33
13- laboratoriya. Muskul to‘qimasi
Maqsad: Muskul to„qimasi tuzilishi, xillari va o„ziga xos xususiyatlarini
mikropreparatlar, rangli jadvallar va atlas yordamida o„rganish.
O‘quv jihozlari: mikroskop, mikropreparat, atlas, rangli jadvallar va o„quv adabiyotlari.
Mashg‘ulotning nazariy qismi:
Silliq muskul to‘qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq muskul ko„pgina ichki organlar –
me‟da-ichak yo„li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq
muskullar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli kishi
ixtiyoriga bo„ysunmaydi. Silliq muskul to„qimasi hujayra tuzilishiga ega bo„lib, cho„ziq,
duksimon va tarmoqlangan bo„ladi. Hujayraning o„lchamlari turlicha bo„ladi, ya‟ni uzunligi 50–
250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5–20 mkm. To„qimada bir-biriga yondoshib
yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi. Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir
hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o„tkir uch qismi yopishadi. Silliq muskul
hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng
plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi.
Silliq muskul hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho„ziq oval yoki
tayoqchasimon shaklga ega. Yadro yonida sust rivojlangan plastinkasimon kompleks joylashadi.
Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Muskul hujayrasida endoplazmatik to„r sust rivojlangan.
Mitoxondriyalar kichik, shakli cho„ziq, oz miqdorda bo„lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi.
Mitoxondriyalarning kristallari ko„ndalang-targ„il muskullardagiga nisbatan kam.
Miofibrillalarning ikki turi farqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri
17 nm ga teng bo„lib, yo„g„on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bo„lib qalinligi 7
nm ga teng. Ikkala filamentlar ham muskul bo„shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra
bo„yi bo„yicha joylashgan bo„lib muskul qisqarganda o„z joylashishini o„zgartiradi.
Muskul qisqarish jarayonida xuddi ko„ndalang-targ„il muskuldagi singari aktin va
miozinning o„zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga
(sitolemmaga) o„tadi, natijada, silliq muskul hujayra qisqaradi.
Silliq muskul to„qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar
to„qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, muskul hujayralari tutamlari orasidagi birikti-
ruvchi to„qima qatlamlarida kapillyarlar to„rini hosil qiladi.
Silliq muskul anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Muskul
hujayralarining mitoz yo„li bilan bo„linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma‟lumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: