N. N. Qurbonov O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etish



Download 5,33 Mb.
bet1/22
Sana03.12.2022
Hajmi5,33 Mb.
#878117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Hujjat (1)



N.N.Qurbonov


O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI BO‘YICHA
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH

Toshkent 2022


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan notarix kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari uchun mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma 2021-yil 28 avgustda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani namunaviy dasturi asosida ishlab chiqildi.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil qilish borasida tavsiyalar berilgan. Qo‘llanma “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan nomutaxassislik kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchi:
Qurbonov Nodirjon Norboyevich
Taqrizchilar:
Tarix fanlari nomzodi, dotsent A.Mingnorov
Tarix fanlari nomzodi, dotsent H.Matyakubov
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv- uslubiy Kengashining 2021 yil 28 dekabrdagi 6-sonli yig‘ilishida nashrga tavsiya etilgan.
Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur.
Shavkat Mirziyoyev

KIRISH


Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinchlik-osoyishtalik hayot kechirayotgan, avvalambor, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
O‘sib kelayotgan avlod ezgulik yo‘lida bunyodkorlik ishlarini davomchisi hisoblanadi. Shu sabab bugungi kunga kelib davlatimiz siyosati sifatli raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Bu yo‘lda chet el tajribalaridan ham unumli foydalangan holda ish yuritish foydadan holi emas.
Кunimizning har daqiqasi har bir sohada ayniqsa, ta’lim tizimida yangiliklar, izlanishlar va ulkan yutuqlarni talab etuvchi tizimli jarayonga aylanib bormoqda. Jahon ta’lim tizimida erishayotgan ulkan yutuqlar har bir mamlakatning barcha sohalarini stobil rivojlanishi uchun asosiy poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. XXI asrning ulkan yutuqlaridan samarali foydalanish va globallashuvning ijobiy – salbiy muhitida erkin fikrlaydigan, o’z dunyoqarashiga ega yosh avlodni tarbiyalash bugungi kunning asosiy maqsadlardan biridir. Milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko‘z qorochig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirib borishda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rni va ahamiyoti beqiyos1.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin2.
Kiyingi yillarda ta’lim jarayonida mustaqil ta’limni rivojlantirish va unumdorligini oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Ta’lim sohasida bo‘layotgan har bir o‘zgarish, jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishiga shubha yo‘q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta’lim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Qaysi sohada bo‘lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish – talaba faoliyatining ta’lim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib, bilim orttirish hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim3.
Yillar davomida yeg‘ilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda o‘z ustida tinimsiz ishlasa mavzu yuzasidan ilmiy faoliyat olib borsa belgilangan maqsadga erishib, bilimlarni chuqur o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar munta’zam o‘z ustida ishlashi natijasida mustaqil faoliyat yuritish imkoniyati rivojlanadi va bu o‘z samarasini berib boradi4.
Oliy ta’lim dargohlarini asosiy vazifalaridan biri shundaki, chuqur nazariy bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalar berish5 bilan birga talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, mashg‘ulotlar davomida talabalarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni o‘z ustida ishlash imkoniyatini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish borasida yo‘l-yo‘riq ko’rsatishdan iboratdir.
Bugungi kunda tanlagan yo’nalishi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib bora oladigan, masalaga ijodiy yondashgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Mustaqil bajariladigan ish belgilangan fan bo‘yicha o‘quv dasturida ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma va malakani ma’lum bir qismini talaba tomonidan ustozni maslahati, tavsiyasi va ko‘rsatmalari asosida mustaqil o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tizimli faoliyat turidir6.
Talabalarni ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish uchun tegishli ma’lumotlarni manbadan topish, ma’lumotlarni tahlil qilish, kerakli ma’lumotlarni ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikr mulohazalarini aniq ifoda etish, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri tartibga solish masalalari katta muammo bo‘ladi.
Bu kabi muammolarni bartaraf etishda ustozlarning vazifalari, talabalarga o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlari bilan hisoblashishni shuningdek, sabir-toqat bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishni, kerakli joylarda ijodkorlik qobilyatini ishga solabilishni va adabiyotlarni to‘g‘ri taxlil qilishni o‘rgatishdan iborat bo‘ladi.
Talabalarga beriladigan topshiriqlar kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularni bilim olishga va masalalar yechimini topishda tashabbuskorligi va rolini oshirib borish lozim. Mustaqil ta’lim olishga ko‘nikma orttirgan talaba faqat rahbar tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni bajaribgina qolmay, o‘zini ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil qilish borasida tavsiyalar berilgan. Qo‘llanma “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan nomutaxassislik kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish