N. R. Yusupbekov, D. P. Muxitdinov texnologik jarayonlarni modellashtirish va



Download 10,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/229
Sana23.09.2021
Hajmi10,21 Mb.
#183066
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   229
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)

Imitatsion modellashtirish.

Imitatsion  modellashtirishda S  tizimning  vaqt bo‘yicha ishlash 

jarayonini  amalga  oshiruvchi  modelning  algoritmi  qayta  ishlab 

chiqiladi  va  shu  bilan  birga  elementar  hodisalar  imitatsiyalanadi. 

Ularning  vaqt  bo'yicha  yuz  berishi  hamda  mantiqiy  strukturalarini 

saqlagan  holda  tizim  xarakteristikalarini  baholash  imkonini 

beruvchi,  vaqtning  ma'lum  momentlaridagi  jarayonning  holati 

haqidagi  boshlang‘ich maMumotlami olish  imkonini beradi.

Tahliliy  modellashtirishga  nisbatan  imitatsion  modellash- 

tirishning  asosiy  afzalligi  murakkabroq  masalalami  yechish  imkoni 

hisoblanadi.  Imitatsion  modellar  diskret  va  uzluksiz  elemenlarning 

mavjudligi,  tizim  elementlarining  egri  chiziqli  xarakteristikalari, 

ko‘plab  tasodifiy  ta'sirlar  va  boshqa tahliliy  tadqiqotlarda  qiyinchi- 

liklarni  tez-tez  paydo  qiladigan  omillarni  hisobga  olish  imkonini 

beradi.  Hozirgi  vaqtda  imitatsion  modellar -  katta tizimlami  tadqiq 

qilishda  eng  samarali  bo‘lib,  ba'zida  tizimning  xulqi  haqida, 

ayniqsa,  uni  loyihalash  bosqichida  axborot  olishni  yagona  amaliy 

ommabop usuli hisoblanadi.

  tizimni  ishlash  jarayonini  imtatsion  modelda  qayta  ishlab 

chiqarish  natijasida  olingan  natijalar,  tasodifiy  qiymatlar  va  funk- 

siyalarning  amalga  oshirishlari  boTganda,  jarayon  xarakteris-

tikalarini  olish  uchun  uni  ko‘p  karra  qayta  ishlab  chiqish  talab 

qilinadi.  Keyin  axborot  statistik  qayta  ishlanadi  va  imitatsion 

modelning  mashinali  amalga  oshirish  usuli  sifatida  statistik 

modellashtirish  usulidan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Avval 

statistik  sinovlar  usuli  ishlab  chiqiladi  va  u  o ‘zi  tasodifiy  qiymatlar 

va  funksiyalarni  modellash  uchun  qoTlaniladigan  sonli  usulni 

ifodalaydi  hamda  ulaming  ehtimollik  xarakteristikalari  tahliliy 

masalalar yechimiari  bilan  mos tushadi  (bunday  protsedura Monte  - 

Karlo  usuli  deb  ataladi).  Shundan  keyin  bu  usuldan  tasodifiy 

ta'sirlarga 

duchor 


boTgan 

tizimlarning 

ishlash  jarayonlari 

xarakteristikalarini  tadqiq  qilish  maqsadida  mashinali  imitatsiya

16

www.ziyouz.com kutubxonasi




uchun  foydalana  boshlashdi,  ya’ni  statistik  modellashtirish  usuli 

paydo bo‘ldi.

Shunday  qilib,  statistik  modellashtirish  usulini  keyingi  bos- 

qichlarda  imitatsion modelning mashinali  amalga oshirish usuli deb, 

statistik  sinovlar  usuli  (Monte  -  Karlo)  ni  esa  tahliliy  masalani 

yechishning sonli usuli deb ataymiz.

Imitatsion  modellashtirish  usuli  tizim  strukturasining  variant- 

larini, tizimni boshqarish turli  algoritmlar samarasini, tizimning turli 

parametrlarini 

o‘zgarishining 

ta’sirini 

baholash 

masalalarini 

inobatga  olib,  S katta  tizimlar  tahlili  masalalarini  yechishga  imkon 

beradi.  Samaradorlikni  baholashning  ba’zi  mezonlari  bo‘yicha  opti- 

mal  boigan  m aium   chegaralanishlarda  berilgan  xarakteristikalari 

bilan  tizimni  yaratish  talab  qilinganda  imitatsion  modellashtirish 

katta  tizimlarning  strukturaviy,  algoritmik  va  parametrik  sintezi 

asosida qo‘yilishi mumkin.

Imitatsion  modellar  asosida  tizimlaming  mashinali  sintezi 

masalalarini  yechishda,  qayd  qilingan  tizimning  tahlili  uchun 

modellashtirish  algoritmlarini  ishlab  chiqishdan  tashqari,  tizimning 

optimal  variantini  qidirish  algoritmini  ham  ishlab  chiqish  kerak. 

Mashinali  modellashtirish  uslubiyatini  asosiy  mazmuni  berilgan 

modellashtirish  algoritmlari  bilan  tizimlarning  tahlili  va  sintezi 

masalalariga  mos  keluvchi  ikkita  asosiy  bo‘limga  ajratamiz:  statika 

va dinamika.


Download 10,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish