ishlash, ularning xohish va talablarini bashoratlash, ularning kelajakdagi iste‘molini shakllantirish bilan bog‗liq;
markazlashtirilmaslikka (markaziy organlarning ba‘zi vazifalarining mahalliy idoralarga berilishi) yo‗naltirilganlik – quyi boshqaruv organlariga rejali vazifalarni bajarishda, qaror qabul qilishda aniq erkinlik berish;
tadbirkorlikka yo‗naltirilganlik - iste‘molchilar bilan o‗zaro ta‘sirda bo‗lgan boshliq va barcha xizmatchilarning ishbilarmonligini taqdirlash, avtonom guruhlarni (foyda markazlari) tashkillashtirish orqali jamoaviy ish yuritish sharoitlarini yaratish;
gumanitar yo‗naltirilganlik - tashkilotda inson omilini ustun qo‗yish;
ochiq axborot almashuviga yo‗naltirilganlik - barcha martabadagi boshqaruv vakillari bilan xizmatchilar o‗rtasidagi samarali axborot almashuvini shakllantirish;
demokratiyaga yo‗naltirilganlik - o‗zaro munosabatlarda demokratik uslubdan foydalanish va qaror qabul qilishga quyi xizmatchilarni ham jalb etish;
260
liderlikka yo‗naltirilganlik - hozirgi paytda faqatgina liderlar mas‘uliyatni o‗z bo‗yniga olib tavakkalchilikka borishi va jamoani o‗z orqasidan ergashtirishi mumkin;
jamoaga yo‗naltirilganlik - jamoa bo‗lib ishlash ma‘lum bir umumiy maqsad va a‘zolarning malakasi yuqori bo‗lgan sharoitda sinergetik samara beradi, ya‘ni juda murakkab muammolar ham osonlik bilan o‗z yechimini topadi.
Ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalari ilmiy-texnikaviy yuksalish bilan, raqobatning kuchayishi, ishchilarning professionallik talablarining oshishi, ularning madaniy va intellektual darajasi yuqoriligi bilan bog‗liq ravishda rahbarlardan boshqaruv operatsiyalarini qayta ko‗rib chiqishni talab etmoqda. Ular tarkibiga operativ boshqaruv darajasini demokratiyalashgan tashkilotchilik boshqaruv madaniyati tomoniga oshirish, ishchilar tashabbuskorligining o‗sishini ta‘minlash kiradi. Zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini anglash - barcha darajadagi menejerlar uchun asosiy vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |