30-mashq.
«Hech kimga bermaymiz O‘zbekistonni» mavzusida kichik hikoya tuzing.
Unda undalmalar va kirish so‘zlardan foydalaning.
31-mashq.
Matnni ko‘chiring, kirish so‘zlarni toping, ma’nolarini tushuntiring.
— Menga shu yer yoqadi. Maqtanyapti demang, cho‘l yaxshi!
Haqiqatan, bu maqtanish emas, kelajakka dadil intilayotgan qalbning
o‘z hayotidan mamnunligi ifodasi, xolos.
—Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o‘zlashtirilmagan yer qolmaydi. Yaxshisi,
yana keling, o‘zingiz ko‘rasiz, — dedi meni kuzatib qolarkan Tursunoy.
Quvonchlarimni, mehrimni yashirolmadim.
—Men sizlarni yaxshi ko‘rib qoldim. Albatta, albatta, yana huzuringizga
kelaman. Yana ko‘rishguncha, — dedim sekin. (M. Ulug‘ova)
Do'stlaringiz bilan baham: |