3-topshiriq.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing, tinish
belgilarining qo‘yilishini tushuntiring.
4-topshiriq.
Uyga vazifa. O‘qing. Qo‘shma gaplarni aniqlab, avval
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni, so‘ng bog‘langan va ergashgan qo‘shma
gaplarni ko‘chiring.
Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi
bo‘y-basti, salobati unga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning eng yaqin tarbiyachisi
kitob. Shuni bilingki, u bolani ham aqlan, ham ma’naviy jihatdan boyitadi,
shakllantiradi. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli; ko‘zida chaqini,
ko‘ksida yolqini bor. Faqat mana shu shahd-u shiddatni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira
olishimiz kerak. Shundagina biz o‘z maqsadlarimizga erishamiz va farovon
hayot bizga muyassar bo‘ladi.
(Dilshod Rajab)
74
Do'stlaringiz bilan baham: |