N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/121
Sana06.08.2021
Hajmi1,46 Mb.
#139652
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Bog'liq
9-sinf Ona tili

2-topshiriq.
  Biriktiruv bog‘lovchisining vazifalarini aniqlang.
Bilib oling. Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning payt, sabab-natija
munosabatlarida  bo‘lgan  qismlarini  bog‘lab  keladi.
Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma  gaplarda
ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi. Masalan:
Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Òol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon)
// Anor so‘zlar, (va) natijada  Zaynab qalbi Òol bargiday dir-dir qaltirar.
Eslab qoling. Ba’zan -u (-yu), -da yuklamalari ham biriktiruv
bog‘lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi.
57-mashq.
 Ko‘chiring. Qismlari biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma
gaplarni aniqlab, bu qismlar o‘rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini
ayting.
1. U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a
yetdi, qopni ag‘dardi-yu, muvozanatni saqlay olmay o‘tirib oldi. 2. Gulchehra
«piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi. 3. Mashhur qora qashqa ayg‘irining
chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan
gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. Òo‘satdan eshik sharaqlab ochildi va
ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini
endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
(O.Yoqubov)


25
58-mashq.
 Matnni o‘qing. Biriktiruv bog‘lovchilarini  topib, ularning gapdagi
vazifalarini  tushuntiring.
Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli sarkarda
yashagan ekan va uning dovrug‘i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga sovut-
dubulg‘asiz, qalqonsiz kirarkan hamda bu jangda uning qo‘shini  hamisha
g‘alaba qilarkan.
Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra  unga qalqon, sovut yasab
beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, sovut
kiygan holda qilich bilan paydo bo‘libdi. Shunda atrofdagilar ajablanib: «Ey
sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!» – deyishibdi. Sarkarda
bir xo‘rsinib javob beribdi: «Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim
olamdan o‘tdilar. U kishining duolari menga qalqon, sovut, dubulg‘a edi.
Endi u kishi yo‘qlar...»
59-mashq.
 Nuqtalar  o‘rniga  bog‘lovchilardan  mosini  qo‘yib ko‘chiring.
1. Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di..., keyin yana oftob charaqlab,
havo ilib ketdi. (P.Qodirov) 2. Ko‘pirar tomirlarda qon... portlar hademay
bu o‘tli vulqon. (G‘afur G‘ulom) 3. Kuzning o‘rtalarida havo bir-ikki daf’a
aynidi..., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) 4. Keta boshladim..., u
notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh. Õolmirzayev)
5. Bu yerda uzumzor va yong‘oqzorlar ko‘p edi, ... tog‘ manzarasi ham
boshqacha edi.
60-mashq.
  Va   bog‘lovchisi ishtirokida 4 ta qo‘shma gap tuzing. Qo‘shma gap
qismlari o‘rtasida qanday mazmuniy munosabat ifodalanayotganini ayting.
1. Biriktiruv bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap
qismlarini bog‘laydi?
2. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelgan va bog‘lovchisi o‘rnida qaysi
hollarda  -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llash mumkinligini aniqlang.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish