N. M. Kayumova



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

o 'y n a y d i. 

Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapir- 

ishlari  bolaga  buyumlarning  u  yoki  bu  xususiyatlariga  ijobiy 

munosabatda  bo'lishlariga  yordam  beradi.  Va,  aksincha,  kat­

talarning  ogohlantiruvchi  ovozi,  ular yuzidagi tundlik aloma- 

ti yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hoka- 

zolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy muno­

sabatni shakllantiradi.

Bola  hayotining  ikkinchi  yilida  uning  idroki  sekin-asta  ta- 

komillasha  boradi.  Bolalar  endi  faqat  borliq  xususiyatlarini 

emas,  shu  bilan  birga  san'at  asarlaridagi  ayrim  estetik  ifoda 

vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda 

musiqaning  quvnoq  va  g'amgin  kuylariga,  ularning  qattiq  va 

sokin  ohangiga,  ohista  va  tezligiga  javob  ta’siri  paydo  bo'ladi 

va hokazo.

O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlan-



206


ishida muhim  o'zgarishlar yuz beradi.  Ularning estetik idroki 

ancha  aniq va tabaqalashgan  bo'lib  qoladi.  Ammo  shunga  qa- 

ramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziq- 

ishiga bog'Iiq bo'ladi.

Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baho- 

lay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tas- 

vir mohiyatini tushunadigan bo'lib qoladilar.

Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, 

ta'sirli,  faol  tusda  bo'ladi.  Bu  ayniqsa,  ular  qo'g'irchoq  teat- 

ri,  kino,  multfilm,  telespektakllarni  tomosha  qilganlarida  an­

iq namoyon bo'ladi.  Bolalar asar qahramonlari harakatiga be- 

malol  qo'shilib  harakat  qiladilar,  ularda  muayyan  vaziyatda 

o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga 

o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan 

san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir 

xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning 

ba'zi  bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning  bir xil  tur- 

larini  (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va 

hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.

Tasvirda  badiiy,  musiqa,  teatrlashtirish  kabi  hamma  faoli- 

yatlarda  qo'yilgan  vazifani  bajarishda  mustaqillik,  ijodkorlik- 

ka intilish namoyon bo'la boshlaydi. Bolalar o'yinga tushganda, 

ashula  aytganda, sahnalashtirish o'yinlarida obrazlarning ifo- 

dali bo'lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.

Katta  guruhning  oxirlariga  kelganda  ular  musiqani,  badi­

iy  asarlarni  diqqat  bilan  tinglaydilar,  tasviriy  san'at  asarlari­

ni sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xat- 

ti-harakatlaridan  quvonadilar,  yomonlikni  qoralaydilar.  Bola­

da musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi.  Ular­

da ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga 

nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'ladi.

Bolalarda  badiiy-ijodiy  qobiliyat  rivojlana  boshlaydi,  ular 

mustaqil  ravishda  topishmoqlar,  ashulalar,  ertaklar,  she'rlar 

to'qiydilar,  applikatsiya  va  rasmlar  ishlaydilar.  Endi  ular



207


o'zlarining va  o'rtoqlarining ishlarini  baholaydigan  bo'lib  qo- 

ladilar.


Kuzatayotgan san'at asariari,  eshitayotgan musiqa asarlari, 

o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, 

seza  boshlaydilar.  Badiiy  asarlardagi  ba'zi  she'riy  obrazlarni 

eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi 

go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlar- 

iga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.

Shunday  qilib,  maktabgacha  ta'lim  yoshi  davri  tarbiyaviy 

ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan 

va  uning bola  shaxsini  shakllantirishda tutgan  o'rnidan  kelib 

chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish