Stansiya quvurlari yasaladigan po‘latlarning sekin oquvchanligining belgilangan tezligi oca = 10 5% soat (yoki 10 I/ coat) ya’ni quvur 100000 soat ishlatilgan uning qoldiq deformatsiyasi I % dan oshmasligi kerak. Buning uchun quvurlar doimo nazorat qilib turiladi. Quvur ishga tushirilgan paytda uning diametri, devorining qalinligi aniq o‘lchab olinadi. Va pasportiga yozib qo‘yiladi. Quvur 15 ming soat ishlagandan so‘ng nazorat o‘lchovlari amalga oshiriladi. 0‘lchov natijalari stansiya bosh muhandisi tomonidan nazorat qilib turiladi. Uzoq vaqt davomida ishlatish natijasida quvur metallning tuzilishida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun quvurning ma’lum qismlardan namunalar qirqib olinadi. Va ular birlamchi namunalar bilan solishtiriladi. Quvur 25-30 ming soat ishlagandan so‘ng birinchi namuna olinadi. Keyingilari 50-60 ming soatdan so‘ng va hokazo. Quvur metalning qoldiq deformatsiyasini, tuzilishi va mexanik xossalarini tekshirish natijalari qoniqarsiz bo‘lsa bu quvurni ishlatishda davom etish yoki etmaslik haqidagi masala maxsus texnik komissiya tomonidan hal qilinadi. NAZORAT SAVOLLARI
Past haroratli yuzalarning ishlash sharoitlari.
Past haroratli yuzalarning oltin gugurt korroziyasidan saqlash usullari AES NING ISSIQLIK AJRATUVCHI ELEMENTI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
Insonlar energiyaning saqlanish qonunini buzmasdan energetik qurilmalar yordamida tabiiy energetik manbalardan foydalanib kerakli energetik samarani olishi mumkin. Issiqlik elektr stansiyalarida bunday tabiiy manbalar sifatida organik yoqilg'ilardan foydalaniladi. Yoqilg'i yonganda kimyoviy energiya ajralib chiqadi va bu energiya yonish mahsulotlarining issiqlik energiyasiga aylanadi.
Atom elektr stansiyasi (AES) - bu atomning ichki energiyasidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarash amalga oshiriladigan elektrostansiya (7.14-rasm).
Suv
rasm. AESning sxemasi.
Atom elektr stansiyalarida tabiiy manbalar sifatida yadroviy yoki noorganik yoqilg'ilardan foydalaniladi. Og'ir yadrolarning yadroviy parchalanish reaksiyalarida yoki yengil yadrolarning sintezi natijasida yadroviy energiya ajralib chiqadi.
Zamonaviy atom elektr stansiyasi og'ir yadrolarning neytronli reaksiyalarining yadroviy reaksiyalariga asoslanadi. Organik yoqilg'ilarni
yonishining kimyoviy reaksiyasidan farqli ravishda yadroviy reaksiyalarda reaksiyaning dastlabki va oxirgi mahsulotlari kislorod, havo yoki boshqa tashqi moddalar talab qilmaydi.
Har qanday atom elektr stansiyasining yuragi, yadro reaktori hisoblanadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, aynan yadro reaktorida amalga oshadi.