Oqava suvlarning neft mahsulotlari suvda emulsiyalangan holda bo'ladi, ya'ni, alohida bo'lgan 200-300 mkm gacha o'lchamli zarrachalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Suv va neft mahsulotlarining zichliklar farqlari ta'sirida neft mahsulotlarining zarralari suv ustiga suzib chiqadi va maxsus moslamalar yordamida undan xalos etiladi. Bu jarayon maxsus apparatlar - neft tutgichlar yordamida olib boriladi. 8.4-rasmda neft mahsulotlaridan oqava suvlarning tozalashni texnologik chizmasi (bularga neft tutgichi, flotator va filtr kiradi) ko'rsatilgan.
rasm. Neft mahsulotlariga ega oqava suvlarni tozalash texnologik chizmasi: 1- qabul qiluvchi bak; 2- neft tutgich; 3- oraliq baklari; 4- flotator; 5- siquvchi hajm; 6- ejjektor; 7- bug' isituvchi bilan mazutni qabul qilish idishi; 8- mexanik filtr; 9- ko'mirli filtr; 10- yuvish uchun suv baki; 11- siquvchi rostlagich; 12- kompressor; 13- nasoslar; 14- koagulyant eritmasi; 15- oqizish; 16- mazutlangan suvning tushishi; 17- yoqish uchun mazutli konsentrat.
IES qurilmalaridan samarali foydalanish uchun quyqa hosil bo'lishi va zanglash jarayonlari bo'lmasligi uchun sharoitlar ta'minlanishi zarur bo'ladi. Ammo bu jarayonlardan to'liq qutulish mumkin emas va vaqti-vaqti bilan qizdirish yuzalarining ichki qatlamlarini tozalashga to'g'ri keladi. Zamonaviy qozon va turbinalarning konstruksiyalari murakkab bo'lgani uchun maxsus reagentlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Ular orasida ishqorlar, organik va anorganik kislotalari, yuvish vositalari, zanglashga qarshi inkubatorlar va boshqalar bor. Kimyoviy tozalashlarda oqava suvlarning umumiy miqdori qozon turiga va
foydalanilayotgan tozalash texnologiyasiga bevosita bog'liq bo'ladi va bitta tozalash uchun 20 ming tonnani tashkil qilishi mumkin. Ishlatib bo'lingan eritmalarda tozalash operasiyalaridan so'ng reagentlar 70-90% qo'shimchalarni tashkil qiladi, ularning tarkibiga ko'p zaharli moddalar kiradi. Qurilmalarni to'xtatib qo'yish vaqtida uni zanglashdan himoya qilish uchun ba'zi chora tadbirlar qo'llaniladi, buning uchun, masalan, qozonlar maxsus eritmalar bilan to'ldiriladi va qozon ishga tushishidan avval ular oqizib tashlanishi kerak. IESning gidrokuldan xalos etishning yopiq tizimlarida yuvilayotgan va ushlab turilgan suvlarning bevosita kul tashlash joylariga tashlanishi suvning rN qiymati sakkizdan yuqori bo'lmaganda amalga oshiriladi. Boshqa hollarda esa yuvilayotgan suv dastlab tashlanishidan avval betaraflanadi. Ko'p IESlarda qattiq yoqilg'ilardan foydalanilganda, kul va shlakning xalos etilishi suv bilan amalga oshiriladi. 1 t kulning xalos etish uchun 20-40 t suv talab qilinadi. Kul tashlash joylariga kul suv bilan birga pulpa, kul, shlak va suv aralashmasi holatida yuboriladi (20 km gacha), u erda kul cho'ktiriladi, tindirilgan va qisman tozalangan suv esa suv havzasiga oqizib yuboriladi (to'g'ridan to'g'ri tizimiga ko'ra) yoki IESga qayta foydalanish uchun orqaga yana qayta yuboriladi (aylanma tizimiga ko'ra). Birinchi holda suv havzasiga barcha qo'shimchalar erigan holda va kul tashlash joyida cho'kishga ulgurmagan dag'al qo'shimchalarning bir qismi tashlab yuboriladi. Suv havzasiga bu holda tashlanayotgan tuzlarning yalpi miqdori juda katta. Bu tashlamalarda o'ta zaharli moddalar: mishyak, germaniy, vannadiy, ftor va boshqalar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari suvda yoqilg'ining to'la yonmasligidan qolgan mahsulot konserogen moddalar ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda IESlarda gidro kuldan xalos qilishning to'g'ridan- to'g'ri usuli loyihalanmaydi va yangi qurilayotgan IESlar aylanma tizimlar bilan jihozlanadi. Ammo bu holda ham aylanma tizimdagi suvning bir qismini suv havzasiga tashlashga to'g'ri keladi va o'rniga toza suv bilan to'ldiriladi, chunki kul bilan uzoq vaqt davomida birga bo'lishda u qiyin eriydigan birikmalar (СаСО3,