N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi


Organizmlarning kо‘payishi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Organizmlarning kо‘payishi 
 
Barcha  tirik  mavjudot  о„zlariga  xos  bо„lgan  hayotni  yashaganlaridan  sо„ng 
о„limga  mahkumdirlar.  О„lgan  organizmlar  о„rniga  yangi  organizmlar  vujudga 
keladi.  Har  bir  jonzotga  о„ziga  о„xshagan  organizmni  yaratish,  zurriyot  qoldirish 
xususiyati  xosdir.  Shu  tufayligina  mavjudotlar  olami  saqlanib  qoladi. 
Organizmlarning kо„payishi evolyutsion tarzda takomillashib boruvchi jarayondir. 
Jonzotlar  turli  usulda  kо„payadi,  ularning  barchasini  jinssiz  va  jinsiy  kо„payish 


103 
 
xiliga bо„lish mumkin. 
Jinssiz  kо‘payish
.  Jinssiz  kо„payish  eng  sodda,  evolyutsiya  jarayonidagi  ilk 
bor  kо„payish  usulidir.  Bu  usul  bilan  kо„payishda  bitta  organizm  ishtirok  etadi. 
Shu  organizm  о„z  avlodlariga  barcha  xususiyatlarini  deyarli  о„zgarmagan  holda 
о„tkazadi. Jinssiz kо„payishning bо„linish, endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, 
sporogoniya, vegetativ kо„payish xillari farqlanadi. 
Kо„payishning  bо„linish  usuli  bir  hujayrali  jonzotlarga  xosdir.  Bо„linish 
usulidagi  kо„payish  organizmning  mitoz  yо„li  bilan  kо„payishidir.  Bо„linish 
natijasida  hosil  bо„lgan  ikki  avlod  (hujayra)  о„rtasida  genetik  axborot  va  ichki 
tuzilmalar  tengma-teng  taqsimlanadi.  Hosila  organizm  (hujayra)  о„sadi  va  qayta 
bо„linishga tayyorlanib, sо„ng yangi organizmni yaratadi. 
Endogoniya
 – bu organizm (hujayra) ning alohida ichki kurtaklanishi bо„lib, 
ona hujayrada ikkita qiz organizm hosil bо„ladi, ya‟ni bir ona hujayra ichida, uning 
umumiy  hujayra  qobig„i  ostida  ikki  qiz  hujayra  shakllanadi,  shunday  qilib  ona 
Hujayra faqatgina ikki avlod beradi. Shu yо„sinda, masalan bir hujayrali parazit – 
toksoplazmaning kо„payishi rо„y beradi. 
Shizogoniya.
  Ayrim  bir  hujayralilarda,  masalan,  bezgak  plazmodiysining 
jinssiz kо„payishi kо„p marta bо„linish – shizogoniya usuli bilan kechadi. Hujayra 
(organizm)  shizogoniya  bilan  kо„payganda,  dastavval  uning  yadrosi  birin-ketin 
kо„p  marta  bо„linadi,  hujayra  sitoplazmasi  esa  bо„linmaydi  –  sitokinez  rо„y 
bermaydi.  Sо„ngra,  ona  hujayra  ichidagi  har  bir  hosila  yadro,  bо„linib  ketgan, 
mayda  sitoplazma  bilan  о„raladi  –  bir  qancha  qiz  hujayra  (organizmlar)  paydo 
bо„ladi.  Qiz  hujayradagi  irsiy  informatsiya  belgilari  ona  organizmi  belgilariga 
monand  ravishda  bо„ladi.  Odatda,  bu  xildagi  kо„payish  jinsli  kо„payish  bilan 
almashinib turadi. 
Spora  hosil  qilish  (spopogoniya).
  Bu  xil  kо„payish  ayrim  о„simlik  va  bir 
hujayrali mavjudotlarning kо„payish usuli hisoblanadi. 
Masalan,  bezgak  plazmodiysi  va  toksoplazma  sporogoniya  usulida 
kо„payadi.  Spora  –  bu  kо„payish  jarayonini  ta‟minlovchi  va  tashqi  ta‟sirdan 
saqlanish  uchun  qobiqqa  о„ralib  olgan  hujayralar  tо„plamidir.  Jinssiz 


104 
 
kо„payishning  bir  xili  bо„lgan  sporogoniyani  ayrim  bakteriya  (yoki  bir  hujayrali 
organizm  –  masalan,  ichak  balantidiysi,  lyambliya)larning  spora  hosil  qilishidan 
farqlamoq  lozim.  Bu  xil  sporalanish  kо„payish  uchun  emas,  noqulay  sharoitdan 
saqlanishgagina xizmat qiladi. 
Kurtaklanish  usuli  bilan  kо„payishda  ona  organizmi  (hujayra)da  yadroning 
bir qismini tutgan sitoplazmatik dо„mboqcha – kurtak paydo bо„ladi. Dо„mboqcha 
о„sadi  va  ona  qismdan  ajraladi.  Ayrim  bakteriyalar  va  kipriklilar  shu  zaylda 
kо„payadi. 
Vegetativ  kо„payish  usulida  kо„p  hujayrali  organizm  tanasining  bir 
qismidagi  hujayralar  tо„plamidan  yangi  organizm  hosil  bо„ladi.  Masalan,  gidralar 
kо„payishida ona  organizmidan hujayralar  tо„plamidan  iborat  kurtak hosil bо„ladi 
va sо„ng u ajralib, alohida organizmni yaratadi. 
Vegetativ kо„payish (masalan, gidralarda) jinsiy kо„payish bilan almashinib 
turadi. Halqali va kiprikli chuvalchanglar ma‟lum qismlarga bо„linib har bir qism 
о„z navbatida yangi organizm hosil qilishi mumkin. 
Organizmlar  vegetativ  kо„payishining  bir  turiga  poliembrioniya  deyiladi. 
Bunda  yetilayotgan  organizm  (embrion)  bir  necha  bо„lakka  bо„linib  har  qaysi 
bо„lakdan  alohida  organizm  rivojlanadi.  Poliembrioniya  ayrim  hasharotlarda 
(«yaydoqchi  ari»)  va  sutemizuvchilarda  uchraydi.  Umuman  bir  tuxumli 
egizaklarning  hosil  bо„lishini  poliembrioniya  uchun  yaqqol  misol  qilib  kо„rsatish 
mumkin. 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish