N. Q. Yuldasheva umumiy psixologiya fanidan motiv va motivatsiya



Download 0,5 Mb.
bet42/98
Sana15.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#368738
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Bog'liq
Qo'llanmam

Shaxs faoliyati motivlari

Sobiq sovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik mexanizmlari, o’zluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur shart-sharoitlar mohiyati, vujudga kelish imkoniyatlari to‘g‘risida juda yo’zaki ma’lumotlargina muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda, pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko‘lamda o‘rganishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab-oqibat, ichki murakkab bog‘lanishlar to’zilishini yuksak darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o‘z navbatida materiya rivojlanishining oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Chunonchi, maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil mazmundagi savollar, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli xususiyati ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar mohiyati tarkibiga kiradi. Motivlar to’zilishini amaliy (tatbiqiy) yo‘nalishga qaratish-inson shaxsiga motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o‘tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yo’zaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-sharoitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabhalari hamda radio, televidenie va targ‘ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib borishi, kasbiy tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning sharoitlari barqarorlashuvi, takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi shaxs motiv doirasining o‘zgarishiga bog‘liq. Shaxsning motiv doirasi uning ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. L insonlarning faolligi va ularning faolligi manbai hisoblanmish insoniy ehtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo‘lib, biologik shartlanganlikdan tashqari, moddiy va ma’naviy ko‘rinishlardan iboratdir. Odamning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik ehtiyojni qondiruvchi o‘lja ma’nosini va ahamiyatini yo‘qotadi. Odam boshqa mavjudodlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan qayta o‘zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan odamning o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy tarixiy taraqqiyot darajasi bilan o‘lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

«Insoniyatga xos bo‘lgan ehtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilishi» usuli ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o‘zgarib va takomillashib boradi. Hozirgi zamon kishisining ehtiyojlari va ularning qondirilishi ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik xususiyatlar ta’siri o‘z ahamiyatini yetarli darajada yo‘qotmaydi. Shaxsning ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblansa-da, lekin bu uning ustuvor ekanligini bildirmaydi, chunki boshqa ta’sirchan omillar ham mavjuddir. Kamolotga erishishning muhim shart-sharoiti hisoblanmish mehnat insonning ehtiyojiga aylanmasa, u o‘z ehtiyojlarining yengil, oson yo‘llar bilan qondirishga harakat qilsa, inqirozga uchraydi. Yengil yo‘l bilan o‘z ehtiyojlarini qondirish ijtimoiy qonun va qoidalarga zid xulq-atvor manbaiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakat kelib chiqishiga, tekinxo‘rlik illatining namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi.



Huquqiy, demokratik jamiyat kishisi shaxsini shakllantirishga nisbatan qo‘yilayotgan eng muhim talablardan biri-unda mehnat qilish ehtiyojini, mehnatdan faxrlanish tuyg‘usini va undan lazzatlanish hissini tarkib toptirishdan iboratdir. Mehnatga nisbatan ehtiyojning vujudga kelishi sanoatda va qishloq ho‘jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash, mehnat faoliyati umumdorligini oshirish,ish vaqtidan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi va faqat mehnatdagina o‘z imkoniyatini namoyon etuvchi, bunyodkor, vatanparvar, fidoiy shaxslarni shakllantiradi. Kishilarning iqtisodiy ehtiyojlarini qondiruvchi, ba’zan og‘ir va zerikarli tuyulgan mehnat turi vatanparvar, komil insonlikka intiluvchi shaxs uchun quvonch, qoniqish, hatto rohat-farog‘at his-tuyg‘ularining manbaiga aylanishi mumkin.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish