N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

188-mashq.
 
To‘rtta  ko‘chirma  gapli  qo‘shma  gap  yozing.  Bu  gaplarni 
o‘zlashtirma  gapga  aylantiring.
1. Qanday  gapga  o‘zlashtirma  gap  deyiladi?
2. Ko‘chirma  va  o‘zlashtirma  gaplar  bir-biridan  nimasi  bilan  farq 
qiladi?
189-mashq.
  Uyga vazifa.
  Nuqtalar  o‘rniga  ko‘chirma  gaplar  qo‘ying. 
Ko‘chirma  gaplarni  o‘zlashtirma  gapga  aylantiring.
1.  Do‘stim  dedi:  «...».  2.  Sinfdoshim  mendan  so‘radi:  «...?» 
3. O‘qituvchimiz:  «...»,  –  dedi.  4.  Maktab  direktori  o‘quvchilarga 
qarata  dedi:  «...!»
43-dars. KO‘CHIRMA GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPGA 
AYLANTIRISH
Topshiriq.
  Berilgan  ko‘chirma  gapni  o‘zlashtirma  gapga  aylantiring. 
Qanday  qilib  o‘zlashtirma  gapga  aylantirganingizni  ayting.
Donolar  deydiki:  «Vaqting  ketdi  – baxting  ketdi».
Bilib oling. 
Ko‘chirma  gap  o‘zlashtirma  gapga 
aylantirilganda,  ko‘chirma  gapli  qo‘shma  gap  sodda  gap 
shaklini  oladi.
190-mashq.
  Daftaringiz  sahifasini  ikki  ustunga  bo‘ling.  Ustunning 
chap  tomoniga  to‘rtta  ko‘chirma  gapli  qo‘shma  gap  yozing.  O‘ng 
tomonida  esa  bu  gaplarni  o‘zlashtirma  gapga  aylantiring.  O‘zlashtirma 
gap  shaklida  qanday  o‘zgarishlar  bo‘lganini  ayting.
http://eduportal.uz


86
Namuna:
1.  –  Qizim,  umring  uzoq 
bo‘lsin,  –  dedi  yo‘lovchi.
2.  Yo‘lovchi  qizga  umri  uzoq 
bo‘lishini  tiladi.
191-mashq.
  Matnni  o‘qing.  Ko‘chirma  gaplarni  aniqlab,  ularni 
o‘zlashtirma  gaplarga  aylantiring.
Sinf    bo‘yicha    faqat    Xolmatda      motorli    velosiped  bor.    U  
bolalarni    velosi pedi  yoniga    yo‘latmas,  menga    bo‘lsa    hammaga  
eshittirib:  «Ilhom,  bir  kataysa  qilib  kelmaysanmi?»  –  derdi. 
Bilaman,  vazifani  mendan  ko‘ chirayotgani  uchun  shunday  qiladi.
Bir  kuni  qiziq  bo‘ldi.  Yozma  ishimni  u  ko‘chirayotganida, 
Iskandar  aka  payqab  qoldi:
«Sen  do‘st  emassan,  –  dedi  Iskandar  aka,  –  do‘st  o‘rtog‘ini 
yengilning  ostidan,  og‘irning  ustidan  yurishga  o‘rgatmaydi».
Tanaffusda  Xolmatni  bir  chetga  tortdim-da:  «Bundan  keyin 
o‘qi.  Endi  daftar  berish  yo‘q»,  –  dedim.  (A. Ko‘chimov)
192-mashq.
  Ko‘chirma  gaplarni  o‘zlashtirma  gaplarga  aylantiring  va  
ular  o‘rtasidagi  farqlarni  ayting.
1.  Qadimgilar  demishki:  «O‘z  uyim  –  o‘lan  to‘shagim». 
2. «Kamgaplik,  –  deydi  Hamid  Olimjon,  –  donolik  yo‘lining 
boshlanishi».  3.  Mahmudxo‘ja  Behbudiy:  «Maktab  dunyo 
imoratlarining  eng  muqaddasi  va  qadrlisidir», –  deb  yozadi. 
4.  «So‘z  –  qolip,  fikr  –  uning  ichiga  quyilgan  g‘isht»,  –  deb 
yozadi  Abdulla  Qodiriy. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish