N qodirov, I. M. Fayzullaev, K. S. Shamsiev qozon qurilmalari



Download 3,85 Mb.
bet25/69
Sana11.03.2022
Hajmi3,85 Mb.
#489782
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
fayl 1912 20210923

Reaktominqfao! qismi

'TT^Rostlash dastagini ' I boshqsrish blcki

pastki yoqlg 1 yig'ish panjarasi

  1. rasm.Atom reaktori.

Ajralib chiqqan yadroviy energiya parchalanish bo'laklari va neytronlari orasidagi kinetik energiyaga va nurlanish energiyasiga taqsimlanadi. Reaktorning aktiv zonasidagi moddada bo'laklar to'xtaydi, nurlanish yutiladi va uchuvchi neytronlarning energiyasidan tashqari barcha energiya issiqlikka aylanadi. Bunday
Sodda qilib aytadigan bo’lsam, ydro reaktori bu malum bir issiqlik tashuvchini isitadigan pechka yoki doshqozon. Odatiy pechkadan yagona farqi, yadro reaktorida yoqilg’i sifatida maxsus yadro yoqilg’isidan, ya'ni urandan foydalahiladi. 7.15-rasmda atom reaktori sxemasi keltirilgan.


boshqarilmaydigan zanjirli reaksiya juda tez sodir bo'ladi (atom bombasini portlashi), ushbu issiqlik portlash zonasida haroratni million gradusga ortib ketishiga olib keladi. Atom elektr stansiyalarining reaktorida reaksiya rostlanadi, yoqilg'ini yonishi sekinlashtiriladi, reaksiya zonasidagi issiqlik suyuq yoki gazsimon issiqlik tashuvchilar bilan sovitish hisobiga olib ketiladi.
Yadroviy reaksiyalarning sodir bo'lishida parchalanish haroratga bog'liq emas, bu nuqtai nazardan reaktorning aktiv zonasida har qanday harorat ta'minlanishi mumkin. Termodinamika nuqtai nazaridan qizdirgich yuqori haroratga ega bo'lishi kerak, ammo uning haroratini ortishi qurilmaning barcha konstruksion metariallarining issiqlik bardoshligi bilan chegaralanadi.
Hozirgi vaqtda atom elektr stansiyalari yaratilgan va ishlab kelmoqda, ularda asosan og'ir elementlar yadrolarini parchalanishi natijasida ajraladigan energiyadan foydalaniladi, og'ir elementlarga asosan uran 235 va 238 ning izotop aralashmalarini va plutonni kiritish mumkin. Issiqlik tashuvchilar sifatida suv, gazlar (geliy, azot, karbonat angdrid gazi), suyuq metallar (kaliy va natriy), organik suyuqliklar (uglevodorodlar, difenil, difenil efir, trifenil, izopropil) dan foydalaniladi.
Atom elektr stansiyasi quyidagi asosiy qurilmalarni o'z ichiga oladi: yadroviy reaktor, bug' generator-issiqlik almashinuvi qurilmasi, bug' turbinasi, kondensator, nasoslar va radiatsion himoya. Bundan tashqari reaktorni, elektrogeneratorni, sirkulyasion konturni va yordamchi jihozlarni boshqarish tizimi mavjud.
Atom elektr stansiyalari bir, ikki va uch konturli bo'lishi mumkin. Bir konturli atom elektr stansiyalarida ishchi jism reaktorning asosiy zonasidan turbinaga yo'naltiriladi. Bunday qurilmalarda ishchi jism juda radioaktiv hisoblanadi. Ikki va uch konturli qurilmalarda ishchi jismning radioaktivlik darajasi anchagina kamayadi.
Yadroviy yoqilg'i (uran, plutoniy) reaktorning issiqlik ajratuvchi element IAEL ^ВЭЛ) shaklidagi aktiv zonasiga joylashtiriladi. IAEL ning shakli turli xil bo'lishi mumkin, ammo barcha hollarda yoqilg'i metall g'ilofning ichiga joylashtiriladi. Reaktor ishlaganda IAEL qalinligida maksimal harorat ta'minlanadi, uning g'ilofi oraliq haroratda bo'ladi va qizdirilayotgan issiqlik tashuvchi past haroratga ega bo'ladi. Ushbu uchta harorat qo'llanilayotgan yoqilg'ining xususiyatlari, IAEL g'ilofining materiali va issiqlik tashuvchilarning xususiyati bo'yicha chegaralanadi. Yoqilg'i toza metall shaklida ishlatiladi. Yoqilg'iga bog'liq holda IAEL da maksimal harorat 600 dan 25000С gacha yetadi.
IAEL ning g'ilofi alyuminiy, sirkoniy, magniyli qotishmalar, zanglamaydigan po'latdan tayyorlanadi, materialning turiga bog'liq holda g'ilofdagi maksimal harorat 300 dan 6000С gacha yetadi.
Issiqlik tashuvchilar sifatida bosim ostidagi suyuq holatdagi suv, organik birikmalar, suyultirilgan ishqorli metallar (asosan natriy), gazlar (СО2, Не va hokazo) dan foydalaniladi. Suvdan foydalanilganda uning maksimal harorati, ya'ni to'yinish harorati suvning bosimidan aniqlanadi. Organik issiqlik tashuvchilarning harorati ularning issiqlikka chidamliligi bilan chegeralanadi. Suyultirilgan metallar va gazlar uchun harorat chegaralanmagan.
Yadroviy yoqilg'ida yadro energiyasining konsentrasiyasi organik yoqilg'idagi kimyoviy energiyaning konsentrasiyasiga nisbati bo'yicha juda katta, reaktorning bir marta to'ldirilgani (zapravka) ko'p oylar davomida yonadi. Issiqlik elektr stansiyasining oddiy bug' generatorida yoqilg'i yoqiladi, hosil bo'lgan yonish mahsulotlari izobarik holda ishchi jismga issiqligini uzatib soviydi va sovigan yonish mahsulotlari atmosferaga chiqarib yuboriladi. Yadroviy reaktor ishlaganda undan yonish mahsulotlari chiqmaydi, o'rnatilgan rejimda reaktordagi harorat o'zgarmaydi va yadroviy reaktor amalda o'zgarmas haroratli issiqlik manbai hisoblanadi. Nazariy jihatdan bunday manba Karno tsiklini amalga oshirish uchun ideal hisoblanadi.
Atom reaktori barcha tirik organizm uchun radioaktiv xavfli hisoblanadi. Neytronli nurlanishda ishtirok etayotgan barcha moddalar radioaktiv hisoblanadi va ular AES xonasidan biologik himoya bilan izolyasiyalangan bo'lishi kerak, chunki AES xonasida stansiya xizmat ko'rsatuvchisi bo'lishi mumkin. Reaktor orqali o'tayotgan va uning aktiv zonasini sovitib turuvchi issiqlik tashuvchi ham radioaktiv havfli hisoblanadi. Agar bunday issiqlik tashuvchi sifatida suvdan foydalanilsa, u holda kimyoviy toza suvning o'zi radioaktiv hisoblanmaydi, ammo barcha aralashmalar (tuzlar, korroziya mahsulotlari va hokazo) radioaktiv hisoblanadi. Reaktorda olinayotgan yaxshi separasiyalangan suv bug'i eng kam radioaktiv qobiliyatga egadir, shuningdek u suvga nisbatan juda kam aralashmalarga ega.
Texnik-iqtisodiy tomondan AES lar uchun elektr energiyasini ishlab chiqarish tan narxida yoqilg'i sarfining kamligi xarakterlidir. AES da u 20-40% ni tashkil qiladi, organik yoqilg'ilardan foydalanuvchi issiqlik elektr stansiyalarida bu ko'rsatkich 50-60% ni tashkil qiladi.
AES da yadroviy yoqilg'idan foydalanishning barcha xususiyatlari yadroviy energetik qurilmalarni yaratishga asos bo'ldi. AES da past bosimli bug' tsiklidan, to'yingan bug' tsiklidan, ikki bosimli sikldan foydalaniladi. AES larni kritik tahlili va termodinamik sikllarini tanlash texnik-iqtisodiy hisoblar asosida amalga oshiriladi. 7.16-rasmda AESning umumiy ko’rinishi keltirilgan.


7.16-rasm.AESning umumiy ko’rinishi.



Reaktorga yuklangan uran doimiy ravishda katta miqdorda issiqlik ajratadi. Bu issiqlik, uni tashuvchiga uzatiladi (masalan, suvga). Yadro yoqilg’isi maxsus







  1. konteynerlarda - yadro to’plagichlarida yoki issiqlik chiqaruvchi deb ataluvchi elementlarda (IAEL - 7.17-rasm) saqlanadi:
    rasm. IAEL

  1. — tiqin;

  2. — uran dioksidi tabletkalari;

  3. — korpus (qobiq);

  4. — siquvchi prujina;

  5. — vtulka;

  6. — poynak (uchlik).

Shunday qilib, IAEL o’zini o’rab turgan issiqlik tashuvchisiga (eltuvchiga) o’zining issiqligini uzatadi. Issiqlik tashuvchisi, issiqlikni qabul qilish barobarida ma'lum miqdordagi radiatsiyani ham oladi. So’ngra esa issiqlik tashuvchisi, maxsus issiqlik almashinuvchilar orqali katta quvvatdagi (miqdordagi) issiqlikni oddiy suvga uzatadi. Suv issiqlikni qabul qilish oqibatida qaynaydi va bug’ hosil bo’ladi.
So’ngra bug’, o’tkazgichlar orqali bug’ turbinasiga o’tadi va turbinani aylantiradi. Turbinaga biriktirilgan elektr generatori aylanish jarayonida elektr tokini ishlab chiqaradi. 7.18-rasmda AESning umumiy printsipial sxemasi keltirilgan.







  1. Download 3,85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish