N. M. Kayumova



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini  rejalashtirib  olish­

ga o'rgatish.

3. O'z  ish  joyini  tayyorlab  olishga,  mehnat  madaniyatiga 

o'rgatish.

4. Mehnat malakasi va ko'nikmalarini o'rgatish.

5. Bajarilgan  mehnatning natijasi,  sifati  va  ahamiyati,  qan­

cha  vaqtda  bajarilganligiga  qarab  o'zining  va  boshqalarning 

ishini to'g'ri baholashga o'rgatish.

6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.

7.  Jamoa  mehnat faoliyati vaqtida bolalarda  ijobiy munosa- 

batlarni shakllantirish.

Maqsad  qo'yish.  Maqsad  qo'yish  kattalar  taklif  etgan 

maqsadni  qabul  qilishdan  boshlab  to  o'zi  mustaqil  maqsad 

qo'yadigan  bo'lguncha  rivojlanib  boradi  (o'simlikka  suv  qu- 

yishdan to uni o'stirguncha). Bolalarning o'z oldilariga maqsad 

qo'yib ish bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga 

rioya qilish zarur:

1. Bolalar mehnat  qilishdan  ko'zlangan  maqsadni  tushunib 

yetishlari kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, 

undan ko'zlangan natija nima?);

2.Kutilgan  natijani  rasm,  qurilma  va  shunga  o'xshashlar 

tarzida ko'rsatmali tasavvur eta bilish;

3. Ishning mo'ljallangan vaqtda bajarilishi;

4. Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi  (masalan, ko'chat 

o'tkazish, o'simlikni sug'orish, ularni parvarish qilish va hoka- 

zo) kerak.



233


Bola o'z mehnatidan ma'lum bir natijaga ega bo'lishni  ang- 

lab  yetgan  taqdirdagina  u  mehnat  faoliyatining  maqsadini 

mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi.

Mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olish -  Maktab­

gacha  ta'lim  yoshidagi  bolalar  mehnati  jarayonining  muhim 

tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bil- 

masa,  u  hech  qachon  mehnat natijasiga  erisha  olmaydi.  Bola­

lar mehnat malakalari  va  ko'nikmalarini  egallab  olganlarida- 

gina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda 

ipni o'lchab kesib  olish,  ninaga o'tkazish,  uchini  tugish, tikish; 

o'yinchoq  yasash  uchun  egish,  bukish,  taxlash,  burchaklarini 

bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olish- 

lari kerak bo'ladi. Bu ish harakatlarini maTum tartib  bilan ba­

jarish uchun har bir bola o'z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola 

bilishi kerak.

Avvaliga  mehnat  faoliyatini  rejalashtirib  olishni  bolalarga 

: tarbiyachi  o'rgatadi:  mehnat  maqsadini  tushuntiradi,  kerakli 

materiallarni,  mehnat qurollarini  tanlaydi  va  uni  har bir bola 

oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayoni­

ni qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.

O'rta  va  katta  guruhlarga  borganda  bu  harakatlarni  mus­

taqil  bajarishga  o'rgatadi.  Bunining  uchun  bolalarga  quyidagi 

savollar bilan murojaat qilib boradi:

234



1.  Biz nima qilamiz?

2.  Buning uchun nima qilishimiz kerak?

3.  Ishimiz  uchun  nimalar,  qanday  materiallar,  qanday  ish 

qurollari kerak?

4.  Bu material va ish qurollaridan foydalanish qulay bo'lishi 

uchun ularni ish o'rnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?

5.  Ishni  nimadan  boshlab,  qanday  davom  ettirishimiz  ke­

rak?  (savol  mehnat  oddiy va  murakkabligi,  mazmuniga  qarab 

bir necha marta takrorlanishi mumkin).

6.  Ishni qanday tugatamiz?

Mehnat  faoliyatini  rejalashtirib  olishga  o'rgatish  mehnatni 

sifatli bajarishga va mehnat madaniyatiga o'rgatadi.

Natija  -   mehnat  faoliyatining  muhim  tarkibiy  qismi  bo'lib, 

uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak.

Natijaga  erishish  bolalarda  mehnat  qilish  odatini,  mehnat- 

sevarlikni  tarbiyalaydi,  mehnat  harakatlarini  sifatli  bajarish­

ga o'rgatadi.

Mehnatning sababi, ya'ni bola nima uchun  mehnat qilishini 

bilishi kerak. Bu quyidagi shart-sharoit ta'sirida rivojlanadi:

1.  Bolalar  mehnatidan  keladigan  natijani  va  uning  ijtimoiy 

mohiyatini bilishlari kerak.

2.  Bolalar yasagan buyumlardan MTMda, oilada foydalanish 

kerak.

3.  Bolalarning  ijtimoiy-foydali  mehnatini  amaliy  jihatdan 



tashkil etish.

4.  Bolalar  mehnatining  natijasini,  uning  boshqa  kishilar 

uchun foydasini baholash.

Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar 

bilan  egallab  olinishi  maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalar 

mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.

MTMda  mehnatni  tashkil  etish  shakllari.  Maktabgacha 

ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining asosiy shakllari quyidagi- 

lardan  iborat:  o'z-o'ziga  xizmat  qilish,  topshiriqni  bajarish, 

yakka  tartibdagi  mehnat,  navbatchilik,  qo'l  mehnati  bo'yicha 

mashg'ulotlar,  jamoa  mehnati,  o'z-o'ziga  xizmat,  topshiriqni

235



bajarish,  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalar  mehnat  faoli- 

yatining boshlang'ich shakli hisoblanadi.

O'z-o'ziga  xizmat  qilish  bolalar  mehnatining  shakli  sifati­

da yosh guruhlarida tashkil  etiladi.  U kun tartibidagi  uyqu va 

sayr dan  oldin  va  keyingi  jarayonlar:  ovqatlanish,  kiyinish  va 

yechinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog'liqdir. 

(Bu mavzu «Jismoniy tarbiya» bobida batafsilroq yoritilgan.)

Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi: u yakka tartib­

da  va guruhiy bo'lishi  mumkin.  Kichkina  guruhlarda bolalar­

ga uncha murakkab bo'lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar 

beriladi: «O'yinchoqni, kitobni, stulni olib kel, o'rniga olib borib 

qo'y,  tushki  ovqat  uchun  stol  ustiga  qoshiqlarni  qo'yib  chiq». 

Bunday topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylar- 

da ham bajarishlari mumkin.

O'rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriq­

lar ancha murakkab bo'lib, ular endi xonadan tashqarida baja- 

rishga mo'ljallangan va ikkinchi bir kishiga murojaat qilish bi­

lan bog'langan bo'ladi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachi- 

siga, enagaga, shifokorga, hamshiraga murojaat qilish va hoka- 

zo.


Bu  guruhlarda  topshiriqlar  2-3  boladan  tashkil  topgan 

kichik guruhlar tomonidan bajarilishi mumkin (o'yinchoqlarni 

yig'ishtirish, gullarga suv qo'yish, to'kilgan barglarni terib, te­

gishli joyga olib borib tashlash kabi}.

Maktabga tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana 

ham murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlik va 

boshqa  kishilarga mehribonlarcha  munosabatda bo'lish  hissi- 

ni shakllantirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin: kichkina guruh 

bolalarini  sayrga  chiqishdan oldin,  uyqudan keyin kiyinishiga 

yordam berish;  ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab  be­

rish, enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib 

kelishga yordamlashish va hokazo.

Topshiriq  uzoq  vaqt  bajarilishi  mumkin.  Masalan,  ma'lum 

bir  gul  yoki  bir  qancha  gullar  bir  hafta  davomida  parvarish



236


qilinishi yoki bu ish yanada uzoqroq cho'zilishi mumkin (biror 

o'simlikni ekish va o'stirish).

Tarbiyachi  bolalarning  topshiriqni  bajarishlariga  rahbar­

lik qilish bilan ham axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim 

tomonlarini  amalga  oshiradi,  mehnatda  qatnashish  istagini, 

o'rtoqlariga g'amxo'rlik va e'tibor bilan qarash ruhini singdira- 

di, bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro xushmuoma- 

la  bo'lishga  odatlantiradi,  topshirilgan  ishda  burch  va  javob- 

garlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiya- 

laydi.


Navbatchilik -   bu jamoa  uchun  mo'ljallangan  mehnat  faoli­

yatining  shakli  bo'lib,  u  majburiy tartibda  bajariladi.  Bolalar­

ning  navbatchiligi  ikkinchi  kichik  guruhda  yil  oxiridan 

(oshxonada) boshlanadi.

Barcha  bolalarning  mehnatda  doimiy  ishtirok  etishlarini 

ta'minlash 

uchun 

navbatchilikning 



xilma-xil 

turlari 


uyushtiriladi: 

oshxonada 

(hamma 

yosh 


guruhlarida), 

mashg'ulotga  tayyorlanishda  (o'rta  guruhdan  boshlab), 

o'simlik va hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga 

tayyorlov guruhlarida).

Ikkinchi  kichik  guruhdagi  bolalar  oshxonada  navbatchilik 

qiladi.  Birdaniga  4-5  bola  navbatchilik  qilishi  mumkin,  har 

bir  bola  1-2  stolni  bezatadi..  Katta  va  tayyorlov  guruhlarida 

bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, 

kech tushki va kechki  ovqatga  dasturxon tuzatish,  ovqatlanib 

bo'lingandan 

keyin 

idish-tovoqni 



ovqat  tarqatiladigan

237


stolga  yig'ishtirish,  stollar  ustini  tozalab  olish,  enagaga  choy 

idishlarini  yuvishda  yordam  berish  shular  jumlasidandir.  Bu 

yoshdagi  bolalar  ikkitadan  navbatchilik  qilishadi,  ammo  har 

bir bolaning ish hajmlari ko'payadi.

Mashg'ulotlarga  tayyorgarlik  bo'yicha  navbatchilik  qilish 

o'rta  guruhda  -   bolalar  oshxonada  navbatchilik  qilishni  bilib 

olganlaridan keyin kiritiladi.  Bu navbatchilar stol va stullarni, 

mashg'ulotga kerakli materiallarni, qo'llanmalarni mashg'ulot- 

ga tayyorlaydilar va xonani tartibga soladilar.

Katta  guruhdan  boshlab  bolalar  tabiat  burchagida 

navbatchilik  qila  boshlaydilar.  Navbatchilikning  bu  turi  ham 

tarbiyaviy, ham ta'limiy ahamiyatga ega.

Navbatchilikning  bu  turida  ham  bolalar  ikkitadan 

tayinlanadi:  biri  o'simliklarni  parvarish  qilsa,  ikkinchisi 

jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo'sh qolsa, ikkinchisiga 

yordam beradi.

Navbatchilikning  hamma  turi  yaxshi  tashkil  etilganda 

foydali  bo'Iadi.  Navbatchilikni  boshlashdan  oldin  «Biz 

navbatchilik  qilamiz»  degan  mavzuda  mashg'ulot  o'tkazish 

mumkin.  Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni  boshlash­

dan  oldin  tarbiyachi  mashg'ulot  o'tkazib,  bolalarni  tabiat 

burchagida  nimalar  borligi,  o'simlik  va  hayvonlarni  qanday 

parvarish  qilish  haqida  suhbat  o'tkazadi.  Tarbiyachi  tabiat 

burchagida  yashovchilarni  har  kuni  va  to'g'ri  boqish, 

o'simliklarni  sug'orish  va  yuvish,  qurigan  shoxcha  barglarini 

qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, ish usullarni tushuntiradi.

Tarbiyachi  bolalarni  o'simlik  va  hayvonlarni  kuzatishga, 

o'zgarishlarni  aniqlab  borishga,  burchakdagi  o'simlik  va 

hayvonlarga  g'amxo'rlik  bilan  munosabatda  bo'lishga,  ularda 

yuz  beradigan  o'zgarishlarni  ko'ra  bilish  va  ular  to'g'risida 

so'zlab  berishga  o'rgatadi.  Yozda  navbatchilarga  ertalab 

gulpushtalarni  sug'orish,  guldasta  tuzash,  gul  solingan 

guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.

238



Maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalari  hayvonlarga  ovqat 

berish  vaqtini,  miqdorini,  ovqatni  mustaqil  tayyorlashni, 

kataklarni tozalashni bilishlari kerak.

Navbatchi la ruing  vazifasi  va  bajargan  ishining  sifati 

nazorat  qilib  boriladi.  Bunday  nazoratda  bolalarning  o'zlari 

qatnashsalar yana ham yaxshi bo'ladi.

Ba'zan  navbatchilarning  ish  natijalari  bolalarning  uyga 

ketar  oldidan  muhokama  qilinadi.  Tarbiyachi  bolalarga: 

bugun  navbatchilar  o'z  vaqtida  keldimi?  Ular  hamma  ishni 

qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to'g'ri tuzatildimi? 

Navbatchilar  hamma  narsani  vaqtida  bajarib,  o'ynashga 

ham  ulgurdilarmi?  Kim  yaxshiroq  va  chiroyli  bajardi?  kabi 

savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni 

almashtirib  turiladi,  bu  har  bir  bolaning  navbatchilikning 

har  xil  turlarida  qatnashishiga  va  turli  mehnat  malakalarini 

egallab olishiga imkon yaratadi.

Navbatchilik ishlari bolalarning sog'lig'iga zarar yetkazmay- 

digan  (suyuq  ovqatlarni,  choyni  bolalar  tarqatmaydilar,  og'ir 

narsalarni  bolalar  ko'tarmaydilar  va  hokazo]  qilib  tashkil 

etilishi  kerak.  Navbatchilik  uchun  hamma  kerakli  jihozlar 

bo'lishi  lozim,  bolalar  ulardan  mustaqil,  ehtiyotlik  bilan 

foydalanishga,  ishdan  keyin  joyiga  yig'ishtirib  qo'yishga 

o'rgatiladi.

Ayniqsa,  navbatchilarni  guruhlashga  e'tibor  berish  juda 

muhimdir:  passiv  bolalarni  faolroqlari  bilan,  navbatchilikni 

endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar bilan birga tayinlash 

kerak.  Lekin  bunda  faol  bolalarning  passiv  bolalar  ishni 

bajarishlariga  yo'l  qo'ymaslik  darkor.  Navbatchilarni  tanlash 

va  tayinlash  har  xil  bo'lishi  mumkin:  bolalarning  xohishiga 

qarab stollar bo'yicha, ro'yxat bo'yicha, sekin-asta navbatchilik 

galini bolalar o'zlari eslab qoladilarva shu tartib bilan borishini 

nazorat qilib boradilar.

Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod 

bo'lishini bildirmaydi, ovqatni yeb bo'lgan har bir bola o'zining 

idishini  stol  ustiga  taxlab  qo'yadi,  salfetkani  ham  ma'lum

239



joyga qo'yishadi, stol ustidagi uvoqlarni  maxsus  cho'tka bilan 

idishga  yig'ib  olishadi.  Mashg'ulotdan  keyin  ham  shu  hoi 

takrorlanadi;  har bir bola o'zining qalamini  qalamdonga solib 

qo'yadi,  o'z  mo'yqalamlarini  yuvib,  qiyqimlarni  yig'ishtirib 

qo'yishadi  va  h.k.  Eng  muhimi  -   bolalarda  o'zaro  mehr- 

muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo'lidan kelgan yordamini 

ayamaslikka o'rgatish kerak. Bularning hammasiga tarbiyachi 

rahbarlik qiladi.

Bolalarning  mehnat  tarbiyasini  tashkil  etish  shakllaridan 

yana biri qo'l mehnati bo'yicha mashg'ulotdir. Bilim va malaka 

birinchi  marta  berilayotgan  bo'lsa  va  tushuntirish  hamda 

barcha  bolalarga  yaqqol,  ko'rgazmali  qilib  ko'rsatishni  talab 

etgan hollarda ana shunday mashg'ulotlar o'tkaziladi.

Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini 

shakllantirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Jamoa  mehnatida 

birgalikda  harakat  qilish,  o'zaro  yordam,  shu  bilan  birga 

mehnat  taqsimoti  ham  mujassamlashgan  bo'ladi.  Bunda 

mehnat  yutuqlaridan  birgalikda  quvonadilar,  ish  yaxshi 

chiqmasa birgalikda qayg'uradilar.

Mehnatda  bolalarning  birlashishlari  tarbiyaviy  vazifaga 

qarab  har  xil  shaklda  bo'ladi.  «Yonma-yon  mehnat»da 

hamma bolalar bitta ishni bajaradilar,  ammo  har bittasi o'sha 

umumiy  ishning bir  qismini  bajaradi  (bittasi  mo'yqalamlarni 

yig'ishtiradi,  boshqasi  bo'yoqlarni  va  h.k,).  Ishning  bunday 

tashkil etilishi bolalarni mehnat malakalariga o'rgatishda ham, 

ularning ishini nazorat qilib turishda ham o'ng'aylik tug'diradi.

«Umumiy mehnat»da har bir bola o'z ishini bajaradi, ammo 

oxirida hamma qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har 

bir bola xamirdan uzib olib pechene yasaydi va u bitta idishga 

solib pishirishga qo'yiladi, pishgandan keyin bitta idishga solib 

bolalar mehmon qilinadi). Yoki hamma bolalar guruh xonasini 

yig'ishtirishadi  -  har bir bola biron ishni bajaradi, yig'ishtirib 

bo'lingach,  natija  bitta  qilib  yakunlanadi.  (hamma  yaxshi 

ishladi,  shuning  uchun  guruh  xonasi  toza,  saranjom-sarishta, 

chiroyli bo'lib qoldi).

240



Birgalikdagi  mehnat  quyidagicha  tashkil  etilishi  mumkin: 

masalan,  xonani yig'ishtirishda  bolalarning bittasi  o'yinchoq- 

larni yuvadi, ikkinchisi artadi, uchinchisi o'yinchoq tokchasini 

tozalaydi  va  unga  o'yinchoqlarni  teradi.  Yoki  tabiatdagi 

mehnatda  bittasi  tuvaklarga  qum  va  tuproqlarni  soladi, 

ikkinchisi  urug'  yoki  ko'chatni  o'tkazadi,  uchinchisi  joyiga 

olib borib  qo'yadi.  Bu yerda bolalarning ish harakatida o'zaro 

mutanosiblik  bo'lishi,  ya'ni  har  bir  bola  bir  xilda  chaqqonlik 

bilan harakat  qilishi  kerak,  buning  natijasida  ma'lum  mehnat 

munosabatlari yuzaga keladi. Bunday vaziyatda tarbiyachining 

bolalar  o'rtasida  to'g'ri  munosabat  o'rnatishga  qaratilgan 

bevosita rahbarligi zarur.

Bunday rahbarlik, ma'lum izchillikda amalga oshiriladi.

Tarbiyachi  bolalarga  bir  necha  kishilar  birgalikda  biron 

ishni  bajarayotganligini,  ularning  ishi  bir-biriga  bevosita 

bog'liqligini,  ulardan  har  biri  umumiy  ishning  biron  qismini 

bajarayotganini,  ish  qanday izchillik bilan amalga oshirilayot- 

ganini  tushuntiradi  (buning  uchun  tushuntirish,  hikoya  qilib 

berish, bolalar badiiy adabiyotidan foydalanadi).

Bolalarning  kichkina  guruhi  bilan  ularning  birgalikdagi 

mehnatini tashkil etish. Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida 

tashkil etiladi.

Bolalarning  mehnat  faoliyatini  rejalashtirganda  tarbiyachi 

uni  mehnat  jarayonida  amalga  oshiriladigan  tarbiyaviy 

vazifalariga ko'ra belgilaydi.

Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari. 

Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmuni- 

ni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoit- 

lar  yaratilishi  kerak.  Bolalar  mehnati  uchun  joy  va  vaqt, 

gigiyenik shart-sharoit yaratilmog'i lozim. Ozodalik, toza havo, 

kerakli darajadagi yorug'lik, mehnatning bolalar imkoniyatiga 

muvofiq  bo'lishi,  mehnat vaqtini  bolalar yoshiga  qarab  to'g'ri 

belgilash (kichikyoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh 

bolalari uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib 

turishni ham e'tiborga olish kerak.

241



Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtiri- 

lishi  lozim.  U  ma'lum  izchillik  bilan  amalga  oshirib  borilishi 

kerak.

Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarli miqdorda 



kerakli  qurollar,  asboblar  bo'lishi,  ular  bolalarning  yoshiga, 

imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil foydalanadigan qilib 

joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha, 

qo'lqopcha,  idish  yuvish  uchun  klyonkadan  fartuklar  zarur. 

Ovqat  tayyorlash  uchun  kichikroq  pichoqlar,  tarelkalar, 

o'qlovchalar,  xamir  qorish  uchun  tog'orachalar,  shaklchalar 

kerak  bo'ladi.  Xonani  tozalash  uchun  toza  latta,  kichikroq 

tog'oracha,  stoldan  uvoqlarni  yig'ib  olish,  polni  supurish 

uchun cho'tkalar, axlatni yig'ib olish uchun xokandozlar kerak. 

Kir  yuvish  uchun  tog'ora,  chelakchalar,  kichkina  dazmol 

taxtasi,  kiyim  tozalash  uchun  cho'tka,  supurgi,  tikish  uchun 

tugmachalar  solingan  quticha,  ip,  nina,  mato  parchalari, 

o'yinchoqlarni yasash va  singanlarini,  buzilganlarini tuzatish 

uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg'achalar, mixlar, qisqich, 

yaxshi  randalangan taxtachalar,  karton,  ip,  arqon,  tashlandiq 

materiallar,  gugurt  qutilari,  konfet,  atir  qutichalari,  ipdan 

bo'shagan  g'altaklar  va  hokazolar  zarur.  Guruh  xonasidagi 

tabiat  burchagida,  MTM  hovlisidagi  polizda,  gulzorda  ishlash 

uchun  belkurak,  xaskash,  supurgi,  kichkina  zambilchalar, 

chelakchalar,  leyka,  savatchalar  kerak bo'ladi.  Barcha  buyum 

ishlatib bo'lingandan keyin tozalab joyiga qo'yiladi.

Bolalarga  to'g'ri  mehnat  tarbiyasi  berishda  kattalarning 

bir-biri  bilan  o'zaro  do'stona  munosabat  bilan  hamkorlikda 

ishlashlari ijobiy natija beradi.

Mehnat  tarbiyasi  masalalari  MTMning  yillik  rejasida 

aks  ettiriladi  va  tarbiyachilarga  mehnat  tarbiyasini  to'g'ri 

rejalashtirish va amalga oshirilishida yordam beradi.

MTMda  mehnat  tarbiyasini  to'g'ri  tashkil  etish  va  unga 

rahbarlik  qilish  yosh  avlodni  har  tomonlama  tarbiyalash 

vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish