2-topshiriq. Bosh gapning egasi vazifasida kelayotgan ko‘rsatish olmoshini
aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani izohlang.
Bilib oling. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish
olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap-
ga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so‘zlar
(kim – o‘sha, nima – o‘sha kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida
qo‘llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi.
Gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda, ergash gap
kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh
gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog‘langanda esa ega ergash gap bosh
gapdan keyin keladi.