N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

215-mashq.
  Uyga vazifa.
  Alisher  Navoiyning  «Oldiga qo‘yganni 
yemoq – hayvonning ishi, Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi» 
hikmati  ustida  o‘ylab  ko‘ring.  Shu  haqda  matn  tuzing. 
http://eduportal.uz


97
49-dars. MATN VA GAP 
Topshiriq.
 
Matnni  o‘qing.  Ular  tarkibidagi  sodda  va  qo‘shma 
gaplarni  aniqlab,  gaplar  o‘rtasidagi  bog‘lanishni  tushuntirishga  harakat 
qiling.
Bir kuni taomlar o‘zaro bahslashib qolishibdi. «Men hammangdan 
zo‘rman, – deb maqtanibdi norin, – eng aziz mehmonga meni 
tortishadi». «Yo‘q, men hammangdan zo‘rman,  – debdi palov, – 
bejiz meni palovxonto‘ra deyishmaydi». Bir chekkada mung‘ayib 
o‘tirgan atalaning jahli chiqib ketibdi. «Bekor aytibsanlar, – debdi 
u, – hammangdan ham men zo‘rman – urush paytida hammang 
qochib ketib, dasturxonda bitta o‘zim qolganman». (X.Sultonov)
! Esda saqlang.
  Matn  tarkibidagi  gaplar  tuzilishiga  ko‘ra 
sodda  ham,  qo‘shma  ham  bo‘laverishi  mumkin.  Ular  mazmunan 
va  mantiqan  bir-biri  bilan  bog‘langan  bo‘ladi.  Muayyan  so‘z  va 
grammatik  shakllar  bu  bog‘lanishni  ko‘rsatib  turadi.       
216-mashq.
  Azim  Suyun  qalamiga  mansub  ota-bola  suhbatini  o‘qing, 
qo‘shma  gaplarni  topib,  izohlang.  Gaplarning  bog
‘lanishi  haqida  f
ikr 
bildiring. 
Bolaligimda  otam  bilan  tog‘da  cho‘ponlik  qilar  edim.  Bir 
kuni  ikkov  buloq  boshida  o‘tirar  edik,  beixtiyor  suvga  tupurib 
yuboribman.  «Suvga  tupurma,  bolam,  –  dedi  otam,  –  harom 
bo‘ladi». 
–  Oqib  ketayotgan  suv  ham  harom  bo‘ladimi?  –  dedim  men. 
–  Ha,  –  dedi  otam,  –  hamma  haromlik  bir  tupukdan  boshlanadi. 
 
217-mashq.
  Matnni  o‘qing,  vatanparvarlik  haqida  o‘z  fikringizni 
ayting.  Qo‘shma  gaplarga  izoh  bering. 
Vatan  inson  uchun  muqaddas,  uni  hech  narsa  bilan  almashtirib 
bo‘lmaydi,  u  o‘z-o‘zidan  sevilishga,  ardoqlanishga  va  qadrlanishga 
loyiq.
http://eduportal.uz


98
Vatanparvarlik  —  bu  shunday  nozik,  teran  tuyg‘uki,  u  faqat 
ona  suti  bilan  kirishi  va  jon  bilan  chiqishi  mumkin.  Fidoyilik 
vatanparvarlikning  bosh  belgisi  hisoblanib,  uning  oliy  ko‘rinishi 
jasoratdir. 
Vatanparvarlik  faqat  harbiy  xizmatda  yoki  jangda  namoyon 
bo‘lmaydi,  balki  mana  shu  zaminda  yashab  turgan  har  bir  insonning 
o‘z  uyi,  mahallasini  asrashi  ham  vatanparvarlikdir.  («Milliy istiqlol 
g‘oyasi: Vatan ravnaqi» kitobidan)

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish