175-mashq.
Mazmuni o‘zaro yaqin, lekin har xil bog‘lovchi vositalar bilan
bog‘langan qo‘shma gaplar tuzing. Ularning orasidagi farqni izohlang.
N a m u n a : 1. Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi.
2. Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.
3. Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi.
4. Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi.
5. Eshik ochildi, chunki xonaga rassom kirib keldi.
6. Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi.
7. Qachon eshik ochilsa, xonaga rassom kirib keladi.
Farqlar: 1- va 2-gaplarda qo‘shma gap qismlarida ifodalangan voqea-
hodisalarning birin-ketin sodir bo‘lishi, 3-gapda ularning bir-biridan uzil-
maganligi, 4-gapda voqea-hodisalarning tez almashganligi, 5- va 6-gaplarda
voqea-hodisalar o‘rtasida sabab-oqibat munosabatining mavjudligi 7-gapda
esa payt, shart munosabati ta’kidli tarzda ifodalangan.
Bog‘lovchili, ya’ni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarda qismlarda
ifodalangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat bog‘lovchisiz
qo‘shma gaplardagiga nisbatan aniqroq ifodalanadi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |