Boshlovchi: Ammo, hozirgi kunda rang-barang voqea va hodisalarga boy fil`mlar, sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi boshqa vositalar- televizor, komp`yuter, Internetning ta`siri kuchaymoqda. Odam kitob o`qimasa ma`naviyati yuksalmaydi.
Televizor, radio hech qachon kitobning o`rnini bosa olmaydi. O`qish va uning orqasida keladigan zakovat mamlakatni dunyoga tanitishni ham zarurroq bo`lgan narsaga- ma`rifatga yo`l ochadi.
Ma`rifatli, ya`ni ma`naviyat yuksak va bilimi teran bo`lgan kadrlar yurtni farovon qiladi. Ilm-fan va u orqali keladigan farovonlik bilan dunyoga tanilishni esa, hech narsa etmaydi. Ma`naviyatga qashshoq, bilimi sayoz bo`lgan odam esa, elga nafi tegmaydi va ba`zi jihatdan hatto xavfli kimsaga aylanadi. Bir joyda turib qolgan suv ayniganiday, ongi o`smayotgan odam amalda orqaga, jaholat sari ketadi. Demak, yoshlarning kitob o`qimasligi mamlakatning kelajagi uchun tahlikali bir hodisadir.
Ma`rifatli, ya`ni ma`naviyati yuksak va bilimi teran bo`lgan kadrlar esa, yurtni farovon qiladi, mamlakat taraqqiyotini tezlashtiradi. Chinakam bilimni esa kitob o`qimasdan turib egallash also mumkin emas. Shunday ekan “ Har doim yashasin kitob!” deb tadbirni yopiq deb e`lon qilamiz.
Nurota tuman 26 –maktab kutubxonasi hamda maktabning 1-4-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda “Kitobim-oftobim ”mavzusida o’tkazilan kitob haftaligi
BAYONNOMASI
2022 yil 18 mart kuni soat 11 00 da “Kitobim-oftobim ”mavzusida maktab kutubxonasi hamda maktabning 1-4-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda kitob haftaligi o’tkazildi .Kitob haftaligini maktab direktori B.Shirinov kirish so’zi bilan boshlab berdi.Maktabning MMIBDO’ , S.Bozorov , ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.Shamsiyeva va 1-4-sinf rahbari N.Yo’ldoshevalar qatnashib birma-bir so’zga chiqib Kitob-oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi , nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta`rif berish joiz bo`lsa, uni “Ma`naviyat quyoshi” deb ta`riflash o`rinlidir. Ya`ni, quyosh bo`lmasa olamning, tabiatning, hattoki hayotning bo`lishi shubha ostida qoladi, kitob bo`lmasa, ma`naviyatning rivojlanishi ham mavhum bir fikr bo`lib qolaveradi deb yana bir bor o’quvchilarga ta’kidlab o’tishdi.
Maktab kutubxonachisi I.Bozorov ham kitob haqida o’quvchilarga tushuncha berib o’tdilar. Tadbirda 25 nafar o’quvchi qatnashdi. Tadbir mazmunli va ma’noli bo’lib o’tdi..
Do'stlaringiz bilan baham: |