Hujayra evolyutsiyasi.
Eukariot hujayralar prokariot hujayralardan hosil
bо„ladi. Eukariot hujayrasining hosil bо„lishi haqida bir necha nazariyalar mavjud.
Shulardan biri Margulisning
hujayralar simbiozi
nazariyasidir. Simbiotik
nazariyaga kо„ra eukariot hujayralarining har bir tuzilmasi qadimiy prokariotlar
ajdodi hisoblanadi. Bu nazariyaga kо„ra evolyutsiyaning ilk bosqichida bijg„ish
hisobiga yashovchi ayrim prokariotlar aerob bakteriyalarni fagotsitoz qilgan,
ammo ular saqlanib, fagotsitoz qilgan hujayra bilan birgalikda yashayvergan.
Buning natijasida aerob va anaerobdan iborat birga hayot kechiradigan yagona
tuzilma shakllana borgan. Bunday simbiotik jarayon ikkala organizm uchun ham
foydali bо„lganligidan, ular birgalikda yashab ketganlar va bu holat irsiyatga ham
о„tgan. Bunday simbiotik holat tabiatda ham uchrab turadi. Masalan, ayrim
amyobalar mitoxondriyaga ega bо„lmasa ham о„zlarida organik moddalarning
aerob parchalanishini ta‟minlovchi bakteriyalarni saqlaydi: fotosintez jarayoni rо„y
beruvchi aerob organizmga – kо„k yashil suv о„tiga eukariot hujayra hosil qiluvchi
25
dastlabki tuzilma, deb qaraladi. Hujayra mitoxondriyasining bir qadar avtonom
tuzilma ekanligi simbiotik nazariyaning tо„g„riligidan dalolatdir.
Ma‟lumki, mitoxondriya о„zining xususiy genetik apparatiga ega bо„lib,
unda hujayraga bog„liq bо„lmagan holda reproduksiya jarayoni rо„y beradi.
Mitoxondriya
va bakteriya
membranalari
umumiy
xususiyatlarga
ega.
Mitoxondriya DNKsi gistonlardan xoli bо„lib, bakteriyalarniki kabi halqasimondir.
Shunga qaramay simbiotik nazariya ham eukariotning kelib chiqishini tо„laligicha
izohlab bera olmaydi. Chunki mitoxondriyaning kо„pgina oqsillari hujayra
yadrosida kodlanadi; yadro va mitoxondriya membranalarining ikki qavatliligi
tо„la izohlanmaydi.
Eukariot hujayrasining paydo bо„lishidagi ikkinchi nazariya
invaginatsiya
nazariyasidir. Ushbu nazariyaga kо„ra eukariot hujayra yagona aerob prokariot
hujayradan kelib chiqqan. Ibtidoiy aerob prokariot hujayra membranasida botiqlik
paydo bо„lgan va u keyinchalik tashqi membrana bilan bog„langan kо„p
membranali tuzilmalar hosil qilgan. Bu membranalar aerob oksidlanishni
ta‟minlovchi fermentlarga ega bо„lib borgan (ayrim qismlarida fotosintezni
ta‟minlovchi tanachalar vujudga kelgan). Hujayraning ma‟lum qismi oksidlanish
va fotosintez xususiyatini yо„qotib, murakkab genetik apparatga ega bо„la
boshlagan; membrananing davomiy invaginatsiyasi natijasida mitoxondriya va
yadroning murakkab (2 qavatli) qobiqlari yuzaga kelgan.
Bir milliard yillar muqaddam eukariot hujayraning paydo bо„lishi bilan
evolyutsiyaning sifat jihatdan yangi bosqichi ya‟ni birlamchi eukariot hujayradan
birlamchi murakkab organizm va nihoyat odam paydo bо„lgan. Eukariot organizm
hujayralarida irsiy material murakkab xromosomalarda mavjud bо„lib, u
sitoplazmadan biologik membrana bilan ajralgan tuzilma – yadroda joylashgan.
О„simlik va hayvon organizmlari eukariot hujayralaridan iborat.
О„simlik va hayvon hujayralari tuzilishiga kо„ra, umumiy о„xshashlikka ega
bо„lgani holda yana о„ziga xos, muhim ayrim xususiy farqlari ham bor. О„simlik
hujayralari (sillyulyar) qobiqqa о„ralgan bо„lib, vakuolalar, plastidalar, kraxmal
kiritmalarini tutishi bilan hayvon hujayralaridan farqlanadi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |