N. N. Niyozov Lavozimi: Toshdtu “Elektr ta‟minoti” kafedrasi assistenti Telefon raqami



Download 220,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.01.2022
Hajmi220,96 Kb.
#322601
  1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya mashg‘uloti №2 ELEKTR YOY PECHINING XARAKTERISTIKALARINI TADQIQ QILISH



Fan nomi: 

Elektr texnologik qurilmalar 



Laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi: 

acc. N.N.Niyozov 



Lavozimi: 

ToshDTU “Elektr ta‟minoti” kafedrasi assistenti 



Telefon raqami: 

+998914022422



    El.pochta: 

intention@mail.ru  



 

Laboratoriya mashg‘uloti №1 

ELEKTR YOY PECHINING XARAKTERISTIKALARINI TADQIQ 

QILISH 

Reja: 

1.1. Nazariy qism. 

1.2. Laboratoriya qurilmasining tasnifi. 

1.3. Topshiriq. 

1.4. Tajriba ishini bajarish tartibi. 

1.5. Tajriba natijalarini qayta ishlash. 

1.6. Hisobot tayyorlash tartibi. 

1.7. Nazorat  savollari. 



Ishning maqsadi  

Yoy  pechi  elektrik  xarakteristikalarini  eksperimental  -  hisob  metodi  bilan 

qurishni o„rganish. 

I. Nazariy qism  

Elektr yoy pechlari sanoatning metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik va 

boshqa  turli  sohalarida  qo„llaniladi.  Ular  bilvosita,  bevosita  va  qarshilik  yoy 

pechlariga bo„linadi. 

Bilvosita ishlovchi yoy pechlarida elektr yoy razryadi qizdirilayotgan material 

ustida  joylashgan  elektrodlar  orasida  yonib,  elektr  yoyi  bilan  eruvchi  element 

orasidagi  issiqlik  almashinuvi  nurlanish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bilvosita 

ishlovchi yoy pechlari rangli metallar va ularning qotishmalarini hamda cho„yan va 

nikelning  ayrim  navlarini  eritish  uchun  mo„ljallangan.  Uning  asosiy  afzalligi 

metallning  kam  kuyishidir,  chunki  elektr  yoy  razryadi  eruvchi  element  bilan 

bevosita to„qnashmaydi. 



Bevosita ishlovchi pechlarda  yoy  elektrod va  eruvchi  metall o„rtasida  yonadi 

va  u  elektr  zanjirining  bir  qismi  hisoblanadi.  Bunday  pechlar  po„lat  erituvchi 

vakummli  va  plazmali  qilib  ishlanadi.  Aralash  qizdiruvchi  yoy  pechlarida  yoy 

eritiladigan  shaxta  ichidagi  gaz  oralig„ida  yonadi  va  eritma  pechning  tagida 

yig„iladi.  Bunday  pechlarda  issiqlik  yoyda  va  shaxtaning  elektr  qarshiligida  ham 

ajralib  chiqadi,  shuning  uchun  ularni  qarshilik  yoy  pechlari  deyiladi.  Pechning 

quvvatini  rostlash  manba  orqali  yoy  tokini,  hamda  yoy  uzunligini  elektrodlarni 

oʻzaro yaqinlashtirib va uzoqlashtirib o„zgartirib amalga oshiriladi. 

Yoy pechlarining asosiy elektr jihozlari quyidagilardan iborat: 

1.

 



Elektrod  va  vannali  pech,  uning  ichida  yoy  yonadi  va  ishlov  beriladigan 

material joylashtiriladi; 

2.

 

Pasaytiruvchi transformator; 



3.

 

Drossellar; 



4.

 

Transformator ikkilamchi chulg„ami va pech elektrodlarini bog„lovchi qisqa 



tarmoq; 

5.

 



Kommutatsiya qiluvchi, o„lchov va himoyalash apparaturalari. 

Yoy elektr pech qurilmalarida bosh va yordamchi tok zanjirlari mavjud. 

Bosh  tok  zanjiri  asosiy  elektr  jihozlar  va  elektr  yoyini  o„z  ichiga  oladi. 

Yordamchi  zanjiriga  boshqaruv,  o„lchash  vahimoya  avtomatikasi  va  boshqalar 

tegishlidir. 

Pech  transformatorlari  elektr  yoy  pechlarini  ta‟minlash  uchun  kerak  bo„lib, 

ular quyidagi xususiyatlarga ega: 

a)  past  kuchlanish  tomonda  nominal  tokning  qiymatlari  yuqori  (o„nlab  va 

yuzlab kiloampergacha); 

b)  transformatsiya  koeffitsiyenti  katta  (6,10,35,110  kV  kuchlanishlarni  bir  

necha yuz voltgacha transformatsiyalash);  

d) kuchlanish pog„onalari soni va o„zgarish diapazoni kuch transformatorlariga 

nisbatan  ko„p  (kuchlanish  500  %  gacha  rostlanadi,  40  va  undan  ortiq  pog„onaga 

ega ); 



e) transformatorlar tok qiymati (2,5-3) marta ko„p bo„lgan ekspluatatsion qisqa 

tutashuvlarga o„ta chidamli va yuqori mexanik mustahkamlikka ega. 

Yoy pechlarining energetik parametrlarini ish rejimi o„zgarishi bilan o„zgarib 

borishi  haqida  tasavvurga  ega  bo„lish  uchun  pechning  ishchi  va  elektr 

xarakteristikalarini ko„rib chiqish kerak. 

Pechning energetik ish xarakteristikalari deb quyidagilar hisoblanadi: 

-

 

qurilmaning to„la aktiv quvvatini P



akt

. tokka bog„liqligi;  

-

 

yoy quvvati P



duga

 tokka bog„liqligi,  

-

 

elektr isrofi W



el

va issiqlik isrofini W

is

 tokka bog„liqligi;  



-

 

elektr FIK, quvvat koeffitsienti cosφ, eritishga ketgan elektroenergiya  



-

 

miqdoriG va erish davomiyligining τ tokka bog„liqligi. 



Transformator  ikkilamchi  chiqish  tarafidan  yoy  pechining  elektrodigacha 

bo„lgan  o„tkazgich  qisqa  tarmoq  deyiladi.  Qisqa  tarmoq  bo„ylab  juda  katta 

miqdordagi toklar oqqani uchun, uning o„tkazgichlari katta kesim yuzasiga ega va 

mis lentali paketlar, mis shinalar yoki suv bilan sovitiladigan trubalar ko„rinishida 

tayyorlanadi.  

Ekspluatatsiya  davomidagi  qisqa  tutashuvda  tok  sakrashlarini  chegaralash  va 

manbaning  pasayuvchi  xarakteristikasini  hosil  qilish  orqali  yoyning  yonishini 

stabillashtirish uchun drossel yoki reaktor xizmat qiladi. 

Yoy  pechli  qurilmalarda  o„ta  yuklanish  toklaridan  va  avariya  qisqa 

tutashuvlaridan  himoya  zarur.  O„ta  yuklanishdan  himoyani  odatda  pastki 

kuchlanish  tomonidan  sabr  vaqtli  maksimal  rele  yordamida  amalga  oshiriladi. 

Avariya qisqa tutashuv tokidan himoya yuqori kuchlanish tomonidan lahzali ishga 

tushuvchi maksimal rele orqali amalga oshiriladi. 

 


Download 220,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish