Ijtimoiy menejment – boshqaruv hisoblanib, bo‗lajak mutaxasislarda nazariy va amaliy ko‗nikmalarni shakillantirishga, ijtimoiy jarayonlarda samarali ishtirok etishga, ijtimoiy sohani rivojlantirib insonlarga yengillik qilishga hissasini qo‗shadigan, ijtimoiy tashkilotning loyihasini tuzadigan, o‗z navbatida, resurslar ichida eng boy bo‗lgan insonlar resursidan samarali foydalanishga asoslangan faoliyatdir.
Ijtimoiy menejment fanining asosiy vazifasi jamiyat a‘zolarini bir maqsad yo‗lida birlashtirish, yo‗naltirish va koordinatsiyalashdir. Ular ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish subyektlari hisoblanadi.
Ijtimoiy boshqaruvning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta‘minlaydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratish.
92
Ijtimoiy menejmentning paydo bo‗lishi jamiyat hayotida ijtimoiy va barcha fanlar, ayniqsa, sotsiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liq. Ijtimoiy menejment ularning asosiy qismi sifatida ijtimoiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o‗rganadi. Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv xarajatlari bilan eng ko‗p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yo‗qotishlari qanchalik kam bo‗lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik yuqori bo‗ladi.
Ijtimoiy menejmentning paydo bo‗lishi XX asrning 80-90 yillarida g‗arbdagi boshqaruvchanlik inqilobi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy sohadagi samarali boshqarish ta‘siri va uning bozor tuzilmasi, moliya, iqtisod, boshqaruv tuzulmalarining teskari bog‗likliklari bilan aloqador.
Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta‘sir etish obyekti, ham subyekti nuqtayi nazaridan mustaqil, ko‗p tuzilmali va ommaviy bo‗lib bormoqda, bu sohada o‗zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bo‗lmoqda. Shartnoma bo‗yicha yollangan, natijalar bo‗yicha boshqaruv faoliyatiga mas‘ul bo‗lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilarning alohida instituti – bozor shakllanmoqda. U davlat boshqaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv organlarining ham mas‘uliyatli va professional jamoasini shakllantirishda asosiy mexanizm ekan.
Ijtimoiy sohada ko‗rsatkichlar va statistika to‗rt darajaga bo‗linadi: xalqaro, milliy, regional, mahalliy. Ular yagona konseptual asosda qurilgan, yagona axborot tizimi doirasida birlashgan va xalqaro me‘yorlarga mos.
93
asr oxiri ijtimoiy menejmenti innovatsion madaniyat - ijtimoiy sharoitda shakllanmoqda. Bu umumiy boshqaruv madaniyatining eng muhim elementiga aylanmoqda. Uni amalga oshirishning muhim mexanizmi bo‗lib ijtimoiy menejment aqliy va ishlab chiqarsh sohasida, xizmatlar, turistik biznes, pullik tibbiyotda tadbirkorlikning turli ko‗rinishi sifatida namoyon bo‗ladi.
Yangi bozor tadbirkordan innovatsion va yanada ko‗proq ijodiy xulqni talab qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol. U kichik tadbirkorlikka nafaqat tirik qolishga, balki boshni ko‗tarib, yirik va o‗rta korxonalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi. Shu yillarda tadbirkorlik xulqining butun ish strategiyasi negizidan o‗zgarmoqda: iste‘molchilarga mavhum yondashuvdan - ularning ehtiyojlarini, individual didlarini o‗rganishga o‗tilmoqda. Egiluvchan va dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj sezilmoqda. Bir so‗z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorlik, avvalambor, boshqaruv sohasida innovatsiyaga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |