Intizomiy ta‟sir uslub - tashkiliy aloqalar muvozanatini intizomiy talablar va mas‘uliyatlar tizimi vositasida ushlab turish.
Aniq tarixiy uslub - ijtimoiy boshqaruv munosabatlarini ularga ta‘sir qiluvchi omillar ta‘sirida o‗zgarish va rivojlanish holatida bo‗lgan jarayonlar sifatida o‗rganish.
Majmuaviy uslub - boshqaruv munosabatlarini o‗rganishda iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va boshqaruv munosabatlari tahliliga boshqa yondashuvlar o‗zaro aloqadorligini nazarda tutadi.
Jihatl uslub – biror-bir mahsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psixologiya va h.k.) tomonidan maxsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida namoyon bo‗ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni yoki bir xususiyatini o‗rganishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |