Bobur nomin bilmas qaysi yurt bu kun,
Temuriy avlodi sarkarda durkun.
Tig‘ bilan zabt etmish Hind-u Osiyo,
She’r bilan olamni etdi mahliyo.
___________________________________________________
1-boshlovchi: O'zbekning salomi qaynoq qalbiday
Unda shukrona bor, pur ma’no kalom
Qo’lim ko’ksim uzra tutib baralla,
Men ham sizga deyman-salom,assalom!
2-boshlovchi: Salomdan boshlanar har bir qalbga yo’l
O’zbek deganiga bu aziz kalom
Men ham o’zbek axir, zo’r shukuh bilan,
Qo’lim ko’ksim uzra deyman assalom.
___________________________________________________
1-boshlovchi: Assalom-u alaykum, aziz mehmonlar.
2-boshlovchi: Assalom-u alaykum,qadrli ustozlar.
1-boshlovchi:Shu kunlarda o’zbek mumtoz adabiyoti-ning yirik vakili :buyuk shoir,tarixchi,tarjimon,mohir sarkarda,atoqli davlat arbobi,boburiylar sulolasi asos-chisi, o’zining sermazmun ijodi bilan adabiyotimiz
xazinasiga ulkan hissa qo’shgan ulug’ siymo -Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining __539___ yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda
2-boshlovchi: Mamlakatimizning barcha joylarida Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda.
1-boshlovchi: Tarixni bezamish ne ulug’ zotlar
Ular ta’rifiga ojiz ming baytlar
Lekin bir shoir bor buyukdan buyuk
Barchaga manzur-u,barchaga suyuk.
2-boshlovchi: Asarlari hamon tillarda doston,
Bitgan har baytida ko’ngli namoyon
U hamon barhayot ,u hamon daho
Temuriy bobomiz –bu Bobur Mirzo.
1-boshlovchi:Tabrik uchun ilk so‘zni
Maktab MMIBDO’ M.Mustafoyevga bersak marhamat.
Tabrik so‘zlaridan so‘ng mumtoz qo‚shiq, raqsi bilan ijro etiladi.
Bobur hayotiga oid ma’lumotlar:
1. Zahiriddin Muhammad Bobur 16-17 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullangan. O‘zbek va fors tillarida she’rlar yozgan. 1519-yilda Kobulda “Kobul devoni” deb nomlangan ilk devonini tuzgan.
______________________________________________
2. Bobur umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin al-zakot”, “Harb ishi”, “Musiqa ilmi”, “Muxtasar”, “Xatti Boburiy” kabi ko‘plab asarlar yaratdi. Tarjimonlik bilan shug‘ullangan.
___________________________________________________
3. Bobur Mirzo 1526-yilning 27-aprelida Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soldi, bu saltanat 332 yil (1526-1858) hukmronlik qildi. Boburshoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahri, Jamna daryosi yonidagi ”Bog’i Orom”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko’ra, bir necha yildan so’ng Boburshoh jasadi Kobuldagi ”Bog’i Kalon” ga ko’chiriladi. Bu bog’ni Boburning o’zi katta mehr bilan obod qilgan edi. Keyinchalik bu bog’ ”Bog’i Bobur” nomi bilan mashhur bo’lgan. Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyondalaridan biridir. Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi. Zahiriddin Muhammad Bobur bilimga chanqoq buyuk davlat arbobi bo’lganligi uchun ham bilim olishga intilganlarga hamisha otalarcha g’amxo’rlik qilgan. Uning o’zi ham ajoyob olim turkiy nazmda asarlar bitgan Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo’q shoir yirik bastakor edi.
4. Zahiriddin Muhammad Bobur bir ming ikki yuz kishilik qo`shini bilan Ibrohim Lodiyning o`n ming kishilik qo`shinini yengib “Genisning rekord”lar kitobiga kiritilgan.
__________________________________________________________________
5.“Boburnoma” Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan memuar asardir. Bu asar jahon adabiyotining nodir namunasi hisoblanadi. “Boburnoma” o‘zbek adabiy tilining noyob yodgorligidir. Bu qomusiy asar tufayli ilm-fanning turli sohalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ingliz olimasi Anetta Beverixs bu asar haqida shunday yozgan edi: ““Boburnoma” tarixda yaratilgan barcha yozma yodgorliklarning eng bebahosidir”. Bobur asarlari dunyoning ko‘plab tillariga qayta-qayta tarjima qilinmoqda.
J.Leydin 1926-yilda Bobur asarlarini ingliz tiliga tarjima qilgan
Fever grovs strong in my body by day,
Slup guits, my eyes as night, some on
Like to my rain and my patients the pair,
For vhile that goes vaxing this vanes.
__________________________________________________________________
Mixail Sale’Bobur asarlarini 1993-yil rus tiliga tarjima qilgan.
Страной правя что людей труда
От них не отделяясъ никогда
Завуд свои пристростся и обиды
Внимай их ведам а не то беда.
__________________________________________________________________Rashid Raxmat Orat 1877-yilda Bobur asarlarini turk tiliga tarjima qilgan.
Vujudimda sitma gunden gune kuvetliniyor,
Aksan olunsa, gozemdin uyku kasiyor.
Har ikise de derdim ile sabrim gibediz,
Biri gitteks cogaliyor, digeri azaliyor.
__________________________________________________________________1-boshlovchi:
Navbat musiqa guruhi ishtirokchilari ijrosidagi “Savti kalon” mumtoz qo‘shig‘iga
Do'stlaringiz bilan baham: |